4.6. Bipolyar tranzistorning elektr modellari
Umumiy m a’lumotlar. Modellashning asosiy vazifasi BT elektr
xarakteristikalari bilan fizik parametrlari orasidagi bog'lanishni
aniqlashdan iborat. Buning uchun BT elektr model ko‘rinishida
keltiriladi. Uning modeli ba’zan ekvivalent sxema yoki almashlash
sxemasi deb ham ataladi.
Elektr modelda BT oddiy elementlar (diod, tok manbayi, rezistor
va kondensatorlar) yoki to‘rt qutbli bilan almashtiriladi. Tranzistor
modellari elektron sxemalar param etrlari va xarakteristikalarini
hisoblashda va eng muhimi, integral sxemalarni ishlab chiqarishda,
murakkab sxemani sodda va aniq modellar asosida tahlil qilish zarur
bo‘lganda ishlatiladi.
Ba’zi modellar tranzistorning statik rejimi uchun, boshqalari esa —
dinamik rejimi uchun ishlab chiqilgan. BT elektrodlaridagi kuchlanishlar
vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lgan rejim s atik rejim deyiladi. Bu vaqtda
rejimning barcha parametrlari vaqt davomida o‘zgarmas qoladi.
Tranzistor ishlaganda, uning elektrodlari zanjirlariga o‘zgarmas
kuchlanish manbalaridan tashqari, kuchaytirilishi yoki o‘zgartirilishi
zarur bo‘lgan signal manbayi ham ulanadi. Signal berilganda tranzistor
elektrodlaridan birida kuchlanish (tok) vaqt davomida o‘zgaruvchan
bo‘lib, tranzistor dinamik rejim holatida bo'ladi.
Umumiy holda, tok va kuchlanishlarning o‘zgaruvchan tashkil
etuvchilari orasidagi bog‘lanish bilan ularning o‘zgarmas tashkil
etuvchilari orasidagi bog‘lanish bir-biridan farq qiladi ((4.4) va (4.8)
tenglamalar). Buning ikkita sababi bor. Birinchidan, tranzistor p-n
o‘tishlarining barer sig‘imlari mavjud, kollektor va baza sohalari sezilarli
hajmiy qarshilikka ega. Shular hisobiga p-n o'tishlardagi kuchlanishlar
tranzistor elektrodlaridagi kuchlanishlar bilan sinfaz o‘zgarmaydilar
va amplitudasi bo‘yicha elektrodlardagi kuchlanishlarga nisbatan doim
kichik qiymatga ega bo‘ladi. Kuchlanishlar qiymatidagi farq signal
chastotasi ortishi bilan ortadi. Ikkinchidan, zaryad tashuvchilaming
baza orqali o‘tishi, ya’ni E 0 ‘ diffuziya sig‘imining qayta zaryadlanishi
inersion jarayondir. Shuning uchun, dinamik rejimda elektrodlar
toklarining oniy qiymatlari p-n o‘tishlardagi kuchlanishlarning oniy
qiymatlariga mos kelmay qoladi, zaryad tashuvchilaming emitterdan
kollektorgacha yetib borishi uchun, kollektor tokining kechikishi deb
ataluvchi m a’lum vaqt zarur bo‘ladi. Shunday bo'lishiga qaramasdan,www.ziyouz.com
kutubxonasi
agar kechikish vaqti o'zgaruvchan kuchlanishning o‘zgarish davriga
nisbatan juda kichik bo'lsa, o'zaro bog'lanishlarning farqi katta
bo‘lmaydi, ya’ni oniy qiymatlar bog'lanishlari amalda statik rejimdagi
o'zgarmas qiymatlar orasidagi bog'lanishlar kabi bo‘ladi. Bunday
chastotalarni past chastotalar deb atash, past chastotalardagi dinamik
rejimni esa — kvazistatik rejim deb atash qabul qilingan.
Signal qiymati, ya'ni o'zgaruvchan tashkil etuvchilari katta yoki
kichik bo'lishi mumkin.
Kirish va chiqish signallari o'zgaruvchan tashkil etuvchilari orasida
chiziqli bog'lanish kuzatiluvchi signal kichik signal deb ataladi. Agar
kirish signali amplitudasi ikki marta kamaytirilsa, o'lchanayotgan
parametr qiymati, masalan, kuchaytirish koeffitsienti, + 10% ga
o'zgarsa, shartli ravishda signal amplitudasi yetarlicha kichik deb
hisoblanadi. Kichik signalning boshqa ta’riflari ham mavjud.
O'zgaruvchan va o'zgarmas tashkil etuvchilar turli modellar
yordamida hisoblanadi va tahlil qilinadi. O'zgarmas tashkil etuvchilarni
tahlil qilishda u yoki bu sonli integral parametrlarga ega nochiziqli
Ehers — Mollmodelining turli variantlari ishlatiladi. Ularning nochiziqli
deyilishiga sabab, katta signal rejimida diod va sig'imlarning nochiziqli
xarakteristikalarga egaligidadir.
Kichik o'zgaruvchan tashkil etuvchilarni tahlil qilishda nochiziqli
modellardan foydalanishning ma’nosi yo'q, chunki differensiallar deb
ataluvchi kichik o'zgarishlar orasidagi bog'lanishlar funksiyalarning
o'zi bilan emas, balki ularning differensiallari bilan belgilanadi. Shu
sababdan o'zgaruvchan tashkil etuvchilarni tahlil qilishda maxsus kichik
signalli (chiziqli) dinamik m odellardan foydalaniladi. Bunday
modellarda tok va kuchlanishlarning kichik o'zgarishlarini bog'lovchi
kattaliklar tranzistorning differensial parametrlari deb ataladi.
Statik rejimda BTning nochiziqli elektr modeli (Ebers-Moll modeli).
Ebers-Moll modeli tranzistor p-n o'tishlari orqali aktiv (normal) (4.6)
va invers rejimlarda oquvchi toklar uchun yozilgan tenglamalarga
asoslanadi
/„ =
ccl, +
,
Do'stlaringiz bilan baham: |