ilementlarini hosil qilish uchun qo'llanish printsipini o'rgaiuvchi fan
lifatida talqin qiladi.
V.A.Red’kin morfonologiya doirasini yanada kengaytirdi. Uning
fikricha, morfonologiya bu so'z strukturasi va fonema, prosodema
terminlari
bilan nomlanadigan, uni tashkil atuvchi komponentlar haqidagi
ta'limotdir. U morfonologik fositalarga urg'u, so'z komponentlarining
joylashish tartibi va qo'shilish qoidalari, ulaming variatsiya (almashinuv)
qoidalari interfiktsasiya va boshqa ayrim so'zning tovush elementlarini
kiritadi.
E.A.
Makaev va E.S. Kubryakovachar
morfonologiya-bu
morfemalaming fonologik strukturasi haqidagi ta'limot, deb hisoblaydilar.
Morfologiyaning bevosita o'rganish ob'ekti morfonologik qatorlar bo'lishi
kerakligini ta'kidlaydilar.
E.S. Kubryakova yana boshqa bir asarida morfema qurilishidagi va
bir morfemaning morflari sostavidagi fonologik farqlanish hamda bu
farqlanishlaming funktsional maqsadda qo'llanilishi morfonologiyaning
o'rganish ob'ektiga kirishini aytadi.
V.G. CHurganovaning fikricha, morfonologiya morfema va so'z
tarkibidagi fonemalaming tashkil topishi haqidagi ta'limotdir. U
morfonologiyaning
quyidagi
muammolar bo'yicha baxs yuritishi
lozimligini ko'rsatadi.
Etakchi va ko'makchi morfemalaming
shakllanishida xizmat
qiladigan fonemalaming tartibi va sostavi.
Morfem birliklarining so'z ichida birlashish jarayonida fonemalar
tartibi va sostavining o'zgamvchi (modifikatsiyasi).
Bundan modifikatsiyalaming doimiy va ulaming so'z yasalishi va
so'z o'zgarishi sistemasidagi o'mi.
73
Tarkibidagi fonemalar sostavi va tarkibiga bog'liq ravishda
morfologik elementlaming tanlanish qonuniyati.
G'arb tilshunosligidagi morfonologiyaga bunday xilma-xpl
qarashlar turkologiyada ham aks etmoqda. Xususan, "Sravnitel’no-
istoricheskaya grammatika tyurkskix yazikov", "Fonetika" kitobining
fonomorfologiya bo'limi E. S. Kubryakova kontsepsiyasiga asoslangan.
Boshqird tili gramatikasida esa agglyutinatsiya va reduplikatsiya jarayonida
yasalish
asoslari
o'rtasida
yuz
beradigan
fonetik
o'zgarishlar
morfonologaya predmeti hisoblanadi.
M.Z. Zakiev ham morfonologiyani
morfemalaming fonologik
strukturasini o'rganuvchi ta’limot sifatida tushunadi. SHu bilan birga,
turkiy tillar morfonologiyasiga bag'ishlangan ishlarda turkiy tillar uchun
harakterli bo' lgan singarmonizm hodisasi ham morfonologiyaga kiritiladi.
A.A. Reformatskiy esa, birinchi bo'lib turkiy tillar morfonologiyasi
haqida fikr yuritib, qozoq va qirg'iz tillaridagi singarmomzm hodisasini
tadqiq
qilar ekan, turkiy tillardagi unlilaming singarmistik variantlari
gramatik fakt darajasiga ko'tarilmasligi, shuning uchun ham u
morfonologiya doirasida emas, balki faqat fonetika doirasida o'rganilishi
lozimligini ta'kidlagan edi. Lekin turkiy tillardagi morfemalar variatsiyalari
ko'p hollarda bevosita singarmonizm hodisasi bilan bog'liq bo'lganliga
tufayli, singarmonizm hodisasini ham morfonologiya doirasida o'rganish
foydadan holi bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: