talab etiladi: loyihaviy hisoblar, inshootlarning tarhi, bo'ylama va ko'ndalang
qirqimlari, konstruksiya elementlari va tugunlarning detallashtirilgan ishchi
chizmalari; inshootning fazoviy bikirligini ta’minlaydigan konstruktiv sxemasi;
qurilish ashyolarining fizik-mexanik parametrlari; qurilish ishlari alohida
ko'rinishlarining bajarilish muddatlari; ekspluatatsiya sharoitlari (yuk
ko'taruvchi konstruksiyalarga tushuvchi yuklar; binoning tashqarisi va
ichkarisidagi maksimal va minimal harorat; texnologik jarayonga bog'liq
bo'lgan zararii ta’sirlan vibratsion ta’sirlar xarakteri; poydevorlaming cho'kishi
va cho'kishlaming barqarorlashgan davri); qurilish va obyektni foydalanishga
topshirish jarayonida, awalgi tekshiruvlarda nazorat komissiyalari qayd etgan
kamchiliklar va ulami bartaraf etish bo'yicha bajarilgan ishlar; ta’mirlash
va mustahkamlash haqida ma’lumotlar.
Tekshirilayotgan inshootning qurilish konstruksiyalari umumiy holda
fizik, ximik, biologik va boshqa ta’sirlar ostida bo'lishi mumkin. Loyihalash
jarayonida ba’zi real ta’sirlami hisobga olmaslik yoki inshootdan foydalanish
davomida me’yoriy talablardan chetga chiqish ko'pincha shikastlanish va
avariyalaiga sabab bo'ladi. Shunga ko'ra tekshirishlar chog'ida inshootga
ta’sir etuvchi yuklarning aniq qiymatini aniqlash va ulami texnik hujjatlarda
ko'rsatilgan miqdorlar bilan taqqoslash zaruriy talablardan biri hisoblanadi.
Yuk ko'taruvchi konstruksiyalarga tushadigan yukning miqdori qurilish
ishlari olib borilayotgan vaqtning o'zida yoki undan keyin, ekspluatatsiya
jarayonida me’yorlar ortib ketishi mumkin. Inshootga qo'yiladigan foydali
yuklarning ortishi, konstruksiyalarga turli qo'shimcha jihozlarning osilishi,
tomlarda qoming to'planishi, texnologik changlarning o'tirishi tufayli
inshootda qo'shimcha yuklar paydo bo'ladi. Pollami ta’mirlashda qo'shimcha
qatlamlami yotkizilishi oqibatida yopmalaiga tushadigan doimiy yuklarning
miqdori ortadi. Binoni sinchiklab tekshiiganda ana shunday nuqsonlar
ochiladi.
Yuk ko'taruvchi konstruksiyalarning holatiga harorat, namlik,
shamolning tezligi va yo'nalishi, texnologik jarayonning agressivligi kabi
qator tashqi muhit omillari ham sezilarli darajada ta’sir etadi.
Harorat va namlik konstruksiya elementlarida kuchlanish uyg'otadi,
qurilish ashyolarida zang paydo qiladi. Harorat va namlik binoning ham
tashqarisidan, ham ichkarisidan o'lchanadi. Sanoat binolarini tekshirishda
gaz va suyuqlik, sochiluvchi va qattiq jismlar harorati o'lchanadi. Atrof
muhitning harorat va namligi tekshiruv davrining boshidan oxirigacha o'lchab
boriladi. Harorat va namlik oMchovlari natijalari tekshiruvlar davrida olingan
meteostansiya ma’Iumotlari va tekshiruvlardan ilgari bu borada olib borilgan
ko'p yillik axborotlar bilan taqqoslanadi.
Tashqi muhit agressivlik darajasi jihatidan uchga bo'linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: