Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Viruslarning ochilishi va uning ahamiyati



Download 19,33 Mb.
bet54/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Viruslarning ochilishi va uning ahamiyati.
Filьtrlanuvchi virus, dastlab, 1892 yilda rus olimi Dmitriy Iosifovich Ivanovskiy tomonidan ochilgan edi.
D.I.Ivanovskiy 1887 yili qishloq xo’jaligida katta zarar keltirayotgan tamakidagi mozaika (chiporlanish) kasalligini o’rganishga kirishdi va bu kasallikning o’ziga xos belgilarini: mozaika doimo o’simlikning yosh barglaridan boshlanishi, so’ng o’simlik tanasiga tarqalishi, kasallangan barg rangining sekin-asta o’zgarib borishini aniqladi. Olib borilgan tajribalarda, kasallangan barglarda ajratib olingan hujayra shirasi bakteriyalarni tutib qoluvchi chinni filtrdan o’tkazilib, filtrat (filtrdan o’tgan suyuqlik) bilan sog’lom o’simlik kasallantirilganda chiporlanish alomatlari sodir bo’ldi. SHuningdek, chiporlanish kasalligiga uchragan o’simlikdan ajratib olingan va bakteriyalardan tozalangan hujayra shirasi bilan ikkinchi sog’lom o’simlik, bu o’simlik ham kasallangandan so’ng, undan ajratib olingan shira bilan uchinchi o’simlik va hokazolar zararlantirilganda ham hujayra shirasining kasallantirish xususiyati saqlangan. Bu holat o’simlikda kasallik tug’diruvchi «virus»ning ko’payishidan dalolat berdi. Keyinchalik D.I.Ivanovskiy kasallangan tamaki bargining ko’ndalang kesmalarini mikroskop ostida o’rganib, hujayra ichida «virus zarralari to’plami» mavjud ekanligi ni aniqlaydi. Hozirgi paytda bu to’plam uning sharafiga «Ivanovskiy kristallari» deb ataladi.
Angliyalik mikrobiolog F.V.Tvort 1915 yili mikroblarning ham kasallanishini aniqladi. Kasallik qo’zg’atuvchi bu agent bakteriyalarni tutib qoluvchi filtrdan osonlik bilan o’tadi. Mikroorganizmdan xoli, deb o’ylagan bu suyuqlik, qaytadan mikroorganizmlarga qo’shilsa, mikro-organizmlar o’lar ekan. Tvort filtrlangan bu suyuqlik mikroblardan ham mayda va mikroblarni o’ldiruvchi qandaydir tirik organizm bor deb, taxmin qildi va bakteriofaglarning ochilish davrini boshlab berdi. Xuddi shu davrda, kanadalik bakteriolog F.D.Errel dizenteriya mikroblarida kasallanish alomatlari borligini aniqladi. U dizenteriya bilan kasallangan kishi axlatini bakteriyalarni tutib qoluvchi filtrdan o’tkazib, dizenteriya bakteriyalariga qo’shilsa, dizenteriya bakteriyalarining nobud bo’lishini aniqladi va bakteriyalarni o’ldiruvchi bakteriofaglarning kashf etilishi ga katta hissa qo’shdi («fagos» grekcha bo’lib, «yutuvchi» degan ma’noni anglatadi).
Bakteriologiya usullarini keng ko’lamda qo’llanishi hozirgi zamon meditsi-nasi tarmoqlarining tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Ammo bu usul chechak, quturish kabi kasalliklar mohiyatini aniqlashga ojizlik qiladi. Ko’p o’tmay Ivanovskiy yuqorida aytilgan kasallik qo’zg’atuvchilarning bakteriyalarni tutib qoluvchi filtrlardan o’tishi va odatdagi bakteriyalar o’sadigan oziq muhitlarida ularning o’smasligini aniqlashda hamda yuqumli kasalliklarni o’rganish sohasida yangi bir usul kiritdiki, bu usul hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Ivanovskiy kashfiyotidan keyin «qirov» kasalligi, qoramol o’lati, sariq bezgak, paranda va qo’ylar chechagi, cho’chqalarning qutirishi va o’lati, it o’lati, chechak, traxoma, poliomelit, bakteriofaglar, qizamiq va uchuq viruslari ochildi. Hozirgi vaqtda, virusologik tadqiqotlar natijasida, viruslarning teri, miya, nerv hujayralari, o’pka, yurak, ichak, turli bezlar va organlarni zararlashi aniqlangan.
Bundan tashqari xatarli o’sma kasalligining yuzaga kelishida viruslarning hissasi hisobga olinsa, hayvon va inson organizmining hamma to’qimalari viruslar bilan kasallanishi mumkin, degan xulosaga kelinadi.
Viruslar, barcha tirik organizmlar uchun umumiy bo’lgan irsiyat mexanizmlari, oqsil va nuklein kislota sintezini o’rganishda eng qulay ob’ekt bo’lib kelmoqda. Keyingi yillarda biologiya fanida bo’ladigan katta yutuqlar virusologiyaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga sabab bo’ldi.
Virusning modda va tirik mavjudot ekanligi haqidagi masala viruslar kashf etilgandan beri, olimlar orasida qizg’in bahslarga sabab bo’lib kelmoqda. D.I.Ivanovskiy ularning tirik mavjudot, eng mayda mikroorganizm ekanligini isbotlagan bo’lsa, 1899 yili A.F.Vuds unga qarshi chiqib, tamakidagi mozaika kasalligini tamaki tarkibidagi ayrim fermentlar vujudga keltiradi, deb viruslarning tirik organizm ekanligi ni inkor etdi. Bu fikrni 1943 yili M.V.Vuds qo’llab, viruslarni normal o’simliklar mitoxondriyasidan hosil bo’luvchi oksidlovchi ferment deb atadi. Virus protoplazma yig’indisi, bu protoplazma hashorotlar vositasida o’simlikka o’tib, unda ko’payib, kasallantirish xususiyatiga ega bo’lishi mumkin, degan fikr 1942 yili J.Jonson tomonidan, viruslar modda almashinishining o’zgarishi natijasida paydo bo’lishi mumkin, degan nuqtai nazar esa mashhur biokimyogar D.Nortrop (1963) tomonidan ilgari surildi. Rossiya virusologlaridan V.L.Rijkov, virusning hujayraga kirishida to uning o’ziga o’xshash virus zarralarini hosil qilishgacha bo’lgan jarayonlarning bizga unchalik ma’lum emasligini ta’kidlab, virus hujayraga kirgandan so’ng ko’payib, oddiy mikroskop yordamida ko’rish mumkin bo’lgan tanachalar hosil qilishini ko’rsatadi.
Virusologiyaning taraqqiy etishi natijasida viruslarning ko’plab xususiyatlari ochila boshladi. Elektron mikroskop yordamida bakteriofaglarning umumiy morfologiyasi o’rganildi va ularning irsiy modda DNK (dezoksiribonuklein kislota) tutuvchi boshcha, qisqarish xususiyatiga ega oqsil qobiq bilan o’ralgan dumcha va o’rta qismida joylashgan o’zak va fibrillardan tashkil topganligi va bakteriofag o’z DNK-sini bakteriya hujayrasiga «shpris» mexanizmi vositasida kiritishi, hujayra ichida o’ziga o’xshash bakteriofaglarni hosil qilishi, DNKning reduplikatsiyasi, bakteriofag strukturasida qatnashuvchi oqsillar sintezi va virusning etilishi kabi jarayonlar aniqlandi.
Rossiya virusologiyasining ko’zga ko’ringan namoyondalaridan V.N.Jdanov viruslar organik dunyoning bir qismi bo’lishi bilan birga, boshqa tirik mavjudotlardan bir qator xususiyatlari bilan ajralib turishini ko’rsatadi. Viruslar tarkibida DNK yoki RNK (ribonuklein kislota) uchraydi, o’z kattaliklari bilan viruslarga yaqin turadigan rikkettsiyalar, xlamidazolar va mikoplazmalarda esa, ikkala tip nuklein kislota uchraydi.
Viruslar ko’payganda, ularning tarkibiy qismlari bo’lgan oqsil va nuklein kislotalari hujayraning boshqa-boshqa joylarida hosil bo’lib, vibrion tashkil topish jarayonida ular qo’shiladi. Viruslar tekinxo’r organizm hamda hujayra darajasida bo’lmasdan, balki genetik darajada amalga oshadi. Viruslar hayotning o’ziga xos formasi bo’lib, maxsus usullar yordamida o’rganiladi.
Viruslarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish uchun ularni o’ziga xos metabolizmini o’rganish va viruslar kimyo terapiyasidan foydalanish lozim. Purin, pirimidin asoslari, analoglar, oksibenzil imidizol tipidagi birikmalar, interferronni qo’llanishga intilishlar viruslar kimyo terapiyasidagi dastlabki qadamlardandir.


Nazorat savollari:

  1. Eduard Djenner ishlarining ahamiyati?

  2. Qaysi virus qachon eng katta epidemiyaga sabab bo’lgan?

  3. Qaysi o’simlik viruslari daraxtlarning butunlay kesib tashlanishiga sabab bo’lgan?

  4. Virus kasalliklari kim tomonidan kashf qilingan?




Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish