7. Yuqori barqarorlikka ega b o ‘lgan inverslaydigan kuchaytirgich kuchaytirish koeffitsienti nima bilan aniqlanadi? 2. Inverslamaydigan kuchaytirgich kuchaytirish koeffitsienti nima bilan aniqlanadi? 3. Kuchlanish qaytargichda qanday amal bajariladi? 4. Uchta kirishga ega bo ‘Igan jamlash qurilmasi chiqish kuchlanishi nimaga teng? 5. Ayiruvchining chiqish kuchlanishi nimaga teng? 6. Pretsizion attenyuator nima uchun xizmat qiladi? 7 Passiv integrallovchi va differensiallovchi zpnjirlar qanday kamchiliklarga ega? 8. OK asosidagi differensiallovchi qurilma qanday amalga oshiriladi? 9. OK asosidagi integrallovchi qurilma qanday amalga oshiriladi? 10. Filtrlar turlarini sanab bering. 11. Aktiv fdtrlar passivlardan nimasi bilan farqlanadi? 12. OK asosidagi logarifmik kuchaytirgich qanday xossalarga ega ?www.ziyouz.com
kutubxonasi
XI B O B . R A Q A M L I T E X N IK A A S O S L A R I 11.1. Umumiy ma’lumotlar Elektron qurilmalar, jumladan kompyuterlarda qayta ishlanayotgan
m a’lum otlar, natijalar va boshqa axborotlar ko ‘p hollarda elektr
signallar ko'rinishida ifodalanadi.
Axborot (fizik kattaliklar) ni ikki usulda ifodalash mumkin: analog
(uzluksiz) va raqamli (diskret). Birinchi usulda ifodalanayotgan kattalik,
unga proporsional bo‘lgan bir signal ko‘rinishida, ikkinchi usulda esa
— har biri berilgan kattalikning bitta raqamiga mos keluvchi bir nechta signallar ketma-ketligi ko'rinishida ifodalanadi.
Analog ko'rinishdagi signallarni qabul qilish, o‘zgartirish va uzatish
uchun m o‘ljallangan elektron qurilmalar, analog elektron qurilmalar (AEQ) deb ataladi. Signalning nazariy tom ondan shakllanishi va
uzatilishi mumkin qadar aniqlik va tezkorlik bilan amalga oshiriladi.
AEQlar nisbatan sodda tuzilganiga qaram asdan, signalni ixtiyoriy
funksional o ‘zgartirishga qodirdir.
AEQlar quyidagi kamchiliklarga ega:
— xalaqitbardoshlikning kichikligi. Bunda signalga turli shovqinlar
qo'shilishi, yoki tem peratura va boshqa om illar ta ’sirida qurilm a
parametrlarining o ‘zgarishi natijasida signal boshlang'ich ko‘rinishidan
farqlanadi;
— uzoq masofalarga uzatilganda signalning kuchli buzilishi;
— axborotlarni uzoq muddat saqlashning murakkabligi;
— F1K qiymatining kichikligi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda kichik vaqt oraliqlarida katta
hajm dagi axborotlarni saqlash va qayta ishlash talab qilinganda
A E Q lardan foydalaniladi. Bunda A EQ da axborot differensial
tenglamalar tizimi bilan ifodalanishini alohida ta ’kidlab o ‘tish joiz.
Hozirgi kunda axborotlarni raqamli usullarda qayta ishlash m uhim
o ‘rin egallamoqda. Buning uchun analog ko'rinishdagi birlam chi
axborot ustida ikkita muhim amal bajariladi: kvantlash va kodlash.
Uzluksiz signal x(f)ni m a’lum nuqtalardagi qiym atlari bilan
almashtirishga kvantlash deyiladi. Kvantlash vaqt yoki sathlar bo ‘yicha
amalga oshirilishi mumkin. Kvantlash natijasida elektron qurilmadagi
analog ko'rinishdagi birlamchi signal turli shakldagi elektr impulslar