Zayd qaddini rostlab, baralla ovoz bilan: - Zayd qaddini rostlab, baralla ovoz bilan:
- - Ey Muhammad, guvohlik beramanki, Allohdan o’zga iloh yo’q va siz U zotning elchisisiz! — dedi.
- Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so’radilar:
- - Sen kimsan?
- - Muhalhilning o’g’li Zaydul Хoylman.
- - Sen Zaydul Хoyl emas, balki Zaydul Хoyrdursan. Seni sahroyu tog’lardan oshirib bu yerga keltirgan, qalbingni islomga moyil qilgan Allohga hamdlar bo’lsin!
- Shu voqeadan keyin u Zaydul Хoyr deb atala boshladi. So’ng ular Umar ibn Хattob va bir guruh sahobalar hamrohligida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning manziliga bordilar.
- Payg’ambar alamhissalom Zaydga mulozamat ko’rsatib, suyanishi uchun bolish taklif qildilar, ammo mehmon Allohning elchisi huzurida yonboshlashni o’ziga ep ko’rmay, yostiqni rad etdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana taklif qildilar, hatto bu holat uch marta takrorlandi.
Suhbat asnosida Sarvari Olam Zaydul Хoyrga: - Suhbat asnosida Sarvari Olam Zaydul Хoyrga:
- - Men ilgari vasfini eshitib yurgan odamlarning o’zlarini ko’rganimda, ular haqda aytilgan maqtovlar oshirib yuborilganining guvohi bo’lardim. Ammo sening xususingda bunday bo’lmaydi. Bilasanmi, ey Zayd, senda Alloh va Rasuli yahshi ko’radigan ikkita xislat bor, - dedilar,
- - Qanday xislatlar ekan? — qiziqib so’radi Zayd.
- - Vazminlik va halimlik.
- - Menda Alloh va Rasuli yoqtiraligan xislatlarni bor etgan Allohga hamdlar bo’lsin, — dedi quvonch bilan Zayd. So’ng yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yuzlandi:
- - Yo Rasululloh, menga uch yuz otliq askar bering, Men Rum shaharlariga yurish qilib, ularni itoatingizga keltirishga kafilman.
- Payg’ambar janoblari Zaydning himmatiga qoyil qoganlarini izhor qildilar:
- - Sen ajoyib insonsan, ey Zayd... Ajoyib insonsan!
Zaydning qavmdosh hamrohlari ham islomga kirishdi. Qaytish fursati kelib, yangi musulmonlar yurtlari Najdga jo’nab ketarkanlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan vidolashdilar va yana bir bor Zaydga: - Zaydning qavmdosh hamrohlari ham islomga kirishdi. Qaytish fursati kelib, yangi musulmonlar yurtlari Najdga jo’nab ketarkanlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan vidolashdilar va yana bir bor Zaydga:
- — Qandoq ajoyib odamsan-a! — deb qo’ydilar.
- Eh, agarda Zayd Madina vabosidan omon qolganida edi; qancha shon-shuhratga burkangan bo’lardi?!
- O’sha paytda Madinani bezgak vabosi chulg’agan edi. Zaydul Хoyr ham shahardan chiqib ulgurmasidan bezgakka chalindi. Yo’lda hamrohlariga:
- - Qays qabilasi diyorini aylanib o’tamiz. Johiliyat ahmoqligi sabab ular bilan qonli janglar qilganman. Endi musulmon bo’lganimdan keyin to Allohga yo’liqquncha nohaq birovning qonini to’kmaslikki ahd etdim, — dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |