‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-chi (a yt-ch i), -m i (sizmi?)



Download 15,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/582
Sana26.02.2022
Hajmi15,67 Mb.
#473242
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   582
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili. 1-2-3-kitoblar (A.Nurmonov, A.Sobirov)

-chi
(a yt-ch i), -m i (sizmi?)
kabi.
B ulardan tashqari, m ustaqil so'zlarga h am , y o rdam ch i so ‘zlarga 
ham kirm aydigan, ularning har ikkisiga xos belgini o ‘zida m a ’lum
darajada aks ettiradigan oraliqdagi so‘zlar bor. B unday so ‘zlar undov 
so ‘zlar, m od al s o ‘zlar, taqlid so ‘zlarni o ‘z ichiga oladi.
S o‘zlarning um u m iy gram m atik m a ’nolariga k o ‘ra an a shunday 
gurulilarga b o ‘linishi so ‘z turkum lari sanaladi.
S h u n d a y q ilib , s o ‘zlar, eng avvalo, u c h g u ru h g a b o ‘linadi: 
1) m ustaqil s o ‘zlar; 2) y o rd am ch i so ‘zlar; 3) o raliq d ag i s o 'z la r 
(undov, m odal, taqlid so'zlar). M ustaqil va yordam chi so ‘zlar ham
o ‘z ichida bir n echa turlarga bo'linadi: M ustaqil so ‘zlar: ot, sifat, 
son, fe’l, ravish, olm osh; yordam chi so ‘zlar: k o ‘m akchi, yuklam a, 
bog‘lovchi kabi. S o‘zlarning tu rk u m larg ab o ‘linishini quyidagi jadvalda 
k o ‘ring:
283
www.ziyouz.com kutubxonasi


9
Savol va topshiriqlar
1. So'z turkumlari deganda nimani tushunasiz?
2. So'zlarning mustaqil va yordamchi so‘zlarga bo'linishida ularning 
qaysi belgisiga tayaniladi?
3. Oraliqdagi so‘zlaming o ‘ziga xos xususiyatini tushuntiring.
223-m ashq.
«Tsmoil Somoniy maqbarasi» m atnini o'qing. M atnda 
ishtirok etayotgan so'zlarni turkumlarga ajrating. «Registon maydoni», 
«Bibixonim masjidi», «Oqsaroy», «Tchan qal’a» kabi tarixiy obidalarning 
tasvirlari asosida kichik hikoya tuzing. Ularda ishtirok etayotgan so'zlarning 
qaysi so'z turkumlariga kirishi to'g'risida fikrlang.
IS M O IL S O M O N IY M AQBARASI
«Ilm-fanni egallash har bir muslima va muslimga farzdir». Bu da’vat 
ushbu shahardagi madrasa eshigining yuqori qismiga o'yib bitilgan.
Buxoro O 'rta Osiyoning ko'hna shaharlaridan. Bu o'lkani va unda qad 
ko'targan dastlabki shaharni aholi qadimda «Bug'ora», ya’ni «tangri 
jamoli» deb yuritishgan.
Buxoro ko'p asrlar davomida O 'rta Osiyoning asosiy shahri bo'lib 
keldi. Bu esa arxitektura yodgorliklarining nihoyatda ko'payib ketishiga 
sabab bo'ldi. H ozir shaharni «muzey-shahar» desa arziydi. Bu nomga, 
b utu n m anzaralari saqlangan holda o 'sib borayotgan quriiishlar, 
inshootlar juda mos keladi. Buxoro tarixiy obidalarga juda boy. Bu 
obidalardan biri Ismoil Somoniy maqbarasi hisoblanadi.
Tsmoil Somoniy 849-yilda Farg'ona shahrida tavallud topgan. 14 yoshida 
otasi vafot etib, akasi Nasr qo'lida qolgan. Ismoil Somoniy o 'z ho- 
kimligining (874—907) dastlabki davrlarida katta qiyinchiliklarga duch 
keladi.
Ismoil Somoniy o 'z davrining yirik va aqlli davlat arboblaridan bo'lgan. 
U asosiy d iq q a t- e ’tib o rin i o 'z davri u c h u n ilg 'o r h iso b la n m ish
markazlashgan davlat tizimini joriy etishga qaratdi. Ismoil Somoniy 
shunday bir qudratli markazlashgan davlat barpo qiladiki, bu davlat 
o'sha vaqtda Sharqda shuhrat topadi. Ismoil Somoniy aqlli, adolatli, 
shavkatli, fikr va tadbir egasi bo'lgan. Tsmoil Somoniy 907-yilda vafot 
etadi. Taxtga o'g 'li Ahmad (907—914) o'tiradi.
Ismoil Somoniy maqbarasi Somoniylar nomli madaniyat va istirohat 
bog' ida joylashgan.
M aqbaraning ichki va tashqi devorlari jim jim ador tiniq g'ishtdan 
qurilgan. O 'sha vaqtlarda koshin bo'lm agani uchun bino shunday usul 
bilan bezatilgan. Ustalar kvadrat shaklidagi g'ishtlarni har xil usulda 
terib devorni badiiy jihatdan juda chiroyli qilib bezatganlar. Bu o'ziga xos
284
www.ziyouz.com kutubxonasi


naqsh m aqbaraning tekis devorini ju d a nafis qilgan. Ertadan kechgacha 
quyosh og‘ishgan sari maqbaraning g‘isht bezaklari ham har xil tusga 
k irib to v la n a d i. Oy y o ru g ‘id a, ay n iq sa, ch iro y li b o ‘ladi. J a h o n
arxitekturasida bu usulda bezatilgan birorta boshqa tarixiy yodgorlik yo‘q. 
Shuning uchun ham maqbara jahon ahamiyatiga egadir. Agar bu maqbaraga 
har tom onlam a qaraganda yetti xil tovlanadi.
M aqbaraning to 'rt tomoni bir xilda. M aqbaraning yuqori qismida 
binoning bir tom onidan ikkinchi tom oniga o ‘tgan qirq darchali yo‘lak 
mavjud. Bu yo‘lak yodgorlikning chiroyini biroz ochadi va uning vazmin 
gumbazini yengillashtiradi.
M aqbara kvadrat shaklidagi pishiq g‘ishtdan qurilgan. Devorlari tekis 
b o ‘lib, to ‘rt tom onidan bittadan ravoqli eshigi bor. Y og‘och xariga 
m aqbaraning qurilgan vaqti va boshqa yozuvlar yozilgan, sharq tom oni 
binoning old tomoni hisoblanadi. M aqbara atrofiga g‘ishtdan maydoncha 
qurilgan. Hozir bu yerga sayohatchilar tez-tez kelib turadi. Ismoil Somoniy 
maqbarasini Vatanimizdan tashqari joylarda ham yaxshi biladilar. Maqbara 
kub shaklida bo‘lib, yarimsharsimon qubba bilan yopilgan. Burchaklarida 
to ‘rtta kichkina qubba bor. Devori qalin bo‘lganligi tufayli bu yodgorlik 
ming yildan beri yaxshi saqlanib keladi.
Ism oil Som oniy m aqbarasi h a r to m o n lam a o ‘z zam onasining 
m anfaatlari va ruhini aks ettiradi.
Yozm a m anbalar va xalq rivoyatlariga qaraganda bu yodgorlik 
som oniylar sulolasi asoschisi Ism oil Som oniyning o ‘zi hayot b o ‘l- 
ganda otasining qabri ustiga qurilgan. Keyinchalik o ‘zi ham shu yerga 
dafn etilgan. Bu yodgorlik 892 va 907-yillarda qurilgan deb taxm in 
qilinadi.

Download 15,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   582




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish