konstruksiyalarida uchraydigan nuqsonlami aniqlashda foydalaniladi. Xoli
effektining mohiyati shundan iboratki, agar yarimo‘tkazgich materialdan
tayyorlangan to‘g‘ri to‘rtburchakli plastinkani kuchlanganlik vektoriga tik
ravishda magnit maydoniga joylashtirib, uning ikki qarama-qarshi qirralari
yo‘nalishida tok o ‘tkazilsa, uning qolgan ikki qirrasida magnit maydoni
kuchlanganligiga proporsional ravishda EYuK hosil boMadi. Elektr
*R adiatsion usullar haqida to ‘laroq m a’lum otni O.V. Lujin, A.B. Zlochevskiy l.A .G o rb u n o v ,
V.A. V o lo x o v larn in g « О б следован и е и и сп ы т а н и е соор у ж ен и й » k ito b id an o lish in g iz
m um kin. М .: 1987-y.
5 .
1 2 -ra sm . N uqson (d e f e k t) u stid a
m a g n it m a yd o n i h o sil b o 'lish sx e m a si
72
signallarining o‘zgarishiga
qarab, detalda nuqson
bor-yo‘qligi aniqlanadi
Induksion usuldan
foydalanib, metall de-
tallardagi yoriqlar, pay-
vand choklardagi chala
joylar, keraksiz qo'shil-
malar aniqlanadi. Bunda
t e k s h i r i l a y o t g a n
magnitlangan metalldagi
sochilish
maydonini
aniqlash masalasi, o'zga-
ruvchan tokda ishlay
digan o'zakli g‘altakdan
foydalanish orqali hal
etiladi. G'altak elektr-
b)
d)
5.13-rasm. Magnitometrik asboblar:
a )q o p la m a q a lin lig in i o 'lc h a y d ig a n I T P
—
1
a sb o b i;
b ) kuchlanish v a yo riq la rn i o'lch aydigan I N T
— М 2 asbobi;
d ) a rm a tu ra p a r a m e trla rin i o 'lch a yd ig a n IP A
asbobi.
magnit yo'liga o'matiladi. Nuqson topilganda oqimda yuz beradigan sochilish
EYuK uyg'otadi, uni kuchaytirib, tovush signallariga o'zgartiriladi yoki
o'ziyozar ostsillograflaiga uzatiladi.
Pandermotor usuli o'lchanayotgan magnit maydoni bilan asbobning
magnit maydoni orasidagi bog'lanishga asoslanadi. Bu usul temiryo‘1
nuqsonlarini aniqlashda keng qo'llaniladi.
Magnit usuli ferromagnit asosga ega bo'lgan magnitsiz yopma
(qoplama)ning qalinligini aniqlashda yoki asos bilan yopmaning magnitoviy
xossalari keskin farq qilgan hollarda qo'llaniladi. Qo'yilgan masalani hal
etish uchun doimiy magnitli va elektromagnitli asboblardan foydalaniladi.
Magnit usullari yordamida materiali ferromagnit bo'lgan konstruksiya
elementlaridagi kuchlanish holatini ham aniqlasa bo'ladi.
Kuchlanishlarni aniqlashda magnitoviy belgilar usuli ham qulay
usullardan sanaladi. Elementga uning deformatsiyalanishidan oldin tashqi
magnit maydoni orqali ma’lum masofada belgi (metka)lar qo'yib chiqiladi.
Element deformatsiyalanganida belgilar orasidagi masofalar o'zgaradi. Masofa
o'zgarishiga qarab deformatsiyaga va o'z navbatida, kuchlanishga baho beriladi.
Temirbeton konstruksiyalarida himoya qatlamining qalinligi va armatura
diametrini magnit usulida oson va qulay aniqlanadi.
Magnit kuchi ta’siriga asoslangan asboblardan yana bir toifasi
magnitometrik asboblar guruhini tashkil etadi (5-13 rasm). Bu toifadagi
asboblar metalldagi yoriqlarni, metallami zanglashdan asrovchi qoplamalar
va betonning himoya qatlami qalinligini, armaturaning joylashuvini va,
73
Do'stlaringiz bilan baham: |