‘zbek ist n respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet83/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan fyuchers — qimmatli qog‘oz (shartnoma) bo‘lib, muayyan qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarni yoki tovarlarni shartno- malarda belgilab qo‘yilgan narxda belgilangan kelgusi sanada xarid qilish yoki sotishdan iborat majburiyatni so‘zsiz tasdiqlaydi.

Fyuchers shartnomasi bo'yicha bazis aktivining emitentning awal muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari va avvaJ muoinalaga chiqarilgan uchinchi shaxsning qiinmatli qog'ozlari tashkil etishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka asosan fyuchersning bazis aktivi bo‘lib emitentning o ‘zlik birlamchi muomalaga chiqarilgan qimmatli qog'ozlari tashkil etishiga yo‘l qo'yilmaydi.

Fyuchers shartnomasining asosiy xususiyati shundaki, unda baho- ning aniqligi va shartnoma bajarilishining majburiyligidir. Fyuchersga asosan bazis aktividagi qimmatli qog'ozlar darhol qo'ldan-qo'lga berii- maydi, balki qat’iy belgilangan muddatda yetkazilishi zarur. Fyuchers shartnomasi yordamida fond qimmatliklarini kelajakda olish yoki yetkazib berish majburiyati qonun asosida rasmiylashtiriladi. Fyucher­ sning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, shartnom a imzola- nayotgan vaqtda shartnomadagi bazis aktivdagi qimmatli qog‘ozlar uning sotuvchisida umuman boMmasligi ham mumkin.

Fyuchersning opsion bilan o'xshashlik tomoni shundaki, ikkala shartnoma asosida kelajakda fond qiymatlarini xarid etish yoki sotish imkoniyati mavjud. Fyuchersning opsiondan farqi quyidagilardan iborat:

  1. Fyuchers oldi-sotdi bitimi emas, balki u fond qiymatlarini yetkazib berish to'g'risidagi qat’iy majburiyatdir;

  2. Fyuchers shartnomadagi muddat kelganda hisob-kitoblarni qat’iy tartibda amalga oshirish to'grisidagi majburiyatdir;

  3. Fyuchers bo'yicha xavf xatar risk yuqori darajadadir, chunki opsiondan farqli ravishda fyuchers egasi salbiy vaziyatda nafaqat m ukofot sum m asini, balki undan k o 'p ro q sum m ani y o 'q o t ish i mumkin.

Fyuchers shartnomasidagi shartlar birja auksionidagi qimmatli qog'ozlarga talab va taklifrii chuqur o'rgangan holda tuziladi. Fyuchers bitimidagi hisob-kitoblar esa fond birjasidagi hisob-kliring palatasi orqali amalga oshiriladi. Buning uchun hisob-kliring palatasida fyuchers shartnomasi ishtirokchilarining (sotuvchi va oluvchi) maxsus hisob raqamlari ochiladi.

Fyuchers shartnomasi shartlarini amalga oshirish mexanizmi ko'rib chiqiladi. Fyuchers shartnomasida bazis aktivdagi aksiyaiar kursining pasayishi hisobiga manfaat yuzaga keladi. Odatda, fyuchers shartnom a­ sida qimmatli qog'ozlar ta ’m inlamnagan holda sotiladi, y a ’ni bu qimmatli qog'ozlar sotuvchining mulki bo'lmasligi ham m um kin. Fyuchers shartnomasiga asosan sotuvchi brokerdan m a’lum miqdordagi aksiyalarni sotib oladi.

Lekin sotib olingan paket aksiyasining faqat 60 foizinigina toMaydi, qolgan 40 foizini esa brokerdan joriy narxda qarzga oladi. Investor sotib olingan paket aksiyani to'liq sotadi. Fyuchers shartnomasiga asosan investor brokerga belgilangan muddatda kelishilgan qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berishi lozim. Ushbu holatda investor bazis aktivdagi aksiyaning narxini tushishidan manfaatdor, chunki muddat kelganda u qarzga olingan aksiyalarni arzon narxda oladi va brokerga sharnomada eski yuqori narxda yetkazib beradi. Natijada investor qo‘shimcha daromad olishi mumkin.

Lekin olingan aksiyalarning narxi oshib ketsa, investor aksiyalarni yuqori narxda xarid yetib, uni brokerga shartnomadagi eski narxda yetkazib berishga majbur. Natijada investor katta zarar ko'rishi mum- kin. Shuning uchun fyuchers shartnomasini tuzuvchi shaxslar fond bozorini, uning hozirgi va kelajakdagi holatini hamda narx-navo qanday boMishini chuqur o'rganishi va uning bilishi lozim bo'ladi.

    1. Varrant (warrant) qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini o'ziga xos turi bo‘lib hisoblanadi. Varrant — belgilangan muddat davomida (yoki aniq belgilangan sanada), avvaldan kelishilgan narxlarda oddiy aksiyalarni sotib olish huquqini beruvchi hujjatdir. Varrantning imzo- lanishi va amalga oshirilishi uni bazis aktivini tashkil etuvchi qimmatli

qog'ozning muomalaga chiqarilishi bilan uzviy bog'liq. Shuni ham t a ’kidlash lozimki, varrant aktivini tashkil etuvchi qimmatli qog'ozni bir martalik emissiyasi natijasida varrant ham bir martalik hisoblanadi.

Amaldagi qonunchilikka asosan varrant shartnomasini tuzishda quyidagilar taqiqlanadi:

  • avval muomalaga chiqarilgan, uning shaxs mulkida bo‘lgan va emitentning o ‘zi sotib oigan qimmatli qog'ozlar bazis aktivi hisoblan- maydi;

  • bazis aktividagi qimmatli qog'oz nominalidan varrant nominali past bo‘lmasligi shart (obligatsiya bundan mustasno).

Varrant emitentlari uning birinchi egalari uchun qimmatli qog‘oz- larini xarid etishlarida bir xil narx sharoitlarini ta ’minlashi lozim, bu esa varrantning birinchi egalariga bir xil narxda qimmatli qog'ozlarni sotib olish huquqini beradi. Varrantning egalari uchun qimmatli qog'oz- larni joylashtirish narxi boshqa investorlar, ya’ni varrantning ishtirok- chilari bo'lmaganlardan farq qilishi mumkin.

Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, fond bozorida opsion, fyuchers va varrant bitimlarining amalga oshirilishi ushbu bozor ishti- rokchilariga q o 'sh im c h a darom ad topish imkoniyatini yaratadi.

0 ‘zbekiston fond bozorining yosh b o ‘lishiga qaramay unda opsionlar va fyucherslar bo‘yicha bitimlarni amalga oshirish qonunan ko‘zda tutilgan hamda bunday bitimlar amalga oshirilib turibdi. Ushbu omil mamlakatimiz milliy fond bozori rivojlangan xorijiy davlatlarning fond bozorlari darajasiga yetish uchun intilishdan dalolat beradi.



    1. Download 26,01 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish