Tayanch so ‘zla r
Qimmatli qog'ozlar, likvidlik, foydalilik, ishonchlilik darajasi, risk, aksiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari, depozit jamg'arma sertifikatlari, g'az.na majburiyatlari, veksel, opsion, sotib olish uchun opsion, fyuchers, muddat, varrant, qimmatli qog'ozlar bozori, xalqaro va m intaqaviy qimmatli qog'ozlar bozori, inilliy va hududiy qimmatli qog'ozlar bozori, davlat va korporativ qimmatli qog'ozlar bozori, qimmatli qog'ozlar bozorining umumiy infratuzilmasi, qimmatli qog'ozlar bozorining maxsus infratuzilmasi,birja, fond birjasi, brokerlar, dilerlar,
Nazorat uchun savollar
Qimmatli qog ‘ozlarning qanday turlari mavjud?
Qimmatli qog'ozlarning qanday xususiyatlari mavjud?
Qimmatli qog'ozlar hosilalarining mohiyati nima?
Qimmatli qog'ozlar hosilalarining turlarini yoriting.
Opsionning mohiyati nimalardan iborat?
Qimmatli qog'ozlar bozorining mohiyati nima?
Qimmatli qog'ozlar bozorining vazifalari nimalardan iborat?
Fond birjasining mohiyati nima?
Fond birjasi faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Qimmatli qog'ozlar listingi nima?
VII bob. IN FLA TSIY A
7 .1 . Inflatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari
Inflatsiya XVIII asrning o ‘rtalarida muomalaga ta’minlanmagan juda ko‘p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflatsiya (lotincha «inflation» so‘zidan olingan va shishish, ko‘pchish, ko'tarilish m a’nosini anglatadi) o ‘z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizinatlarga bo'lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasida inflatsiya nisbatan m e’yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin.
Hozirgi zamon inflatsiyasi nafaqat tovarlar va xizinatlarga bo‘lgan baholarning muntazam o'sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nom utano- siblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi. Inflatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo'lib iqtisodiyot tarmoqlari, jam g'arm a va iste’mol, talab hamdi- taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo'jaliklarning pul massasi hamda unga b o ‘lgan talabi o'rtasidagi m utanosiblik va markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta ’kidlab o'tgan omillar o ‘z mohiyatiga asosan inflatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin.
Xalqaro am aliyotda iqtisodchi olim lar inflatsiyaning yuzaga chiqadigan omillarini asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga harakat qilamiz.
Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (monetär) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, budjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, kredit dastaklarining aylanishini k o ‘payishi, pul aylanma- sining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot
tarmoqlari o'rtasidagi nomutanosiblik, tarm oqlar iqtisodiy rivojla- nishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllan-
tirislidagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin;
Tashqi omillar o'z mohiyatiga asosan biron aniq davlat rivojla- nishiga ta’sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks etadi. Ushbu omillarga dunyo mamlakatlarda yiizaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xomashyo, energetika, neft, valuta inqiroz- larni kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashqari biron-bir davlat- ning boshqa davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqyosidagi
valuta siyosatini, yashirin holatda valuta, oltinning eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin.
Biz 1-chizmada inflatsiyani yuzaga chiqish shakllarini tahlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko‘rinib turibdiki, inflatsiya asosan uch yo'nalishda yuzaga chiqadi. Birinchi yo'nalishda mahsulotlar, ishlar va ko'rsatiladigan xizmatlarga bo'lgan narxlarni asossiz ravishda o'sib ketishi tufayli pul qadrsizlana boshlaydi. Bulling natijasida milliy valutaning xarid qilish qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo'nalishda, xorijiy valutalarga nisbatan milliy valutaning kursi pasayib ketadi. Burling natijasida xo'jalik yurituvchi subyektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valutalari (AQSH dollari, yevro, shvetsariya franki va boshqalarni) jamg'ara boshlaydi. Uchinchi yo'nalishda oltinga bo'lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko'tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi o'rtasida oltinning to'planib qolishi, ya’ni tezavratsiya amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |