Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Viruslar va mikoplazmalarni o’simliklarda yuzaga keltiradigan kasalliklarining belgilari



Download 19,33 Mb.
bet133/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Viruslar va mikoplazmalarni o’simliklarda yuzaga keltiradigan kasalliklarining belgilari. O’simliklarda viruslar keltirib chiqaradigan kasalliklarning tashqi belgisiga qarab mozaika, o’simlik a’zolarining o’zgarishi va qo’ng’ir dog’larni hosil bo’lishi turlariga bo’linadi.
Mozaika tufayli zararlangan o’simlikning barglari, poyasi, guli va mevasida ranglar gallanib joylashadi. Mozaikada o’simlikni sog’ a’zosidagi rang bilan oq-sargish, och yashil yoki boshqa ranglar bilan gallanib joylashadi.
Misol tariqasida bodringning mozaika kasalligini olish mumkin. Zararlangan o’simliklarning barglari sog’ga nisbatan mayda bo’lib, unda to’q yashil, och yashil
va sariq yashil qismlar yaqqol ajralib turadi. Barg u yoki bu darajada tirishgan bo’ladi. Kasallikning bunday belgilari o’simlikning yuqorigi barglarida yaqqol ko’rinadi. Mevalarda ham shunday mozaikani kuzatish mumkin. Zararlangan mevalarning sirti notekis bo’lib, to’q yashil qismi bo’rtib chiqqan bo’lib, ko’pincha mevalar ko’rimsiz bo’lib qoladi.
O’simlik a’zolarining o’zgarishi (deformatsiya). Viruslar ta’sirida o’simlik a’zolarini o’zgarishi barglarni ipsimon, paporotniksimon, maydalangan yoki kattalashib ketishi tariqasida namoyon bo’lishi mumkin. Barg, gul va mevalarning shaklini o’zgarishi zararlangan to’qimalarning ayrim qismini noto’g’ri rivojlanishi tufayli yuzaga keladi. Bu esa barglarda tirishish yoki boshqa o’zgarishlarni, mevalarda esa shaklini o’zgarishiga olib keladi.
Buning uchun pomidor barglarini paparotniksimon yoki ipsimon bo’lib qolish
kasalligini olishimiz mumkin. Birinchi holatda zararlangan o’simlikning barglarining plastinkalari kundalangiga qirqilgan bo’lib, ko’rinishi paporotnik bargiga o’xshaydi. Bargni ipsimon tusga kirishi yaqqol ko’rinadi. Bunda barg plastinkasi ensiz bo’lib, uning uchun mo’ylov singari ingichkalashib cho’zilgan bo’ladi. Ayrim holda barg plastinkasi ensizlanib ipsimon tusga, hatto butunlay yemirilib ketishi mumkin.
Qo’ng’ir dog’larni hosil bo’lishi yoki to’qimalarni nobud bo’lishi. Barglarda yakka va halkasimon dog’lar, poya, meva va barg bandida esa qo’ngir uzunasiga ketgan chiziqlar tariqasida namoyon bo’ladi.
Kasallikning bu turi bilan tanishish uchun pamidor poyasi va barg bandida uzunasiga ketgan qo’ng’ir, ayrim holda yaltiroq dog’lar kuzatiladi. Barg plastinkasida burchakli yoki ma’lum bir shaklsiz qoramtir dog’lar hosil bo’ladi. Zararlangan mevalarda yoriqlar yoki qo’ng’ir dog’lar yuzaga keladi. Mikoplazmalar o’simliklarga qo’zg’atadigan kasalliklarni tashqi ko’rinishi quyidagi turlarga bo’linadi: sarg’ayish, pastbuylilik, supurgilarni hosil bo’lishi va o’simlikning generativ a’zolarini o’zgarishi.
Mikoplazma keltirib chiqaradigan kasalliklarning sarg’ayish turi o’simlikning butunlay yoki ayrim shoxlarini sariq tusga kirishi kuzatiladi, bunda zararlangan a’zolarning floemasiga o’zgarish sodir bo’lmay, balki o’suv jarayoni buzilganligi kuzatiladi. Kasallikning sarg’ayish turiga shaftoli va astrani sarg’ayishini, sholini past bo’yli sarg’ayish kasalliklarini hamda boshqa bir qator misollarni keltirishimiz mumkin.
Mikoplazma keltirib chiqaradigan pastbuylilik va supurgilarni hosil qilish kasallik turlari ham keng tarqalgandir.
Pastbuylilik kasallik turini ko’proq g’alla donli ekinlarda kuzatiladi. Kasallikni bu turi bilan tanishish uchun sulini pastbuylilik kasalligini olish mumkin. Bunda zararlangan sulining buyi past bo’lib, uning poyasi rivojlanmay, butun barglari ildiz atrofiga to’plangan bo’ladi, poyalar soni ham bir qanchaga yetadi. Bunday o’simlikning ildizi rivojlanmay, bir tutam bo’lib qoladi.
Supurgilarni hosil bo’lishida zararlangan o’simlikning shoxlarini o’suv nuqtasidan bir novdaning o’rniga bir qancha novdalar rivojlanishi tufayli ular mayda bo’ladi, buni chetdan qaraganda supurgilarga o’xshatiladi.
Mikoplazma keltiradigan kasallikni bu turiga misol qilib tolni supurgi hosil qilish kasalligini olishimiz mumkin.
Mikoplazmalar keltirib chiqaradigan o’simlikning generativ a’zolarining o’zgarishi turida zararlangan gullarni rangi yashil tusga kiradi va gul kosa barglar ko’pincha rivojlanib ketadi. Kasallikning bu turiga misol qilib pomidorning, bolgar qalampirining, baqlajonning stolbur kasalliklarini va boshqa kasalliklarni olish mumkin. Laboratoriya mashg’uloti davrida viruslar va mikoplazmalarga hos bo’lgan kasallik turlarini o’zaro taqqoslab ko’rib chiqish kerak hamda rasmlarini chizish zarur.

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish