Ўзбек моделининг моҳияти, уни босқичма-босқич амалга ошириш, бу жараёнга хос қонуниятлар ва хусусиятлар



Download 91,37 Kb.
bet5/9
Sana04.03.2022
Hajmi91,37 Kb.
#483002
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 МАВЗУ Ўтиш даври ва миллий давлатчилик асосларини шакллантириш

Фуқароларнинг ўзини ўзи
бошқариш органлари
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgach, milliy davlatchilik an’analariga, qadriyatlariga mos keluvchi va xalq xohish – irodasini to‘la aks ettiruvchi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini barpo etishni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Bunda xorijiy mamlakatlarning e’tiborli tajribalarini chuqur o‘rganildi va yurtimiz sharoiti e’tiborga olindi. Natijada O‘zbekistonga xos va mos fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi. Xususan, hozirda deyarli jahonning barcha mamlakatlarida (Fransiya, Germaniya, Rossiya, Turkmaniston va boshqa) bu institut mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deb atalsa, O‘zbekistonda esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb ataladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingach fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimining huquqiy zamini mustahkamlandi. Konstitutsiyaning 105 – moddasiga ko‘ra, «SHaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi».
SHunday qilib, fuqarolar yig‘ini ma’lum muddatda to‘planib ish yuritadigan o‘zini o‘zi boshqarish vositasi bo‘lsa, rais, uning maslahatchilari doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmadir.
1993 yil 2 sentyabrda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq uchinchi sessiyasida qabul qilingan. Ushbu qonun bu organlar faoliyatiga bag‘ishlangan ilk normativ – huquqiy hujjat bo‘lib, unda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vazifasi, vakolatlari, fuqarolar yig‘ini va rais (oqsoqol)ning vakolatlari, ularning davlat hokimiyati organlari bilan munosabat asoslari belgilab berildi. Bu qonun yurtimiz mahallalari taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.
1995 yil 21 dekabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari haqida alohida modda kiritilgan bo‘lib (78 – modda), unda qayd etilganidek, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik – huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir».
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi, «Uy – joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunlarda ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari haqdagi qoidalar mavjud.
O‘zbekistonda bosqichma – bosqich amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va milliy taraqqiyot talablaridan kelib chiqib ushbu qonun hujjatlari muntazam ravishda takomillashtirib borilyapti. Xususan, 1999 yil 14 aprelda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
YAngi tahriridagi qariyb o‘nta moddaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Muhim o‘zgarishlardan biri – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari maqomining yanada aniqlashtirilganligidir. Qonunning 7 – moddasi Konstitutsiyaning 105 – moddasiga moslashtirildi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tushunchasi quyidagicha konkretlashtirildi: «SHaharchalar, qishloqdar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yiganlari (bundan buyon matnda fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir».
Xuddi shu moddaning ikkinchi bandida belgilanganidek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi. Fuqarolar yig‘ini o‘zining organlariga ega. Ular sirasiga fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar, taftish komissiyasi, shuningdek ayrim o‘rinlarda ma’muriy komissiyalar kiradi. Gap shundaki, ilgari bu kengash va barcha komissiyalar ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari deb yuritilardi. Endilikda esa bunday maqom faqat fuqarolar yig‘iniga xos sanaladi.
SHunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy – hududiy bo‘linishining eng quyi pog‘onasida davlat organlari o‘rniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkil qilindi. SHuningdek, shaharlardagi mahalla va mavzelarda ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuzildi. Bu organlar zimmasiga avval davlat organlari amalga oshirib kelgan ko‘pgina vazifalar yuklatildi.
Xulosa qilib aytganda, hukumatimiz tomonidan ilgari surilayotgan «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» siyosiy qurilish dasturining bosh yo‘nalishlaridan biri davlatning bir qancha vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga boskichma – bosqich topshirish chora – tadbirlar hayotga tadbiq etilmoqda.


Олий Мажлис 2001 йил 6 декабрда қабул қилган “Ўзбекистон Республикаси референдумини ўтказиш тўғрисида”ги қарорига кўра, 2002 йил 27 январда референдум ўтказилди. Унинг якунлари асосида “Референдум якунлари ҳамда давлат ҳокимияти ташкил этилишининг асосий принциплари тўғрисида”ги Конституциявий Қонуннинг қабул қилиниши қонун чиқарувчи ҳокимиятни тубдан ислоҳ қилишнинг ҳуқуқий асосларини белгилаб берди.
2002 йил 12 декабрда Олий Мажлиснинг 10-сессияси “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенати тўғрисида” ва “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси тўғрисида”ги Конституциявий Қонунлар ҳамда уларни амалга ошириш тўғрисида қарорларқабул қилинди. 2003 йилнинг 24 апрелида эса “Ўзбекистон Республикаси Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида” Қонун қабул қилинди. Дунёнинг ривожланган мамлакатларида тўпланган парламентаризм тажрибаси, ўзбек халқининг қадриятлари ва менталитетини ҳисобга олган ҳолда, ишлаб чиқилган ушбу қонунлар икки палатали парламентимиз ваколатлари ва фаолиятининг ташкилий шаклларини аниқ белгилаб берди.
Шундай қилиб, мамлакатимиз тарихида илк бор Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси икки палатадан – Қонунчилик палатаси (қуйи палата) ва Сенатдан (юқори палата) иборат тарзда иш бошлади.
Шу ўринда Парламент ёш давлатнинг суверенитетини мустаҳкамлашга қаратилган бир қатор муҳим ҳужжатлар қабул қилишда иштирок этганлигини таъкидлаш лозим. Масалан, “Ўзбекистон Республикасининг давлат мустақиллиги асослари тўғрисида”ги, “Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови тўғрисида”ги, “Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи тўғрисида”ги, “Ўзбекистон Республикасининг Давлат герби тўғрисида”ги, “Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси тўғри- сида”ги, “Ўзбекистон Республикасининг давлат тили ҳақида”ги, “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига сайлов тўғрисида”ги ва бошқа мустақил- лигимизни ҳуқуқий жиҳатдан мустаҳкамлашга қаратилган ниҳоятда муҳим бўлган бир қатор қонунларни қабул қилди.
Олий Кенгашнинг ўн иккинчи сессияси 1994 йил 23 сентябрда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига биринчи сайловни 1994 йил 25 декабрда ўтказиш тўғрисида қарор қабул қилди. Уч босқичда (1994 йил 25 декабр­да, 1995 йил 8 ва 22 январда) бўлиб ўтган сайлов якунларига биноан 245 нафар депутатдан иборат таркибдаги парламент шакллантирилди. Сайлов кўп партиявийлик асосида ўтказилди.
Олий Кенгаш ўрнига Ўзбекистон Республикасининг бир палатали парламенти – Олий Мажлис шакллантирилган вақтда Олий Мажлис таркибида Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан 69 нафар, “Адолат” социал-демократик партиясидан 47, “Ватан тараққиёти” партиясидан 14, “Миллий тикланиш” демократик партиясидан 7 нафар депутат бўлиб, депутатларнинг қолган қисмини ҳокимият вакиллик органларидан кўрсатилган шахслар ташкил этди.
Иккинчи чақириқ (2000-2004 йиллар) Олий Мажлисга сайлов ҳокимият вакиллик органлари билан бир қаторда бешта сиёсий партия ва сайловчилар ташаббускор гуруҳлари иштирокида бўлиб ўтди. Иккинчи чақириқ Олий Мажлисда 11 нафар депутатни бирлаштирган “Адолат” социал-демократик партияси фракцияси, 10 нафар депутатдан иборат “Миллий тикланиш” демократик партияси фракцияси, 20 нафар депутатга эга бўлган “Ватан тараққиёти” партияси фракцияси, 34 нафар депутатни ташкил этган “Фидокорлар” миллийдемократик партияси фракцияси, 49 нафар депутатдан иборат Халқдемократик партияси фракцияси, 107 нафар кишидан иборат ҳокимият вакиллик органларидан сайланган депутатлар блоки ва 16 нафар сайловчилар ташаббускор гуруҳларидан сайланган депутатлар блоки рўйхатга олинди. Кейинчалик “Ватан тараққиёти” ва “Фидокорлар” партиялари битта “Фидокорлар” партиясига бирлашганлиги муносабати билан иккинчи чақириқ Олий Мажлиснинг иккинчи сессиясида уларнинг парламентдаги фракциялари аъзолари ҳам бирлашиб, 54 нафар депутатни бирлаштирган битта фракцияни ташкил этдилар.
Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2005 йил 28 январдаги қўшма мажлисидан бошланиб, бунда янги икки палатали Олий Мажлис депутатлари ва сенаторлари амалда ўз ишларига киришдилар.
Бугунги кунга келиб, Олий Мажлис палаталари фаолиятининг ҳуқуқий асослари тўла шаклланди. Мустақиллик йилларида мамлакатимизда қонун чиқарувчи ҳокимиятнинг салоҳияти ўсиб, сифат жиҳатидан ўзгарди. Бу йилларда кўп партиявийлик асосида конун чиқарувчи ҳокимиятга сайловлар натижасида Ўзбекистонда замонавий қонун чиқарувчи ҳокимият карор топди.
Таъкидлаш жоизки, икки палатали парламент ташкил этилгач, Ўзбекистон Республикасида қонун чиқарувчи ҳокимият ўз тараққиётида янги поғонага кўтарилди. Энг асосийси, гарчи қонунчилик жараёни анча мураккаблашган бўлса-да, қабул қилинган қонунларнинг сифати сезиларли даражада ошди. Қонунларни қабул қилишда сиёсий партияларнинг роли кучайди. Қонун лойиҳаларини партияларнинг фракцияларида олдиндан кўриб чиқиш, Қонунчилик палатаси ялпи мажлисларида ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳаларини муҳокама қилишда уларнинг фикрларини эътиборга олиш амалиёти шаклланди.



Download 91,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish