‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-mashq. Undalmalar ishtirok etgan gaplarga misollar keltiring



Download 15 Mb.
Pdf ko'rish
bet515/580
Sana11.04.2022
Hajmi15 Mb.
#543624
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   580
Bog'liq
hozirgi o`zbek adabiy tili i, ii, iii kitoblar. akademik litsey va kollejlar uchun darslik

144-mashq. Undalmalar ishtirok etgan gaplarga misollar keltiring.
Ularning nima maqsadda ishlatilganligini ayting.
522


145-mashq. 0 ‘qing. Undalmali gaplarni ajratib ko‘rsating. Undalma
bilan boshqa boMaklar o‘rtasida qanday tinish belgisi qo‘yganingizni va
buning sababini tushuntiring.
Ey, mening buyuk va ozurda yurtim, qudratli va jafokash Vatanim.
Sen o ‘z zanjirlaring ichida eng uqubatlisi, eng og‘riqlisi bo‘Igan tobelik 
va mutelik zanjiridan xalos bo‘lding. Ozodlik kuning asr desa asr, mingyillik 
desa mingyillik ichida eng buyuk kundir. U sening yangi tarixing, mening 
yangi um rim boshlangan kun. M ilodiy va hijriy yil hisobi yonida 
qalbimning o ‘z yil hisobi bor. Yangi yilning — milodiy ikki ming birinchi, 
hijriy bir ming to ‘rt yuz-u yigirma birinchi, ozodiy — o ‘ninchi yil bo‘ladi.
Ey, m ening suyukli 0 ‘zbekistonim . Z am o n la r kelarki, botiniy 
zanjirlaring ham yechilar. Kelajak haqiqiy hur dunyo ichida, sen ham 
chinakam ozod m am lakat b o ‘larsan. Z a m o n la r kelarki, insoniyat 
mojarolarini, qon to ‘kishlarni unutar, olamda m ehr-u saxovat, poklik va 
ezgulik g‘olib bo'lar.
Bizning bu g‘urbat to‘la asrda matonat bilan yashagan avlodning uyg‘oq 
ruhi ul zamon aytar: «
0
‘lmagan qul shunday kunga ham yetib keldi-ya!»
Shu umidbaxsh tuyg‘u bilan bugun: «Assalom, kelajak», deya hayqirgim 
keldi.
(
E. Vohidov)
24-DARS. 
KIRISH SO ‘ZLAR VA ULARNING
USLUBIY XUSUSIYATLARI
Darsning maqsadi: о ‘quvchilar ongida kirish so ‘zlardan о ‘rinli foydalana
olish ко ‘nikmasini shakllantirish.
R E J A:
1. Kirishlar haqida.
2. Kirishlar hamda modal so'zlar munosabati.
3. Kirishlarning m a’no munosabatiga ko‘ra turlari.
/
1-topshiriq. Ehtimol, albatta, shubhasiz
so‘zlari ishtirokida gap
*
tuzing. Bu so‘zIarning qanday m a’no ifodalayotganini ayting.
2-topshiriq.
Biror voqea-hodisaning bajarilishiga gum on bilan 
qarayapsiz. Ana shu gumon m a’nosini qanday yo‘l bilan ifodalaysiz?
Gap orqali m a’lum axborot ifodalanishi bilan birga, so‘zlovchining 
shu axborotga munosabati ham ifodalanadi. So'zlovchining munosabati 
gapning kesim shakli (mayl shakli, bog‘lamalar va nol shakli) orqali hamda 
maxsus m odal so'zlar yordamida ifodalanadi. Masalan, 
albatta, shaksiz,
shubhasiz, darhaqiqat, to ‘g ‘ri, ehtimol, balki, chamasi, taxminan
va 
boshqalar.
523


So'zlovchi gap orqali bayon qilayotgan axborotga qanday munosabatda 
ekanligiga qarab, yuqoridagi modal so‘zlardan muvoflg'ini qo‘Ilaydi: tasdiq 
munosabatini ifodalamoqchi bo‘lsa, 
darhaqiqat, haqiqatan ham, to'g'ri
so‘zlaridan; ishonch munosabatini bildirmoqchi bo'lsa, 
albatta, shubhasiz,
shaksiz
kabi so‘zlardan; gumon m a’nosini ifodalamoqchi bo‘lsa, 
ehtimol,
balki
so‘zlaridan; chama-taxmin m a’nosini ifodalamoqchi bo‘lsa, 
chamasi,
chamamda, taxminan
so‘zlaridan foydalanadi.
Hrm 
Eslab qoling. 
So ‘zlovchining о ‘zi bayon etayotgan fikriga ishonch,
gumon, achinish kabi munosabatlarini ifodalovchi sintaksis birliklarga
kirishlar deyiladi. Kirishlar so ‘z va birikma holatida bo ‘ladi.
Kirishlar gapning boshqa bo'laklari bilan grammatik aloqaga kirish- 
maydi. Shuning uchun u boshqa gap bo'laklaridan farq qiluvchi alohida 
ohang bilan talaffuz qilinadi va yozuvda vergul bilan ajratiladi.
So'zlovchining o'zi ifodalagan fikrga munosabat turlari va har qaysi 
m a’no munosabatini ifodalaydigan kirish so'zlarni jadvalda ko'ring.

Download 15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   580




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish