j(E ) = qnxvDR(E) - qn^/u^E tok hosil bo'ladi. Tok hosil bo'lishidawww.ziyouz.com
kutubxonasi
Masofa
3.14-rasm. Gann effektini tushuntiruvchi energetik diagramma.
yuqori voha elektronlarining ulushi, ular konsentratsiyasi kichik bo‘lgani
sababli, hozircha juda kichik.
3.15-rasm. Dreyf tezlikning elektr maydon kuchlanganligiga bog'liqligi.
Yarimo‘tkazgichga berilgan elektr maydon E ortishi bilan kristall
temperaturasi ortadi, shu bilan bir qatorda elektronlaming o'rtacha
energiyasi ham ortadi. EB0.fz3,2 kV/sm ga yetganda GaAs kristali
elektronlari A W t potensial to'siqni yengib o'tish uchun yetarli
energiya oladilar. Natijada pastki voha elektronlardan bo'shab,www.ziyouz.com
kutubxonasi
yuqoridagisi esa — to‘ladi. Bu jarayon vohalararo o'tish deb ataladi.
E - E bo.s b o ‘lgan m aydon ta ’sirida (3.15-rasm , 2 — 3 soha)
elektronlarning asosiy qismi pastki vohadan yuqori vohaga o‘tadi.
Ushbu o'tish natijasida elektronlarning dreyf tezligi 3 = JU^E ga
teng bo‘lib qoladi va ilgarigiga qaraganda kamayadi, hosil bo'layotgan
tok zichligi ham kam ayadi. Elektr m aydon diodga berilgan
kuchlanishga proporsional, dioddagi tok esa elektronlarning dreyf
tezligiga proporsional bo'lgani sababli 3.15-rasmda keltirilgan egri
chiziqni diod VAXi sifatida qarash mumkin. Egri chiziqning pastga
qarab ketgan sohasida, diod MDQka ega. MDQ mavjudligi, diodga
passiv zanjir, masalan, rezonator ulab, tebranishlar generatsiyalovchi
yoki kuchaytiruvchi sifatida foydalanish imkonini ochadi. Maydon
kuchlanganligi yana ham orttirib borishi bilan dreyf tezlik to ‘yinadi
(!9TO,y ~ 107sm/s) (3.15-rasmda 3—4 soha).
Statik rejimda bunday xarakteristika kuzatilmaydi. Diodning
vohalararo o'tishlar sodir bo'layotgan ma’lum tor sohasidagina elektr
maydon kuchlanganligining bo‘sag‘aviy qiymatiga EB0.S erishiladi.
Ushbu soha hajmiy elektr noharqarorlik sohasi deb ataladi.
Y arim o'tkazgich m aterial hajm ida har doim k iritm alar
konsentratsiyasi kichik bo‘lgan soha mavjud bo'ladi. Ushbu S sohaning
qarshiligi atrofidagi boshqa sohalar qarshiligiga nisbatan yuqoriroq
bo'lgani sababli undagi elektr maydon kuchlanganligi EB0.S ga yetadi
(3.16, a-rasm). Natijada £ sohada zaryad tashuvchilarning pastki
nimzonadan yuqoridagi nimzonaga o'tishi boshlanadi.
£ sohadagi elektronlarning dreyf tezligi kichikroq bo'lgani sababli
ular sohadan tashqaridagi elektronlardan orqada qoladilar. Natijada
kuzatilayotgan tor sohada elektr domen deb ataluvchi qo‘sh elektr
zaryad sohasi vujudga keladi. Domenning chap tom onida sust
harakatlanuvchi elektronlar, o ‘ng tom onda esa, zaryadlari tez
harakatlanuvchi elektronlar bilan kompensatsiyalanmagan, musbat
ionlar to'planadi. Domen hosil qilgan maydon birlamchi maydonga
qo'shiladi va yangi elektronlarni yuqori nim zonaga o 'tish in i
ta’minlaydi. Domendagi va undan tashqaridagi elektronlar tezliklari
tenglashmagunga qadar domen zaryadi uzluksiz ortib boradi. Shuning
uchun stabil domen hosil bo'lishi uchun domen hosil bo‘lish vaqtiwww.ziyouz.com
kutubxonasi
TF domenning katoddan anodga uchib o‘tish vaqti T0 = L I 3 JO,y dan
kichik bo‘lmog‘i zarur.
Anodga yetgan domen so‘rilib ketadi. Shundan keyin S ~
qatlam da yangi dom en hosil bo'ladi va jarayon takrorlanadi.
D om enlarning yo‘qolishi va yangisining hosil b o ‘lishi diod
qarshiligining o'zgarishi bilan davom etadi, natijada diod toki
tebranishlari kuzatiladi. T = T0
bo'lganda diod toki tebranishlari
chastotasi f — &m,Y IL ga teng, bu yerda, STO,y = 107 sm/s, L -
yarimo'tkazgich uzunligi. Diodning domenlar hosil qilib ishlash rejimi
uchib o'tish rejimi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |