‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. S. Abdurashidov, B. A. Hobilov


-rasm. Kran osti to'sinida hosil bo'lgan urchuqsimon yoriqlar



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/188
Sana03.04.2022
Hajmi3,95 Mb.
#526300
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   188
Bog'liq
1-146

6.4-rasm. Kran osti to'sinida hosil bo'lgan urchuqsimon yoriqlar.
82


tekshirganda stropil ferma va ustunlarning har o‘ntasidan biri, haroratli 
blokda uchdan biri; ikki stropil fermasi orasidagi bog‘lovchi elementlar; har 
bir ustunlar qatoridan bittadan bog‘lagich disklar tekshiriladi. Po‘lat 
konstruksiyalarda zang bosgan elementlar ko‘p bo‘lsa, asbobiy tekshiruvlar 
barcha elementlarda o'tkaziladi. O'lchash ishlarini amalga oshirishda ruletka, 
metall chizg'ich, shtangensirkul va ultratovush o'lchagichlardan foydalaniladi.
Yuk ko'taruvchi elementlaming siljishi shovun, chizg'ich, nivelirva teodolit 
yordamida o'lchanadi. O'lchash ishlari inshootning tashqarisida olib borilsa, 
fotogrammetriyadan foydalanish tavsiya etiladi. Tekshiruvlar davomida yuk 
ko'taiuvchi ustun va devor panellarining vertikalligi, ustun va panellaming cho'kishi, 
burchaklaming to'g'riligi, kran osti relslari va kran osti to'sinlari o'qlarining 
qo'zg'alishi, montaj jarayonida paydo bo'lgan ekssentrisitetlar aniqlanadi.
Panellaming tutashuv yerlarini tekshirishda choklaming qalinligi oddiy 
metall chizg'ichda o'lchanadi, chokka ishlatilgan qorishmaning sifati 
ilgaksimon asbob bilan tekshiriladi. Yopma panellaming tayanish chuqurligi 
tayanchning ikki tomonidan tekshiriladi. Buning uchun qorishmaning ozgina 
joyi ochiladi va G — simon maxsus chizg'ich bilan o'lchanadi.
Yoriqning borligi ma’lum bo'lgach, uning geometrik parametrlarini aniqlash 
lozim bo'ladi. Yoriqning eni sakkiz karra kattalashtiradigan lupa yoki mikroskop 
yordamida o'lchanadi. Yirik yoriqlar ( ± 0,1 mm) kengligini uzoq masofadan 
turib (50 m gacha) aniq o'lchaydigan geodezik asboblar ham mavjud.
Barqarorlashgan yoriqlaming geometrik parametrlari aniqlangach, yoriqlar 
tufayli zaiflashgan konstruksiya elementini qayta hisoblash uchun kerak 
bo'ladigan dastlabki ma’lumotlami bersa bo'ladi.
Barqarorlashmagan yoriqlarda biroz boshqacha yo'l tutiladi: bunda 
asbobiy o'lchovlar bosqichma-bosqich o'tkaziladi, nazorat ishlari olib boriladi 
va hujjatlashtiriladi. Nazoratning har bir bosqichida ko'zga ko'rinadigan 
yoriqlar nazorat daftarida chizib qo'yiladi, konstruksiya sirtida yoriqlaming 
trayektoriyasi, o'lchamlari belgilanadi. Yoriqlar ko'p bo'lgan joylarda yoriqlar 
xaritasini tuzish uchun suratga olinadi. Suratda yoriqning kengligi, o'qlarga 
nisbatan yo'nalishi va olingan kuni qayd etiladi.
Xavfli yoriqni ilk bor tekshirganda unga standart mayaklar (belgilar) 
o'matiladi. Mayaklar Yangi gipsdan tasmacha ko'rinishida yasalib, yoriqqa 
ko'ndalang ravishda yopishtiriladi. Mayakning uzunligi 10-15 sm ni tashkil 
etadi. Mayak o'matilgan kun konstruksiya va jumalga yozib qo'yiladi. Yoriq 
kattalashganda to'g'ri o'matilgan mayak sinadi.
Hoziigi davrda yoriqlar paydo bo'lishi va kengayishini an’anaviy usullar 
orqali o'rganish va nazorat qilish bilan bir qatorda birmuncha takomillashgan
83


yangi zamonaviy usullar ham amaliyotga kirib kelmoqda. Bu borada akustik 
usullar, jumladan, akustik emissiya usuli istiqbolli usullardan sanaladi. Agar 
konstruksiya materialida yoriq paydo bo‘lsa yoki bor yoriq kengaysa, bu 
yoriq atrofidagi kuchlanishlaming dinamik kamayganligidan darak beradi. 
Akustik signalning quwati yoriqning geometrik parametriga va o'sha zonadagi 
kuchlanishlarga bog'liq. Akustik asboblar uzunligi mikronning ulushlari 
bilan o'lchanadigan yoriqlarni o'lchash imkoniyatiga ega. Yoriqlaming 
kengayishini gips mayaklari orqali aniqlashga nisbatan akustik emissiya 
usulining afzalligi bor. Gips mayaklarning sinishi orqali yoriqning 
kengayganligini bilish mumkin, xolos. Akustik emissiya usulida esa 
yoriqlaming xavflilik darajasini ham aniqlasa bo'ladi.
Korroziya ta’sirida yemirilish konstruksiyalar uchun xavfli shikastlanishlar 
sirasiga kiradi. Ko'ndalang kesim o'lchamlarining kichrayishi va betondagi 
strukturaviy zaiflanishlarga ultratovush o'lchashlar va mikroskopik tahlillar 
orqali baho beriladi. Atrof-muhitning salbiy ta’siri eng awal betonning sirt 
qatlamida aks etadi. Shunga ko'ra bunday shikastlaming xavflilik darajasini 
belgilashda beton yoki temirbeton konstruksiyaning qalinligi muhim rol 
o'ynaydi. Zararlangan qatlamning qalinligi betonning yoshi, zichligi hamda 
zararli muhitning ta’sir etish muddati va xarakteriga bog'liq.
Korroziya — qurilish konstruksiyalarida ko'p uchraydigan 
shikastlanishlardan biridir. Metal konstruksiyalari va armaturalarda korroziya 
(zanglash)ning miqdoriy parametri sifatida hisobiy kesimlar va metall 
tuig'unligining kamayishi qabul qilingan.
Metalining tuig'unligi (стойкость) korroziyaning tezligi bilan aniqlanadi 
(qalinlikning kamayishi, mm/yil hisobida). O'rtacha agressiv muhitda o'rtacha 
tezlikda (0,1 mm/yil) 25 yil mobaynida kesimlar 5% ga zaiflashadi. Agressiv 
muhitda o'sha vaqt mobaynida zaiflashish 20-25% ni tashkil etadi.
Metall va armatura po'latning korroziyalanish darajasi asbobiy o'lchashlar va 
metallografik usullar yordamida aniqlanadi. Kesimning zaiflanish darajasiga 
oksidlanish qatlamining qalinligiga qarab taqribiy baho beisa bo'ladi. Zaiflashuvning 
aniq qiymati metall sirtidagi zanglami obdon tozalagandan keyin element 
qalinligini o'lchash yo'li Bilan aniqlanadi. Korroziya chuqurchali bo'lsa, uning 
chuqurligi igna uchli indikator yordamida o'lchanadi. Bunday holda chuqurchadagj 
zanglar ham kimyoviy eritmalar yordamida yaxshilab tozalanadi.

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish