Ўзбек тили ва адабиёти кафедраси шахсий режалари



Download 6,7 Mb.
bet42/109
Sana09.04.2022
Hajmi6,7 Mb.
#538976
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-Matnshunoslik o`quv uslubiy majmua

NAZORAT SAVOLLARI

        1. Bayon ilmi necha qismdan iborat?

        2. Irfoniy she’riyat deganda nimani tushunasiz?

        3. Ilhom ehtiyoji va burch mas’uliyati deganda nimani tushunasiz?

        4. Matn tarixi nima?



Test savollari



Savollar

To’g’ri javob

Noto’g’ri javob

Noto’g’ri javob

Noto’g’ri javob

Ifoda yo’llari haqidagi ilm

bayon ilmi;

so’z yasalishi haqidagi ilm;;

she’r vaznlari haqidagi ilm;

misralarni hamohang tugatish haqidagi ilm

Mubayyin” kimning asari:

* Bobur



Fuzuliy;



Navoiy

Mashrab

Adabiy ilmlar tasnifi A.Rustamiy variantida



12 ta *

10 ta

8 ta;



4 ta.

Tarbiya adabiyotning ... ga xos xususiyat:



*shakliga;

ruhiga;



mazmuniga

tiliga

Asarning badiiy saviyasini belgilovchi sabab – bu:



tab’i nazm;

adabiy ta’lim;

qofiyadoshlik;

ma’no uyg’unligi.





MAVZU:KO’P NUSXALI QO’LYOZMA USTIDA ISHLASH
Reja:
1.Ko’p nusxali qo’lyozmalarni qiyoslash metodlari.
2.Tayanch manbani aniqlash. Matnni muqoyasa etishning ilmiy
usullari.
3.Tayanch nusxani to’ldirishda yordamchi nusxaning ahamiyati.
4.Yordamchi nusxalarni tasniflash mezonlari.
Таянч тушунчалар: Tayanch manbani aniqlash, мatnni muqoyasa etish, ilmiy
usullar, кo’p nusxali qo’lyozmalar.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Ko’p nusxali qo’lyozma ustida ishlash tamoyillari haqida talabalarga ma’lumot berish
O’quv faoliyati natijalari

  • Talabalarga ko’p nusxali qo’lyozmalarni qiyoslash metodlari xususida ma’lumot beriladi.

  • Tayanch manbani aniqlash, matnni muqoyasa etishning ilmiy usullaridan talabalar ilmiy asosda xabardor bo’ladi.

Tayanch va yordamchi nusxalarni tanlash malakasi shakllanadi
MA’RUZA MATNI
Turli yillarga oid yuzdan ortiq qo’lyozma va toshbosma nusxaga ega muayyan asarning matn tarixini o’rganmasdan, uning tili yoki badiiyatini yoritish borasida qanchalik zahmat chekilmasin, bu tugal ish hisoblanmaydi. Ko’p nusxali matn tarixini o’rganish esa asarning qo’lyozma, toshbosma nusxalarini turli tasniflar asosida guruhlash, har tomonlama qiyoslash va saralashdan boshlanib, oxiri – aniq va ishonchli dalillar bilan quvvatlangan ilmiy-tanqidiy matnni tayyorlash bilan nihoyalanadi. Shundan so’nggina bu asar bo’yicha kelajakda qilinadigan tadqiqotlar, xoh adabiyotshunoslik, xoh tilshunoslik yo’nalishida bo’lsin, qat’iy ravishda tayyor ilmiy-tanqidiy matn asosida olib borilishi kerak. Matnshunos olim N.Shodmonov ayni muammoga e’tibor qaratib, uning echimini “matn tasarrufi” tushunchasi bilan izohlaydi: “Adabiy manba tadqiq etilib, istifodaga kiritilgach, muallif va uning merosini “tashuvchilar” tomonidan yo’l qo’yilgan xato hamda nuqsonlar ular zimmasidan tadqiqotchi zimmasiga o’tadi. Shuning uchun manba tadqiqot doirasida to’g’ri tasarruf etilishi, nuqsonlar bartaraf qilinishi lozim. Tasarruf uchun, eng avvalo, matnshunoslik mafkurasi, ilmiy tafakkur shakllangan bo’lishi kerak. U etarli darajadagi nazariy bilimlar bilan bir qatorda psixologik, mantiqiy va estetik tahlil, tasavvur, echim topish malakalarini o’zlashtirish orqali hosil qilinadi”.101
Afsuski, ko’p hollarda bu qoidaga amal qilinmaydi. Masalan, So’fi Olloyor asarlari ham hali tanqidiy matn tayyorlab ulgurilmasidanoq, doktorlik, bir necha nomzodlik tadqiqotlari, shuningdek monografiya, risolalar uchun ob’ekt bo’ldi. Qilingan ishlarning ilmiy qimmatini kamsitmagan holda ta’kidlash kerakki, So’fi Olloyor asarlarining, xususan, “Sabotul ojizin”ning to’la ilmiy-qiyosiy ko’rsatkichlar bilan asoslangan tanqidiy matni tayyorlanmaguncha natijalar mukammal bo’lmaydi.
Matn tarixini o’rganish ishishartli ravishda to’rt bosqichda kechadigan qiyoslash va saralash tamoyillaridan iborat bo’ladi.
Avvalgi bosqichda qo’lyozmaning paleografik tekshiruv natijalari (qog’oz va xat turi, qo’lyozmaning saqlanish holati) asosida sanalar bo’yicha ajratildi: Masalan:

  1. XVIII asr;

  2. XIX asr;

  3. XX asr.

Ikkinchi bosqichda guruhlangan qo’lyozmalarning xati o’zaro solishtirildi. Masalan: “Barcha qo’lyozmalar nastaliq xatida bitilgan bo’lib, XVIII asrga oid nusxalarida dag’allik (ba’zan nasxga moyillik), XIX asr oid nusxalarda nafislik, XX asrga oid nusxalarda husnixat va badxatlik qorishiq kelgani kuzatildi”.
Uchinchi bosqichda sanalar bo’yicha ajratilgan har bir qo’lyozma matnining to’liqligiga ko’ra o’zaro qiyoslanadi. Natijalarni shunday umumlashtirish mumkin:

  • matnning boshi va oxiri bo’lgani holda, ayrim baytlar tushib qolgan;

  • boshlanishi yo’q qo’lyozmalar;

  • oxiri yo’q qo’lyozmalar;

  • boshlanishi ham, oxiri ham yo’q qo’lyozmalar.

To’rtinchi bosqichda o’zaro qiyos natijasida saralangan nusxalarning “matn butunligi” aniqlandi. Qadimiylik, to’liqlik, husnixat, saqlanish sifatining yaxshiligi kabi qiyos uchun muhim jihatlarning imkon qadar bitta qo’lyozma matnida jamlanishi – “tom butunlik”ni, bittadan ortiq qo’lyozma matnlari asosida jamlanishi – “matnlar aro butunlik”ni anglatadi. Keyin shu asosda ilmiy-tanqidiy matn uchun asos nusxalar tanlanadi. Asos nusxalar ishonchli matnni tiklash silsilasining avvalgi halqasini tashkil qiladi.
O’zaro muqoyasa jarayonidaqo’lyozma nusxalarining bir umumiy manbadan ko’chirilgan yo ko’chirilmagani aniqlanadi. Ishonchli matnni tiklash silsilasining ikkinchi halqasi “faol nusxalar”, uchinchi halqasi esa “yordamchi nusxalar” deb ataladi.


Download 6,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish