‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-mashq. Quyida berilgan matnni o‘qing. Uyushiq bo‘laklarini toping



Download 15,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet496/582
Sana26.02.2022
Hajmi15,67 Mb.
#473242
1   ...   492   493   494   495   496   497   498   499   ...   582
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili. 1-2-3-kitoblar (A.Nurmonov, A.Sobirov)

109-mashq. Quyida berilgan matnni o‘qing. Uyushiq bo‘laklarini toping
hamda alohida ko‘chirib yozing.
K O M IL IN SO N - M ILLAT KELAJAGI
Kom il inson — jam iki insonlarning haqiqatidir, ya’ni odam iylar 
odamiysidir.
Dunyoning tinchligi va farovonligi, insoniyat butunligi haqiqatan ham
dono va oqil, pok niyatli odam lar faoliyatiga bogMiq.
499
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ilohiy poklik va nafosat, e’tiqod va tafakkur bizni balo-qazolardan asraydi. 
Tasaw uf ahli sig‘ingan ideal — Komil inson aslida xalq ideali, adabiyot 
ideali edi.
H ar bir pok axloqli, ilohsevar shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda 
nasiba olishi mumkin.
M a’rifat odamni m a’nan baquw at, irodali va chidamli qiladi, shaxs 
sifatida shakllantiradi.
Komil inson tushunchasi bugun oldimizda turgan ulkan vazifalar — 
fuqarolik jamiyatini qurish, «ozod va obod vatan» uchun fidoyi farzand 
bo'lish tushunchalari bilan bog‘lanib ketadi...
( Gazetadan)
Hurm atli yoshlar! Sizning fuqarolik burchingiz nimada? Fikrlarin- 
gizni o'qituvchingizga aytib bering.
17-DARS.
UYUSHGAN BO‘LAKLARNING SHAKLLARI
VA ULARDA TENG BOG‘LOVCHILARNING
QO‘LLANILISHI
Darsning maqsadi: о ‘quvchilar ongida uyushiq bo ‘laklarning ohang va
teng bog ‘lovchilaryordamida bog'lanishi haqida umumiy tushuncha hosil qilish.
R E J A:
1. Uyushiq bo‘laklarning grammatik shakllari.
2. Uyushiq bo‘laklarda teng bog'lovchilarning qo‘llanishi.
J
 
1-topshiriq.
Quyidagi berilgan m atnda uyushgan bo‘laklarni 
toping. Uyushgan bo‘laklarning qaysi hokim bo‘lakka bog'lanayot- 
ganini aniqlang. Uyushgan b o ‘laklarda kelishik, egalik, ko'plik 
qo'shim chalarining qo‘llanilisliiga e ’tibor bering.
Bars beraman diniy haqdan, «Qur’on»dan,
Qasos, imon, insof bilan vijdondan,
Haqoratdan, asoratdan, ilmdan, 
\
Saxovatdan, tahoratdan, bilimdan.

(I. To ‘Iakov)
2-topshiriq.
Quyidagi berilgan gapdagi uyushgan bo‘laklarni 
aniqlab, uyushiq bo ‘laklarda kelishik, egalik, ko‘plik shakllarining 
ikki xil qo'llanilishi (har birida alohida-alohida hamda eng oxiridagi 
bittasida), ularning bir-biridan farqini bayon qiling.
Navoiy
M en 
Bobur 
-ning asarlarini sevaman.
Mashrab
500
www.ziyouz.com kutubxonasi


t
Ju d a muhim. U yushgan b o‘laklarning xarakterli xususiyati 
m
shundaki, 
ular bir xil grammatik shaklda bo ‘ladi.
Bu grammatik shakllarning qo'llanilishi ikki xil bo‘ladi:
a) uyushgan boMaklarning har birida takrorlanadi:
Yam-yashil vohalarga,
Badiiy lavhalarga,
She ’riy sarlavhalarga,
Boy ekansan, Farg ‘ona.
Bunday vaqtda uyushgan bo‘laklaming har biri ta ’kidlangan bo'ladi;
b) uyushgan bo‘laklarning eng oxirida qo‘llanilib, hammasi uchun 
tegishli bo‘ladi:
Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo‘lishdi.
Bunday vaqtda sanalayotgan bo‘laklarning har qaysisi ta ’kidlanmaydi, 
balki sanab ko‘rsatiladi.
f
ju d a muhim. 
Uyushgan bo ‘laklar о ‘zaro teng bogiovchilar, bog‘-
lovchi vazifasidagi yordam chi s o ‘zlar (h a m ,-u (-y u ), na...na...
yuklamalari, bilan ко ‘makchisi) va sanash ohangi yordamida bog ‘lanadi.
Uyushgan bo‘laklar biriktiruv bog‘lovchisi bo‘lgan va, hamda bog‘lovchi 
vazifasidagi 
bilan
yordamida bog‘langanda ular ko‘pincha takrorlanib keladi.
Ado I bilan о ‘у inchi Sora;
Asal bilan quvnoq Ruxsora...
(H. Olimjon)
Bunday vaqtda uyushgan bo‘laklar orqali ifodalangan shaxs, predmet- 
larning guruh-guruh ekanligi ifodalanadi.
Ana shunday m a’no ifodalanganda 
va, hamda, bilan
bog‘lovchilari 
bir-biri bilan erkin almashinib keladi.
Va, hamda, bilan
bog‘lovchilari ikkidan ortiq uyushgan bo‘laklar 
tarkibida bir marta qo‘llanilsa, uyushiq bo‘laklarning oxirgi juftligi orasida 
keladi va sanashning tugallanganligini bildiradi: 
Bog‘imizda о ‘rik, shaftoli,
gilos va olmalar bor.
Uyushgan bo‘laklar ikki a’zodan iborat bo‘lib, biriktiruv munosabatini 
bildirsa, bu a ’zolar o ‘rtasida 
va, bilan, -u(-yu)
bog‘lovchilari ishlatiladi. 
Solishtiring:
Bir sevgikim, jon berur tanga.
Faqat Zaynab-u Omonlarga xos.
Zaynab-u Omon
ni 
Zaynab va Omon, Zaynab bilan Omon
deb ishlatish 
mumkin.
501
www.ziyouz.com kutubxonasi


Uyushiq bo‘laklar otlar bilan ifodalanganda 
va, hamda, bilan
o ‘zaro 
almashinadi. F e ’llar bilan ifodalanganda esa 
va, hamda, -u (-yu)
o ‘zaro 
almashina oladi, lekin «va» ning o ‘rniga «bilan»ni qo‘yib bo‘lmaydi. 
Solishtiring.
Keldi va ketdi.
Keldi-yu ketdi.
Uyushiq bo‘laklar o ‘zaro sanash ohangi yordamida bogianib, ularning 
har birining m a’nosi ta ’kidlanganda, har bir bo‘lak oxirida 
ham
yuklamasi 
qo‘llaniladi: Sen ham , u ham farishta emas.
Uyushgan bo'laklar o ‘zaro ayiruv munosabatida bo‘lganda, ular o'rtasida 
yo, yoki, yo-yo, ba ’zan-ba ’zan, dam-dam
singari bog‘lovchilar qo‘llaniladi. 
Masalan, 
yo kitob, yo ruchka olaman.
t
Juda muhim. 
Yo, yo-yo, yoki bog‘lovchilari uyushgan bo ‘laklardan

birini tasdiq lab, ikkinchisini esa inkor etib bog‘laydi.
Masalan, yuqoridagi misolda 
kitob olsa, ruchka ohnaydi, ruchka olsa,
kitob olmaydi.
B a ’za n -b a ’zan, dam-dam, goh-goh
kabi bog‘lovchilar yordam ida 
bog‘langanda esa uyushgan bo‘laklarning navbatma-navbatligi ifodalanadi. 
Solishtiring: 
Goh o ‘ynaydi, goh yig ‘laydi.
Ana shunday m a’no ifodalaganda 
dam-dam, goh-goh, ba ’zan-ba ’zan
kabi bog‘lovchilar o‘zaro almashinib keladi.
Uyushgan bo‘laklar o‘zaro zidlik munosabatida bo‘lganda, ular o‘rtasiga 
zidlov bog‘lovchilari (ammo, lekin, biroq) qo‘llaniladi. Masalan, 
Hammasini
tinglardim, ammo (lekin, biroq) o ‘xshashini topmasdim aslo. (H. Olimjon
)
Uyushiq bo'laklar ifodalagan m a’no inkor qilinib, ularning har biri 
ta’kidlab ko‘rsatilsa, 
na... na...
bog‘lovchi vazifasidagi yuklama qo‘llaniladi. 
Masalan, 
Na sen, na men buning kafolatini olganmiz.
(
Shuhrat
)
Na... na... uyushgan bo‘lakli gapning kesimi tasdiq shaklida bo‘lganda 
ham, inkor shaklda bo‘lganda ham qo‘llana beradi. Agar uyushiq bo‘lakli 
gap kesimi tasdiq shaklda bo‘lsa, na... na... uyushgan bo‘lakiarni o ‘zaro 
bog‘lash va gapni inkor gapga ayiantirish vazifasini bajaradi. Aksincha, 
gapning kesimi inkor shaklda bo‘lsa, na... na... uyushgan bo‘laklarni o'zaro 
bog‘lash va ularning m a’nosini ta ’kidlash vazifasini bajaradi. Solishtiring:
Na Salim, na Karim keldi,
Na Salim, na Karim kelmadi.
0 ‘ylang: Uyushiq bo‘lak va bog‘lovchi munosabatini qanday izohlaysiz?
Tayanch tushunchalar: grammatik shakl, teng bog‘lovchilar, teng 
bog‘lovchilar vazifasidagi yordamchi so‘zlar.
Quyidagi m aqolning m azm unini ifodalang, shuningdek, uyushiq 
bo‘laklami aniqlang.
Quyosh, suv va havo
— 
eng yaxshi davo.

Download 15,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   492   493   494   495   496   497   498   499   ...   582




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish