I E l
9.13-rasm. Uzatish xarakteristikasida kuchaytirgich
chiqish signalining shakli.www.ziyouz.com
kutubxonasi
buziladi. Bunday buzilishlar, ayniqsa, kirish signali amplitudasi U'
kuchlanishga yaqin (UK/R- 0,7 V), ya’ni tranzistorlar am alda berk
bo'lganda sezilarli bo'ladi.
Nochiziqli buzilishlarni oldini olish uchun tranzistorlar bazalariga
sath siljituvchi sxema yordamida siljituvchi kuchlanish beriladi.
ChKning AB sinfida ishlashini ta ’minlash uchun qo‘llaniladigan
a n ’anaviy sxem alardan biri 9.14-rasm da keltirilgan. Tranzistorlar
bazalari orasiga alohida siljituvchi kuchlanish beriladi. Bundan tashqari,
tranzistorlar o ‘ta yuklanishdan, masalan, yuklama elektrodi tasodifan
kuchlanish manbayining elektrodiga ulanishidan himoyalangan.
9.14-rasm. AB sinf rejimida ishlaydigan ChK sxemasi.
Keltirilgan sxema elem entlari vazifasini ko‘rib chiqamiz.
VTl va VT2 chiqish tranzistorlarini boshqaruvchi kuchlanishni
hosil qilish uchun kuchaytirgichda VT3 asosidagi qo‘shim cha kaskad
ishlatilgan. U UE sxemada ulangan. Rezistor R chiqish toki bo‘yicha
ketm a-ket manfiy ТА zanjirini hosil qiladi. U kaskad ish rejimini
barqarorlaydi. Bundan tashqari, VT3 tranzistor butun ChK kuchaytirish
koeffitsientini oshiradi. R qarshilik qiymati shunday tanlanadiki, A
nuqta potensiali, sokinlik rejimida nolga teng bo'lsin. VD1 va VD2
diodlar VTl va VT2 tranzistorlar param etrlari bir xil bo‘lgani uchunwww.ziyouz.com
kutubxonasi
В nuqta potensiali (sokinlik rejimida kaskadning ChK kuchlanishi)
ham nolga teng bo'ladi.
VT1 va VT2 tranzistorlar ikki taktli tok kuchaytirgichning yelkalarini
tashkil etadi. Kirish kuchlanishining har bir yarim davrida yuklama
toki kuchaytirgichning o ‘z yelkasi bilan hosil qilinadi. VT4 va VT5
tranzistorlar VT1 va VT2 tranzistorlarni o ‘ta yuklanishdan saqlash
uchun xizmat qiladi. VD1 va VD2 diodlar BTG bilan birgalikda AB
sinf ish rejimini ta'm inlash uchun siljitish zanjirlarini hosil qiladi.
S iljitish zan jirlari VT1 va VT2 tra n z isto rla rg a e m itte r-b a z a
kuchlanishlarni berish uchun xizmat qiladi.
BTG toki I0 signal mavjud bo'lm aganda, diodlardagi kuchlanish
pasayishi kichik bo‘ladigan qilib tanlanadi, VT1 va VT2 hamda VT4
va VT5 tranzistorlar deyarli berk holatda bo‘ladi.
Kuchaytirgich kaskadning ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz. VT3
tranzistor kirishiga signalning musbat yarim davri berilgan bo‘lsin. U
em itter toki va, mos ravishda, ushbu tranzistor kollektor tokining
ortishiga olib keladi. Bunda С nuqta potensiali pasayadi, chunki bu
nuqtaga keluvchi tok qiymati o ‘zgarmas va BTG toki Ig ga teng,
undan ketuvchi tok (VT3 tranzistor kollektor toki) qiymati esa ortadi.
VT1 tranzistor bazasi bilan ulangan С nuqta potensialining pasayishi
VT1 ni berkitadi va uning baza toki nolga teng bo‘lib qoladi. Lekin
bunda VD1 va VD2 diodlardan o ‘tuvchi tok l0 ga teng bo‘Iadi va F
nuqta potensiali, С nuqta holatidek sababga ko‘ra, pasayadi. F nuqta
potensiali pasayishi (VT2 tranzistor baza potensiali) VT2 tranzistor
baza tokining ortishiga, demak, ushbu tranzistor em itter tokining
ham ortishiga olib keladi. BTG mavjud bo‘lgani sababli baza tokining
o'zgarishi VT3 tranzistor kollektor toki o ‘zgarishiga teng, ya’ni
AIK3= M B2.
(9.12)
VT2 tranzistor em itter toki ortishi yuklamada to ‘g‘ri yo‘nalishda
tok paydo bo'lishiga olib keladi. VT1 tranzistor berk bo‘lgani uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |