Savol va topshiriqlar
1. Grammatika deganda nimani tushunasiz va u qanday qismlarni o ‘z
ichiga oladi?
2. Morfologiya nimalar haqida bahs yuritadi?
3. Morfologiyaning leksikologiya bilan aloqasi haqida gapiring.
4. Morfologiyaning sintaksis bilan aloqasini ayting.
280
www.ziyouz.com kutubxonasi
219-mashq. Biz, obod, va, ozod, 0 ‘zbekiston, yasha
so‘zlari ishtirokida
gap tuzing. Gap ichidagi so'zlarning bir-biri bilan bog'lanish holatlariga
diqqat qiling. Gapda ishtirok etayotgan so'zlarning leksik hamda grammatik
m a’nolarini aniqlang.
220-m ashq.
Hikoyatni o ‘qing. Ajratib ko'rsatilgan so‘zlarga diqqat
qiling. M azkur so'zlarning leksik va grammatik m a’nolari haqida fikr
yuriting.
Ishini yaxshi bajargan odam ipak qurti kabidir. Bir kuni o'rgim chak
ipak qurtiga bunday dedi:
— Birodarim ipak qurt, ozgina pilla o ‘rash uchun necha kun tinmaysan.
M en bo ‘lsam, bir devorni bir necha soatda o ‘rab tashlayman.
Ipak qurti unga:
— To‘g‘ri, o ‘rgimchak qardosh, sen qisqa vaqtda ishni bitira olasan,
ammo qilgan ishingning birovga foydasi tegmaydi. Vaqting zoye ketadi, vaqt
qadrini bilasanmi o'zi? M en sekin, shoshilmay ishlayman, ammo tolamdan
ajib, go‘zal, betimsol matolar to ‘qiladi. Buni sen tasawur qila olmaysan.
Ipagim ajoyib ishlarga qodir. Insonlar mening mahsulimdan ko‘p foyda
ko‘radilar. Oz ish qilaman, ammo ishimni puxta, toza qilaman. 0 ‘z san’atimni
yaxshi ishlata bilaman. Ishimni shunday puxta qilganimdan baxtiyorman. Ishini
yaxshi bajargan, san’atini yaxshi qo‘llaganlami Olloh sevadi. Payg‘ambarimiz
sevadi. Insonlar ham juda sevadilar, duo qiladilar. Mana shuning uchun men
ju d a b axtiyorm an va sa o d atm an d m an . Ishim ni, vazifam ni yaxshi
bajaraveraman. Vaqtni bekor o‘tkazmayman, — deb javob berdi.
2 2 1-m a sh q.
M atn n i o ‘qing. O nani ulug‘lovchi m aqol, m atal,
hikmatlarni eslang. Eng m a’qullarini daftaringizga ko‘chiring. Ulardagi
so‘zlarning bir-biriga bog‘lanish holatlariga e’tibor bering. Bu so'zlarning
yana qanday grammatik shakllarga ega bo‘la olishi mumkinligini o‘ylab ko‘ring.
Dunyoning zahiriy va botiniy ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan eng oliy
tuyg‘u bor. Bu o‘sha har kuni har bir qalb yangilab turuvchi muhabbatdir.
Bu tuyg‘u, avvalo, ota-onaga bo'lgan mehrdan boshlanadi.
A zal-azaldan otalarim iz o ‘tirgan uyning tom iga chiqish gunoh
hisoblangan. «Agar sen kaftingda ch o ‘g‘ni changallab 20 yillik yo‘lni
bosib o ‘tsang ham, onangning bir kechalik uyqusini buzib, alia aytgan
va bergan oq sutini oqlay olmaysan», deyishadi ota-bobolarim iz. Onalar
bu dunyoni tark etganda ham onaligacha qolishlari bor gap. Sababi, bir
yigit go‘zal bir qizga oshiq bo ‘libdi. U qiz esayigitga: «M uhabbating chin
bo'lsa, onangning yuragini olib kel», debdi. Yigit ishq uchun o ‘zi oq sut
berib o'stirgan onasining yuragini olib ketayotib yiqilib tushibdi. Shunda
ona yuragi tilga kiribdi:
— «Jonim , bolam , yom on yiqilm adingni, u yer, bu yering lat
yemadimi?»
281
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ha, do ‘stlar, ona mehrining sehri shu qadar yuksakki, hatto, u
olamdan ko‘z yumsa ham o ‘z farzandiga yomonlikni ravo ko'rmaydi,
unga baxt tilaydi.
Biz ham doimo onani qadrlaylik.
222-mashq.
«Yoshlar — Vatanning qanotlari», «Kompyuter xona-
sida», «Qo'shma korxonalar hayotidan» kabi mavzularning birida matn
yarating. Matndagi so'zlarning grammatik shakllariga diqqat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |