Sinov jarayonida konstruksiyani ehtiyotlash.
Sinovlarda qatnashayotgan
kishilarning xavfsizligini ta’minlash va konstruksiya birdaniga qulaganda
uning massasini ushlab qoladigan ehtiyot xovozalari quriladi. Ehtiyot
xovozalarining mustahkamligi hisoblash yo'li bilan tekshiriladi. Sinovlar
chog'ida konstruksiya bemalol harakat qila olishligi uchun xovoza bilan
konstruksiya orasida ochiq joy qoldiriladi. Konstruksiyalami ehtiyot
qilishda tortqichlar, tirgaklar, traversalar, ramalar va boshqalardan ham
foydalaniladi.
12.5.2. Konstruksiyalami rentgen va radiometrik
usullarda sinashda mehnat muhofazasi
У
-defektoskopiya sohasidagi ishlarga maxsus o'qishlarni bitirgan va
bu haqda tegishli guvohnomaga ega bo'lgan, yoshi 18 dan oshgan shaxslar
jalb etilishi mumkin.
Radioaktiv moddalar bilan ishlashda radioaktiv nurlanish xavfi bo‘ladi,
buning oldini olish uchun sanitar qoidalari va me’yorlariga so‘zsiz amal
qilish talab etiladi. Nurlanishlami aniqlash va ularning ta’sirini oMchashda
ch o ‘ntak dozim etrlari va Geyger — M yuller hisoblagichlardan
foydalaniladi.
Radioaktiv nurlanishlaming oMcham birliklari quyidagilardan iborat:
Rentgen R — ekspozittsiya birligi, ulush (doza) quwati; Kyuri Si —
radioktiv moddaning faolligi; Rentgenning biologik ekvivalenti (
pSe
)
— ionlashtiruvchi nurlanishlar soni.
Dozimerik nazorat quyidagilardan tashkil topadi: radioaktiv nur olish
shaxsiy dozalarini tekshirish; asosiy va yordamchi xonalardagi, shuningdek,
atrof hududdagi radioaktivlik darajasini aniqlash; himoya vositalarining
samaradorligi va konteyner, asbob-uskunalar va ko‘chma konteynerlar
zaryadka qilingan xonalarning radioaktiv izotoplar bilan ifodalanish
darajasini aniqlash ana shular jumlasidandir.
Raioaktiv nurlanish manbaida ish boshlashdan ilgari barcha xodimlar
shaxsiy dozimetr bilan ta ’minlanadi. Har bir xodim olgan nurlanish
dozasi maxsus jurnalda qayd etib boriladi.
Haftalik doza 0,1 R, yillik doza esa — 5
p d a
dan oshmasligi kerak.
Rentgenometrik va radiometrik sinovlar olib borilayotgan paytda
tadqiqotchi turgan joyidagi nurlanish quwati 2,8 mR/ch dan, yon atrofdagi
ish joylarida 0,28 mR/ch dan ortmasligi lozim. Radioaksiya darajasi
0,28 mR/ch dan oshgan joylarga ko'chma to'siqlar qo'yiladi.
Defektoskopiyaning ko'chm a uskunalari maxsus jihozlangan
omborxonalarda saqlanishi zarur. Uskunalar saqlanadigan joylar puxta
himoyalanishi lozim. Ko‘chma defektoskopiya uskunalari saqlanadigan
ombor-xonalarda xodimlarning doimiy ishlashi va tez alangalanuvchi
portlovchi moddalaming saqlanishi man etiladi.
Radiometriya va rentgenoskopiya uskunalarida foydalanishda davlat
sanitariya inspeksiyasining talablariga qat’iy amal qilish lozim.
208
MUNDARIJA
Do'stlaringiz bilan baham: |