Kikoin-Noskov effekti.
Yarimo‘tkazgichni kuchli darajada yutiladigan yorug’lik bilan yoritganda, yoritilayotgan sirt qatlamida ortiqcha zaryad tashuvchilar paydo bo‘ladi va yorug‘lik tushishi yo‘nalishida ularning zichliklari gradiyenti vujudga keladi. Yoritilayotgan sirtga qarama-qarshi x tomon- ga zaryad tashuvchilarning diffuzion oqimlari paydo bo‘ladi. Agar yoritilayotgan bu namunani z yo'nalishidagi (ko'ndalang) magnit maydonga joylansa, Lorens kuchi ta’sirida elektronlar va kovaklar у o‘qining qarama-qarshi tomonlariga og‘adi va magnit diffuzion tok hosil bo‘ladi. Bu esa namunaning qarama-qarshi yon yoqlarida teskari ishorali zaryadlar to‘planishiga va tegishli elektr (Д ) maydon hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu esa magnit diffuzion tokka qarshi dreyf tok paydo qiladi. Statsionar holatda bu toklar bir-birini muvozanatlaydi, ammo foto kuchlanish bilan bog‘liq fotomagnitik EYKni hosil bo‘ladi.
Magnit maydonga joylashtirilgan yarim o’tkazgich namunasini kuchli darajada yutiladigan yorug’lik bilan yoritilganda magnit maydon va yorug’lik oqimi yo’nalishlariga tik yo’nalishda ko’ndalang foto EYuK (ko’ndalang potensiallar (farqi) ayirmasi) vujudga keladi. Bu hodisani Kikoin-Noskov effekti yoki fotoelektromagnitik hodisa deyiladi. Bu hodisa tabiatini aniqdaylik.
Ma’lumki, yarim o’tkazgich namunasini fotonning energiyasi hdi^Eg bo’lgan kuchli darajada yutiladigan yorug’lik bilan yoritganda uning sirtga yaqin qatlamida ortiqcha elektronlar va kovaklar juftlari hosil bo’ladi hamda namuna ichkarisiga elektronlar va kovaklar diffuziyalanadi. Magnit maydon paydo qilinganda diffuziyalanuvchi elektronlar va kovaklarga Lorens kuchi ta’sir qila boshlaydi:
Bu kuch zaryad tashuvchilarni ularning diffuziyalanish yo’nalishi va magnit maydon yo’nalishiga tik yo’nalishda ogdiradi. Agar x o’q yo’nalishida yorug’lik tushayotgan, magnit maydon esa z o’q yo’nalishida bo’lsa, u holda elektronlar va kovaklar u o’q yo’nalishida qarama-qarshi tomonlarga og’ishadi. Oqibatda namunaning u o’kka tik joy lashgan yoqlarining birida musbat zaryad, ikkinchisida manfiy zaryad to’planadi, elektr maydon va unga mos bo’lgan Kfme kuchlanish vujudga keladi (2.7-rasm). Kuchlanish (EYuK) ning o’sishi to magnitodiffuzion oqimlar elektr maydondagi dreyf oqimlari bilan tenglashguncha davom etadi.
Ma’lumki, sirtdan namunaning ichkarisiga diffuziyalanayotgan elektronlar va kovaklar dastlabki yo’nalishlaridan v burchakka (Xoll burchagiga) ogadilar:
(3.1)
bundagi \inH, \ipH— elektronlar va kovaklarning Xoll hara-
katchanliklari, \in, sr — dreyf harakatchanliklari, rH — Xoll faktori (uning qiymati 1 ga yaqin va sochilish mexanizmiga bog’liq).