Oshkora inflatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik doimiy ravishda narx- navoning ko‘tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo‘lsa, bunday inflatsiya oshkora inflatsiya deb ataladi.
Oshkora inflatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba’zi bozorlarda ko‘tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayih
borishi m umkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari o ‘z ta’sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar to ‘g‘risidagi m a ’lumotlarni oshkora yetkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag‘batlntirib boradi.
Yashirin inflatsiya. Inflatsiyaning ushbu turi shunday ko'rinishda bo'ladiki, bunday holatda ba’zi bir iste’mol mahsulotlariga narx- navo m a ’muriy tarzda davlat tomonidan o‘rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba’zi mahsulotlarga
narx-navoni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Yashirin inflatsiya sharoitida narx-navoning keskin o ‘sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablag‘lariga kerakli mahsulotlarni xarid qilib bo‘lmasligi holatlari paydo bo'ladi.
Iqtisodiyotda yashirin inflatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narx-navosi hamda aholini daromadlarini o ‘sishi vaqtincha to‘xtatiladi. Yashirin inflatsiyani vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan m a’muriy nazorat o ‘rnatishdir. Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va o'zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga ham da tartibga solish shakliga bevosita bog‘liq boMadi. Ushbu inflatsiyaning salbiytomoni shundan iboratki, inflatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.
Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflatsiyaning yuzaga chiqishining quyidagi to ‘rtta omillari mavjud:
qog'oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq monopoliyasi;
hozirgi zamon davlat funksiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini ortishi;
kasaba uyushmalari tom onidan budjet muassasalari ishchi- xodimlarining ish haqlarini oshirish bo‘yicha faoliyati;
iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xiz- matlar ko‘rsatish sohasida ayrim xo ‘ja!ik subyektlarining monopoliya (oligopoliya) holatining mavjudligi.
Biz yuqorida ta’kidlab o'tgan omillar nafaqat o ‘zaro bog‘liq, balki ular talab va takliflarning o ‘sishi yoki pasayishiga turlicha ta ’sir ko‘r- satadi.
Xorijiy amaliyotda inflatsiyaning yuzaga chiqishining usullariga asosan quyidagi turlarga ajratiladi: taklif inflatsiyasi, talab inflatsiyasi,
xarajatlar ¡nflatsiyasi, kredit inflatsiyasi, import bilan bog‘liq inflatsiyasi, kutilayotgan inflatsiyasi.
Taklif inflatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo'lgan narx-navoning o'sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflatsiya tunda monopol holatdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish bilan bir vaqtda ulardan to'liq foydalanmaslik natijasida xarajatlar ortadi. Buning natijasida barcha ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan kam chiqarilgan mahsulotlarning narx-navosini o'sishi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |