paydo bo'ladi. Наг qanday yoriq
devoming yuk ko'tarish qobiliyatiga
salbiy ta’sir ko'rsatadi. Yoriqlar ichida
gorizontal va og'ma yoriqlar xavfliroq
sanaladi.
Gorizontal yoriqlar paydo bo'lgan
devorlarni asboblar yordamida
tekshirishda albatta devorni panel
6.3-rasm. Kirishish yoriqlarining
qiig'og'iga nisbatan egilishini aniqlash
joylashish sxemalari.
zarur.
Bino vertikal elementlarining deformatsiyalanish va yuklanish bo'yicha farqlari
yuk ko'taruvchi devorlaming notekis cho'kishiga sababchi bo'ladi. Yonma-yon
joylashgan vertikal konstruksiyalarning nisbiy siljishlari bino balandligi bo'yicha
ortib boradi. Bu esa panellaming tutashuv choklarida vertikal, to'siq va devor
panellarida og'ma yoriqlaming vujudga kelishiga olib keladi. Devor panellari
turiicha deformatsiyalanganda yoriqlar binoning yuqori qismlarida rivojlanadi
(6.2-rasm).
Devor panellari va yopma plitalari sirtida qurish jarayonida kirishish
tufayli hosil bo'ladigan yoriqlar tartibsiz tarqaladi (6.3-rasm, a). Qoviig'ali
plitalarda, uch qatlamli panellarda, to'sinlarda, eshik yoki deraza o'mi
(proyom) qoldirilgan devor panellarida kirishish yoriqlari ancha chuqurlashib
boradi (6.3-rasm, b).
Bunday yoriqlar kesimning shakli o'zgargan joylarda (qovirg'a va
polkaning tutashgan yerlarida, deraza va eshik o'rinlarining burchaklarida
va h.k.) vujudga keladi. Ichki konstruksiyalarda hosil bo'lgan kirishish
yoriqlarining kengligi 0,3 mm dan kichik bo'lsa, agressiv bo'lmagan normal
muhit uchun xavfli emas. Yoriqlar kengligi kattaroq bo'lsa, u holda ular
armatura va quyma detallarda korroziya hosil bo'lishiga, sirtqi qatlamlardagi
deformatsiyalaming ortishiga hamda zo'riqishlami notekis tarqalishiga
sababchi bo'lib qolishi mumkin. Yirik kirishish yoriqlari devor panelining
bir tomonida joylashsa, vertikal yuklar panel qatlamlari bikirligiga
proporsional ravishda taqsimlanib, normal kuchlar ekssentrisitetini hosil
qiladi, bu esa o'z navbatida devorni qabarishga va buning oqibatida gorizontal
yoriqlar paydo bo'lishiga olib keladi. Tashqi temirbeton konstruksiyalarida
ochilgan kirishish yoriqlari yaxshilab berkitilishi lozim. Aks holda yoriqlaiga
suv kirib, sovuqda muzlab, yoriqlaming kengayishiga sabab bo'ladi.
Tekshiruvlar jarayonida ko'pincha temirbeton yopmalardagi yoriqlarga
duch kelamiz. Yopmalar (перекрытия) inshootning fazoviy bikirligini
ta’minlar va vertikal yuklarni qabul qilar ekan, murakkab kuchlanish holatida
bo'ladi. Chordoq va yerto'la yopmalari, bulardan tashqari, harorat va namlik
81
I
Do'stlaringiz bilan baham: