‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 15 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/580
Sana11.04.2022
Hajmi15 Mb.
#543624
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   580
Bog'liq
hozirgi o`zbek adabiy tili i, ii, iii kitoblar. akademik litsey va kollejlar uchun darslik

Turkiston» gazetasidan)
108-mashq.
S o ‘zlarni daftaringizga k o‘chirib oling. Undoshlarning
yonma-yon kelish sabablarini tushuntirishga harakat qiling.
Arbob, atrof, ehtiyot, ilhom, imkoniyat, inshoot, qisman, muzday, 
muharrir, jiddiy, tasaw ur, tashqi, mudofaa, matbaa.
Litr, m etr, bank, tank, metall, kilovatt, kilogramm, test, trest, kiosk, 
budjet, rejissor, sekund, abonem ent, m enejm ent, ocherk, baxt, shkaf, 
student, studiya.
Inspeksiya, transport, institut.
Trassa, assimilatsiya, dissimilatsiya.
Ganj, daraxt, hunarmand, band, do'st, farzand, shikast, mard, rostgo'y, 
kaft, kift, karaxt.
109-mashq.
M atnni o ‘qing. S o ‘z boshi, o ‘rtasi va oxirida undoshlar
ishlatilgan so ‘zlam i toping. Ularga tavsif bering.
N O BEL VA U N IN G VASIYATI
Alfred N obel 1833-yili Shvetsiyaning Stokgolm shahrida iqtidorli 
kashfivotchi Em manuel Nobel oilasida tug‘ilgan. Bola 9 yoshga to ‘lganda 
N obellar oilasi Sankt-Peterburgga ko‘chib keladi. Ota o ‘g‘lini o ‘qitish 
uchun mablag‘ini ayamaydi. Irodasi kuchli, mehribon ona esa o ‘g‘liga har 
tom onlam a g‘am xo‘rlik ko‘rsatadi. Til o'rganishga ishtiyoqi baland, o ‘tkir 
zehn egasi bo‘lmish Alfred 17 yoshida Yevropa tillarining beshtasida 
bem alol so ‘zlasha olardi. U stozlaridan biri — Peterburg universiteti 
professori Nikolay Zininning bergan darslari Alfredning organik kimyo 
faniga bo‘lgan m uhabbatini yanada oshirdi. XIX asming 30-yillarida oila 
boshlig‘i Emmanuel Nobelning suv osti minasi kashfiyotiga Rusiyada katta 
qiziqish bildirildi. O 'sha paytda «Nobel va o ‘g‘illari» kompaniyasi gullab- 
yashnayotgan, rus armiyasida esa zamonaviy texnikaga ehtiyoj oshib bora- 
yotgan edi. Shu bois buyurtmalarning keti uzilmas edi. Qrim urushidan ke- 
yin hammasi chappasiga o‘zgardi: kompaniya bankrotlik yoqasiga kelib qoldi.
Kom paniya inqirozga uchragach, Alfredning ota-onasi Shvetsiyaga 
qaytib ketadi. Alfred esa akalari Lyudvig va Robert bilan Rusiyada qoladi. 
70-yillarning boshlarida aka-ukalar Ijevsk shahridagi qurol-aslaha zavodlari 
ustidan nazorat qilishar edi. Keyinchalik ular Bokuda «Aka-uka Nobel- 
larning neft ishlab chiqarish shirkatini» (1879) tuzadilar. Bu kompaniya 
mahsulotlari juda tez fursatda o ‘z xaridorlarini topdi. Shirkat neft qazib
71


chiqarish, kerosin, benzin, parafin, soda mahsulotlari yetkazib berish bilan 
shug‘ullanar edi.
Aka-uka Nobellar izlanardilar, kashfiyotlar qilardilar. Lyudvig dunyo- 
dagi eng birinchi tankerni loyihalashtirdi, birinchi sisternani qurdi, birin- 
chilardan bo‘lib neft quvurlarini ishlatdi. Alfred esa dinam it, portlatish 
detonatorini kashf qildi.
Shvetsiyada Boltiq dengizi bo‘yida tankerlar quriladigan korxona ishga 
tushadi. Astraxanda verf quradilar. Aka-ukalar Yevropa va Amerikaning eng 
ilg‘or texnika kashfiyotlaridan unumli foydalana olardilar.
XIX asr oxiriga kelib Nobellarning mablag‘i sezilarli darajada oshdi. 
Rusiya neflining 90 % i ular nazoratida edi. Bu borada aka-ukalar Rokfeller- 
larning «Standart oyl» kompaniyasidan ilgari borardilar.
Alfredning mehnatsevarligi, tashabbuskorligi, uddaburonligi o ‘z meva- 
larini berdi, o‘limidan oldin u 355 patent, dunyoning yigirma mamlakatida 
90 ga yaqin korxona egasi edi.
G archi Nobel hayoti davomida atrof-muhitni xarob qiluvchi ko‘pgina 
har xil portlovchi moddalarni kashf etgan bo‘lsa-da, u tinchlik tarafdori edi. 
Olim bo‘lishi bilan birga, u yaxshigina shoir ham edi. «Faqatgina adabiyot 
va fan insoniyat rivojining om ili b o ‘la oladi», deb hisoblardi Alfred. 
Nobelning o ‘limidan so‘ng undan to ‘qqiz million dollarlik mablag‘ qoldi. 
Uning vasiyatiga binoan pullardan kelgan foyda kimyo, fizika, meditsina, 
adabiyot sohalariga ulkan hissa qo‘shgan insonlarni mukofotlash uchun 
m o ‘ljallangan (keyinchalik iqtisod va tinchlik sohasida erishilgan ulkan 
yutuqlar uchun ham Nobel mukofoti beriladigan bo ‘ldi). M ukofot 1901- 
yilning 10-dekabridan boshlab topshirilib kelinayotir. H ar yilning shu kuni 
Stokgolm konsert zalida Shvetsiya qiroli N obel m ukofotiga m unosib 
topilgan odamlarni mukofotlaydi.

Download 15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   580




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish