‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 15,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/582
Sana26.02.2022
Hajmi15,67 Mb.
#473242
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   582
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili. 1-2-3-kitoblar (A.Nurmonov, A.Sobirov)

Savollarga javob bering
1. Ona tilimizga davlat tili m aqom ini berishdan maqsad nima?
2. «Davlat tili to ‘g‘risida»gi Q onun moddalaridan aytib bering.
227-mashq.
«Qonun va ijro» mavzusida uy inshosi yozing. (Bunda 
asosan 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan «Davlat tili to ‘g‘risida»gi 
Qonunning hayotga tatbiq etilisliini yoriting).
228-mashq.
«Yaxshi so‘z — muxtasar» mavzusidagi m atnni o ‘qing. 
Ot so‘z turkum ining m atnda ishlatilishiga e ’tibor bering.
YA XSHI S O ‘Z - M U X TA SA R
Bir donishm anddan shogirdlari:
— N im a qilsak tinch va rohatda um r kechiramiz? — deb so‘radilar.
Donishm and:
— Hech qayerda hech kimga birorta so‘z so‘zlamang, sukut eting, — 
deb javob berdi.
Shunda shogirdlari:
— Axir, doim sukut etib yuraveramizmi, bu m umkinmi? Bosh­
qacha yo ‘l ko‘rsating! — dedilar.
D onishm and shunday m aslahat berdi:
— Sukut eta olmasangiz, so‘zlang, lekin qisqa va m a’noli so‘zlang, 
og‘zingizdan sira ham nojo‘ya so‘z chiqmasin. Yomon so‘z tinglovchining 
ko‘nglini xira qiladi, bundan saqlaning.
289
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bayt:
Yaxshi so‘zdan ko'rasan m ehr-u vafo,
Nom unosib so'zlasang, yetgay jafo.
Ha, til b o ‘lsa ham, b o ‘lmasa ham — boshga balo. Shuning uchun 
donishmandlar so‘zni doriga o ‘xshatadilar. «Ortiqchasi zarar keltiradi», — 
deydilar. Bu fikrni ulug‘ bobokalonim iz Yusuf Xos Hojib o'zinin g 
«Qutadg‘u bilig» nomli ilk turkiy badiiy asarida shunday bayon etgan:
Tilingni avayla — om ondir boshing,
So‘zingni avayla — uzayar yoshing.
Kishi so‘z tufayli bo'ladi malik,
Ortiq so‘z qiladi va boshni egik.
Bu fikrlar bundan o ‘n asr ilgari aytilgan. Shundan buyon bu mavzuda 
yana qanchadan qancha durdona fikrlar dunyoga keldi, ammo odamlarning 
SO‘Zga bo'lgan munosabati hamon turliligicha qolmoqda. Buning boisini 
XX asr shoiri Tolib Yo'ldosh shunday izohlaydi:
Bir so‘z bilan har kishi 
0 ‘zligini ko‘rsatar,
So'z gavharin ko‘pincha 
D ono olar, ko‘r sotar.
Afsuski, o ‘zlarining bo ‘lar-bo‘lmas gaplari, mahmadonaliklari bilan 
kishilarning asabiga tegadigan va, eng m uhim i, ularning sog‘lig‘ini, 
qimmatli vaqtlarini o‘g‘irlaydiganlar hali ham kam emas. D uch kelgan 
kishiga qalbini ochiq maktubday yoyib yuradigan bunday kimsalarga 
ko‘cha-ko‘yda ham, oshxona va majlislarda ham, bazm-u jam shidlarda 
ham tez-tez duch kelib turamiz.
Alisher Navoiy bunday kishilarni kechalar tong otguncha tinm ay 
huradigan itga o ‘xshatadi va davom etib yozadi: «Oz gapirmoq hikmatga 
sabab; oz yemoq — sog‘liqqa sabab. Og'ziga kelganni demoq — nodonning 
ishi va oldiga kelganni yemoq — hayvonning ishi»
Bayt:
«Ko‘p demak birla bo ‘lmagil nodon,
K o‘p yemak birla bo'lmagil hayvon».
Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so‘zlarnigina aytishi, 
tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim.

Download 15,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   582




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish