Yuztacha tuyani orqasidan ergashtirib kelayotgan ulkan serka nortuz marohga kirib cho’kdi. Qolgan tuyalar ham uning atrofiga cho’kishdi. Shunda otliq xizmatkorlaridan biriga: - Yuztacha tuyani orqasidan ergashtirib kelayotgan ulkan serka nortuz marohga kirib cho’kdi. Qolgan tuyalar ham uning atrofiga cho’kishdi. Shunda otliq xizmatkorlaridan biriga:
- - Anavini sog’ib, sutini shayxga olib kir, — deb semiz tuyaga ishora qildi.
- Хizmatkor chodirga bir kosa to’la sut sog’ib kirdi. Idishni shayxning oldiga qo’yib, o’zi tashqariga chiqib ketdi. Mo’ysafid sutdan nomigagina bir-ikki ho’plam yutgan bo’ldi-da, kosani nariroqqa surib qo’ydi. Musofir aytadi:
- - Men sharpa chiqarmasdan emaklab bordim. Kosani qo’limga olib, bir ko’tarishda bo’shatdim va yana qaytib joyimga yashirinib oldim. Choldan xabar olishga kirgan xizmatkor kosani bo’sh holda ko’rib, otliqqa borib:
- - Ey xojam, u kishi sutni oxirigacha ichibdilar, - deb suyunchiladi.
- Chavandoz xursand bo’lib ketdi. Yana bir tuyani sog’ib kirishlikka buyurdi. Хizmatkor xo’jayining aytganini quloq qoqmay bajardi. Chol bu safar ham kosaga shupchaki labini tegizib qo’ydi. Men bundan o’zimda yo’q xursand, sutni ho’pladim, ammo otliqning ko’nglida shubha tug’dirib qo’ymay deb oxirigacha ichmadim.
- Chavandoz ikkinchi xizmatkoriga qo’y so’yishni buyurdi. Yangi so’yilgan qo’y go’shtidan taom hozirlandi. Otliq o’z qo’li bilan qariyani to’yguncha ovqatlantirdi. So’ng o’zi va xizmatkorlari taomlanishdi.
- Biroz o’tgach, hammalari to’shakka cho’zilib, pinakka ketishdi. Atrofni xurrak tovushi tutdi. Shunda men tashqariga chiqib, to’g’ri marohga bordim. Serka tuyaning arqonini yechib, minib oldim-da, yo’lga soldim. Butun uyur o’rnidan qo’zg’oldi. Тun bo’yi to’xtamasdan yurdim. Тong otgach, atrofni diqqat bilan kuzatdim. Hech kim quvib kelmayotganiga ishonch hosil qilgach, sayrda davoim etdim.
Quyosh ancha tepaga ko’tarilgan choshgoh mahalida orqa tarafda bir qora nuqta ko’zga chalindi. Nuqta tobora yaqinlashib keldi. Oldiniga u otliq ekani, keyin o’sha otliq tuyalarini qidirib kelayotgan kechagi chavandoz ekanligi ma’lum bo’ldi. Men darhol serkani bog’ladim. Sadoqdam o’q chiqarib, kamonga joyladim. O’zim tuyaning oldiga o’tib, jangovar holatni qabul qildim. Chavandoz nariroqda to’xtadi va baland ovoz bilan: - Quyosh ancha tepaga ko’tarilgan choshgoh mahalida orqa tarafda bir qora nuqta ko’zga chalindi. Nuqta tobora yaqinlashib keldi. Oldiniga u otliq ekani, keyin o’sha otliq tuyalarini qidirib kelayotgan kechagi chavandoz ekanligi ma’lum bo’ldi. Men darhol serkani bog’ladim. Sadoqdam o’q chiqarib, kamonga joyladim. O’zim tuyaning oldiga o’tib, jangovar holatni qabul qildim. Chavandoz nariroqda to’xtadi va baland ovoz bilan:
- - Тuyalarni qaytarib ber, — dedi.
- - Yo’q, — dedim men, — Hiyrada och-nahor go’daklarim qolgan. Men ularga yo yegulik olib borishga, yo shu ko’yda o’lib ketishga ahd qilganman.
- - Unda o’zingni o’ldim deb hisoblayver... Tuyalarni qaytar, sho’ring qurg’ur.
- - Yo’q, aslo...
- - Sen juda osmonda yuribsan-ku!
Do'stlaringiz bilan baham: |