Reja:
1.Hosila qimmatli qog'ozlar tushunchasi.
2.Opsionlar.
3.Varrantlar.
4.Fyucherslar.
Hosila qimmatli qog'ozlar tushunchasi. Hosila qimmatli qog'ozlar (Hqq) - bu shartnomalar bo'lib, ular bo'yicha bir tomon qimmatli qog'ozlarning ma'lum bir miqdorini ma'lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Ko'pincha bazis aktivi (ya'ni shartnoma asosida yotuvchi qimmatli qog'oz) sifatida aktsiyalar va obligasiyalar ishtirok etadi.
O'zbekistonda Hosila qimmatli qog'ozlarni chiqarish va ular muomalada bo'lishining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Hosila qimmatli qog'ozlarni chiqarish va ularning muomalada bo'lishi haqidagi Nizomga muvofiq respublika hududida faqat ularning negizida aktsiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog'ozlari yotadigan Hosila qimmatli qog'ozlar chiqarilishi mumkin. Mazkur Hosila qimmatli qog'ozlarning emissiya prospekti davlat ro'yxatidan o'tishi va belgilangan tartibda ro'yxatga olish raqamiga ega bo'lishi lozim. Hosila qimmatli qog'ozlarning emitentibu HQQni chiqaruvchi va ushbu qimmatli qotozlar egalarining oldida ular bo'yicha o'z nomidan majburiyatga ega bo'lgan yuridik shaxsdir. Hosila qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qaror uni chiqarish vakolatiga ega bo'lgan emitentning boshqaruv idorasi tomonidan qabul qilinadi. Mazkur idoraning o'zi HQQning emissiya prospektini tasdiklaydi. Agar Hosila qimmatli qog'ozlar bazis aktivining qiymati 1 mln. so'mga teng yoki undan ortiq bo'lsa, emissiya prospektini davlat ro'yxatidan o'tkazish qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi. qolgan holatlarda HQQ ushbu markazning hududiy mintaqalardagi bo'limlarida davlat ro'yxatiga olinadi.
Hosila qimmatli qog'ozlar naqd hamda naqdsiz shakllarda chiqarilishi mumkin. Naqdsiz shaklda chiqarilgan hollarda ular global sertifikat HQQning naqdsiz shaklidagi butun nashrini (yoki bir qismini) tasdiqlovchi va depozitariyda saqlanadigan, shuningdek, bir martalik sertifikat uchun talab etiladigan barcha rekvizitlar, HQQ nashri emissiyasi va muomalasining umumiy shartlari ro'yxatini o'z ichiga olgan hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Hosila qimmatli qog'ozlar sinflarga va seriyalarga bo'linishi mumkin.
Sinf - bu uning negizida bitta bazis aktivi yotadigan bir turdagi Hosila qimmatli qog'ozidir.
Seriya - bu ijro bahosi va amal qilish muddati bir xil bo'lgan bir sinfning Hosila qimmatli qog'ozlaridir.
Hosila qimmatli qog'oz bazis aktivining sertifikasiyasi qimmatli qog'ozning turi, xili, toifasi, uning nominal qiymati, bir donasining narxi, miqdori, emitenti, umumiy qiymati haqidagi axborotni va boshqa ayrim ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak. Hosila qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi muddatini kechiktirishga; bitim rasmiylashtirilayotgan vaqtda sotuvchining mulki bo'lmagan Hosila qimmatli qog'ozlarning sotilishiga, shuningdek, HQQning amal qilish muddati tugayotgan kunda ularning sotilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Hosila qimmatli qog'ozlar opsionlar, fyucherslar va varrantlar ko'rinishida chiqarilishi mumkin.