‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


O'ninchi mavzu: 0 ‘zbek tili terminologiyasidagi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/63
Sana10.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#541656
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
Bog'liq
O\'zbek terminologiyasi. Dadaboyev H. (1)

O'ninchi mavzu: 0 ‘zbek tili terminologiyasidagi
leksik-semantik hodisalar
Reja:
1.0 ‘zbek terminologiyasi sistemasidagi paradigmatik munosabatlar.
2 .0 ‘zbek terminologiyasi sistemasida polisemiya,sinonimiya va an- 
tonimiya.
Asosiy tushunchalar: monosemantika, polisemiya, paradigmatik mu­
nosabatlar, giperonim,-giponim, partonimik munosabatlar, graduonimik
munosabatlar, omonimik qatorlar, sinonimiya, antonimiya,antonim juft-
liklar, kontrar.komplementar.
E ’tirof etish joizki, terminologik sistemadagi terminlarning salmoqli 
qismi monosemantik hisoblanadi. Terminning tabiati ham ayni shuni tal- 
ab qiladi. Turli terminlogik sistemalarda qo‘llanayotgan quyidagi termin­
lar shu jihati bilan xarakterlanadi: 
saylovchi, ko'chirmakash, qarzdor,
hissador, daromad.soliq, qo'riqxona, parlament, kansler, kompilatsiya,
konstitutsiya, konsul, tintuv, patent, ombudsman, tergov, jinoyatchi, is-
honch yorlig ‘i, oliy sud 
va sh.k.
Shu bilan birga, u yoki bu sohada qo‘llanayotgan ayrim terminlar- 
dan bir nechta m a’noni ifodalash uchun foydalanilayotgani ham sir emas. 
Xususan, tilshunoslikda 
aksentuatsiya 
o ‘zlashmasi 1. so‘z yoki gapdagi 
m a’lum qismlami urg‘u yordamida ajratish; 2. tilning urg‘u sistemasi; 3. 
matnda urgLuni belgilash m a’nolarini ifdalash maqsadida ishlatilmoqda 
(Hojiyev, 2002.24).
Huquqshunoslik sohasida 
akt 
o ‘zlashmasining 1. akt; 2. harakat, ish; 3. 
dalolatnoma ma’nolarini ifodalashi qayd etilgan (Ahmedov, Bektemirov. 
2002.15).
Harbiy tenninlar sirasidan o'rin olgan 
vaxta 
termini 1. kemada 
navbatchilik; posbonlik, soqchilik; 2. kema ekipajining navbatda turgan,
92


posbonlik qilayotgan qismi; 3. muhim obyektlardagi navbatchilik, soq- 
chilik ma’nolarini ifodalashga yo‘naltirilgan (RO‘L 1,1983.100). Ayni ter- 
minologik sistemada faol qo‘llanuvchi 
granata 
termini 1. portlovchi snary- 
ad hamda 2. irg‘itiladigan gimnastika asbobini anglatishda qatnashadi.
Shaklan o ‘xshash terminlarning turli fan sohalari terminlogiyasida 
qo‘llanib, omonimik qatorlarni yuzaga chiqarishi ehtimoldan xoli emas. 
Chunonchi, 
boks 
I -sport, boks; 
boks 
II- tib. boks, alohida xona; 
giper-
bola 
I- til. mubolag‘a; 
giperbo/a 
II - mat. giperbola (konus kesimlari- 
dan biri); 
morfologiya 
I -til. grammatikaning so‘z turkumlari haqidagi 
bo‘limi; 
morfologiya 
II -tib.; biol.odam va hayvon tanasidagi organlar va 
to‘qimalar shakli hamda tuzilishini o ‘rganadigan fan; 
konvergensiya 
I- 
biol. turli organizmlarda bir xil tashqi muhit ta ’sirida o ‘xshash belgilam- 
ing paydo bo'lishi; 
konvergensiya 
II -fiz. ikkala ko‘z o ‘q chizig'ining 
bir nuqtada uchrashuvi; 
konvergensiya 
III.- tib. o‘xshashlik, yaqinlik; 
konvergensiya 
IV- til.-birdan ortiq tovushning tarixiy taraqqiyot nati- 
jasida bir tovushga birlashishi; 
bo 'z 
I- mato turi; 
bo 'z 
II -o t turi (rangi 
bo'yicha); 
bo'z 
III- cho‘l, dasht, yobon; 
bo 'z 
IV- bot. tuklikovil; 
assot-
siatsiya 
I-psix. muayyan sharoitda psixologik hosilalar orasida paydo 
boiadigan aloqa; 
assotsiatsiva 
II-biol.tuzilishi va turlari bir xil fitotse- 
nozlar majmui; 
assotsiatsiya 
III kitnyo. molekulalar yoki ionlaming 
molekulalararo elektr tabiatli harakat kuchi ta’sirida guruhlarga bo‘lini- 
shi; 
assotsiatsiya 
IV-siyoS) uyushma, birlashma; 
assotsiatsiya 
V —til. til 
birliklarining shakli yoki mantiqiy-semantik belgisiga ko‘ra o ‘zaro bir­
lashishi va sh.k. Shunga o'xshash holat tibbiyot, tilshunoslik va boshqa 
sohalarda qo'llanayotgan 
konversiya, substansiya, substitutsiya, trans-
formatsiya 
kabi omonimlar qatorida ham aksini topgan.
0 ‘zbek terminologiyasi sistemasida paradigmatik munosabatlar ham 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Turli soha terminologiyasi tilning leksik qatlam- 
lari singari ochiq sistema hisoblanib, unda giper-giponimik, partonimik, 
graduonimik munosabatlar aksini topgan.
Giper-giponimik munosabatlar deyarli barcha terminologik sistemalar- 
da mavjud bo‘lib, tabiat va jamiyatdagi o ‘ta murakkab munosabatlarni 
ifodalovchi o ‘ziga xos xususiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Chunon­
chi, “qon aylanish sistemasining markaziy a ’zosi ” semamali 
yurak 
giper- 
onimining 
aortal yurak, astenik yurak, atletikyurak, buqoq yurak, limfatik
yurak, litral yurak, yo lb a rs yurak(RLO'TTlL,l999) ;
“yiring hosil qilu- 
vchi jarayonlarda ajralib chiqadigan moddalardan zaharlanish” semeinali
93


sepsis 
giperonimining 
ginekologik sepsis, kiprik sepsisi, kriptogen sepsis,
kindik sepsisi, odontogen sepsis, og'iz sepsisi, tonzillogen sepsis, xirurgik
sepsis, chilla sepsisi, yara sepsisi, quloq sepsis i(RLO ‘TTIL,1999) 
kabi gi- 
ponimlari tibbiyotda faol qoilanadi.
Aviatsiya 
giperonimining 
qirg ‘oq mudofaa aviatsiyasi, yaqinga uch-
adigan aviatsiya, hamkorlik aviatsiyasi, harbiy-dengiz floti aviatsiyasi,
yordamchi aviatsiya, uzoqqa uchuvchi aviatsiya, fuqarolik aviatsiyasi,
bevosita pana qiluvchi aviatsiya, harbiy havo mudofaasi (HHM) aviat­
siyasi, madadchi aviatsiya, aloqa aviatsiyasi, maxsas topshiriqlar aviat­
siyasi, bosh qo ‘mondonlik zahira aviatsiyasi 
singari giponimik qatorlari 
harbiy terminologiyadan keng o‘rin olgan.
Shunga o'xshash munosabatlaming huquqshunoslik terminologiyasi- 
da ham bot-bot namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin. 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish