Import bilan bogiiq inflatsiya. inflatsiyaning ushbu turi aniq olingan mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda import qilinadigan mahsulotlarga bo‘lgan narx-navoning ko‘tarilishi natijasida ba’zi mahsulotlarga bo'lgan narx-navolar zanjir tarzida ko'tarilishi mum kin.
Kutilayotgan inflatsiya. Inflatsiyaning ushbu turida davlat tomo- nidan olib borilayotgan pul-kredit va budjet siyosati natijasida joriy yil uchun inflatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi.
. Inflatsiya nazariyalari
Hozirgi vaqtda inflatsiya tabiatini o ‘rganishda iqtisodchi olimlar lining monetar sabablarini, ya’ni tovar masasiga nisbatan pul massa- sining hajmini o ‘zgarishini asosi qilib ko‘rsatadilar. Inflatsiya bilan olib boriladigan faoliyatda uning darajasini o ‘lchash uchun dastak lozim bo‘ladi. Ushbu dastak bo‘lib baholar indeksi hisoblanadi. Baholar indeksi joriy umumiy iste’mol narxlarining bazis davridan narxlarga nisbatan o ‘sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni aniqlashda mamlakat fuqarolarining iste’mol savatiga kiritilgan mahsulotlar va xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar.
Ushbu formula quyidagicha hisoblanadi:
PKt
IPTS = — xl 00 % .
PKb
Bunda: IPS — iste’mol narxlarining indeksi; PKt — iste’mol savatining joriy narxi;
PKb — iste’mol savatining bazis narxi.
Inflatsiya darajasining o ‘sishini bir bahosini o‘sishi bilan aniqlash mumkin. Masalan, 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500 so‘m bo‘lgan va uning joriy davrdagi narxi 585 so‘mga teng.
Demak, kuzatilgan davr ichida 1 litr benzinning narxi 117 % ga ortgan:
1 litr benzin = S0-1TI x 100 % - 117 % .
500 so‘m
Baholar indeksidan tashqari inflatsiyani boshqarishda yalpi ichki mahsulot indeksi ko‘rstakichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot
bu m a’lum bir davr mobaynida, odatda, bir yitda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy iniqdorining puldagi ifodasidir. Yalpi ichki mahsulot baholar indeksini umumiy darajasini o ich ash uchun defla- tordan foydalaniladi. Deflator — bu pul ifodalangan iqtisodiy ko‘rsat- kichlarni o ‘tgan davrdagi baholar darajasiga nisbatan taqqoslash maqsadida qo‘llaniladigan koeffitsientdir. Deflator yordamida aniq bir muddatdagi haqiqiy ish haqi darajasini aniqlash mumkin.
Xalqaro amaliyotda inflatsiyaning mohiyatini o'rganish va uni oqilona boshqarish bo‘yicha turli nazariyalar mavjud. Ulardan biri bo'lib Angliyalik taniqli íqtisodchi olim Jon Meynard Keyns yaratgan nazariya hisoblanadi. J.M. Keyns bozor iqtisodiyoti faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvini bilvosita dastakini ishlab chiqdi. Ushbu dastak yordamida davlat tomonidan faol moliya siyosati olib borish, talabni rag'batlantirish va ommaviy ishsizlikni pasaytirishni amalga oshirishi imkoniyatiga ega bo'ladi. Keyns tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy mexanizm quyidagi asosiy nizomlardan iborat:
mamlakat aholisining ish bilan t a ’minlanganligi darajasi ishlab chiqarish hajmi bilan aniqlanadi;
umumiy talab taklifga to‘g‘ri kelmaydi, chunki m a ’lum pul mablag‘lari jarng'arishga sarflanadi;
ishlab chiqarishning hajmi oqilona talab darajasidagi tadbirkor- likka asosan aniqlanadi;
investitsiyalarva jamg‘armalar barobarligi holatidagi investitsiya hamda jamg'arma aktlari mustaqil faolivat ko‘rsatadi.
J. Keynsning asosiy fikri quyidagilardan iborat: qo‘shimcha pul emissiyasi aholining tc'lovga qobilivatlilik talabim oshiradi. Buning natijasida tovarlarva xizmatlarni ko'payishi uchun asosyuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan xaridorlarning pullarini olish m aq sadida ishlab chiqarish hajmini ko'paytiradilarva muomaladagi ortiqcha pul emissiyasi massasining mahsulotlar va xizmatlar bilan toMdiradilar. Xalqaro amaliyotda J. Keyns tom onidan iigari surilgan nazariya
«tartibga solinib turiladigan inflatsiya» nomini oigan.
0 ‘tgan asrning 60 yillarida inflatsiya nazariyasining yangi maktabiga asos solindi. Ushbu maktabga AQSHlik mashhur iqtisodchi, Nobel mukofotining laureati, «Chikago iqtisodiy maktabi»ning boshlig‘i Mil lón Fridmen asos soldi. Xalqaro amaliyotda ushbu maktab «rno-
netarizm» deb nomlanadi. Monetarizm maktabining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
«Pullar ahamiyatga egadir», ya’ni kredit — pul sohasidagi o ‘zgarishlar mamlakat iqtisodiyotining umumiy holatiga hal qiluvchi t a ’sir ko'rsatadi;
Mamlakat Markaziy banki iqtisodiyotdagi xo'jalik holatidan qat’i nazar pul massasining barqaror o‘sishini ta’minlab turishi lozim.
M. Fridmenning asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat: mamlakat ig‘tisodiyotining rivojlanish darajasi davlat budjetining holati, ishsizlik darajasi va boshqa makroekonomik ko'rsatkichlardan qat’i nazar davlatning pul siyosatidagi asosiy vazifasi o ‘rtacha 3—5 % ga oshirishi lozim. Ushbu g‘oya J. Keyns g‘oyasiga qarama-qarshidir. J. Keyns pul massasini o'sishidagi cheklovlar va talabni oldinga surgan bo‘lsa,
Fridmen esa taklif va pul massasining doimiy o ‘sishini oldinga surgan.
Monetarizm maktabi tarafdorlari inflatsiyaga qarshi quyidagi chora- tadbirlarni amalga oshirishni qo'llab-quwatlaydilar:
tadbirkorlikning to ‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘batlantirish (foydaga in- vestitsiya qilingan qismidan soliqlarni pasaytirish);
davlat xarajatlarini qisqartirish;
investitsiyaga yo‘naltirilgan jamg‘armalarning o'sishini rag‘bat- lantirish (mamlakat aholisining jamg‘armalarini tijorat banklariga va qimmatli qog'ozlarga joylashtirish).
0 ‘z niohiyatiga asosan monetaristik siyosat qat’iy siyosat bo‘lib, uni amalga oshirishda qattiqlik va turli demogogiyaga nisbatan befarq- likni talab etadi. S huni t a ’kidlash lozimki, J. Keyns va M. F r id m en yaratgan nazariyalari inflatsiya bilan oqilona kurash olib borishda mutloq to ‘liq javob bermaydi. Har ikkala nazariya o'zining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlarga ham egadir.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shundan dalolat bermoqdaki inflatsiya qaysi shakl va turda yuzaga chiqmasin, u doimo ishsizlik muammosini hal etishlikni, ularning o ‘zaro bog‘liqligini chuqur tahlil etgan avstraliyalik iqtisodchi olim A. Fillips grafiklar yordamida inflatsiya va ishsizlik haqiqatda ular o ‘rtasida teskari aloqa mavjudligini isbotlaydi. lining fikricha aniq olingan mamlakatda aholi o ‘rtasida ishsizlik darajasi past darajada boladi. 0 ‘z vaqtida uning aksi inflatsiya darajasi yuqori bo‘lgan holatda, ishsizlik darajasi past bo‘ladi. Biz buni quyidagi grafikda ko‘rishimiz mumkin. A. Fillipsning fikricha, inflatsiya darajasi yuqori darajadagi mamlakatlarda haqiqiy ish haqi
qiymati tushib boradi. Ushbu holat aholining turli toifalari narx-navo ko'tarilishi natijasida yo‘qotilgan haqiqiy ish haqini kompensatsiya qilish maqsadida ishlashga majbur bo'ladi. Buning natijasida, mamlakat aholisi o'rtasida ishsizlik darajasining pasayishi kuzatiladi (16-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |