Suyuqliklar yordamida absorbsiyalash.
Suyuqliklar yordamida absorsiyalash zararli birikmalarning turli erituvchilarda tanlab erish xossasiga asoslangan bolib, hozirda u eng keng tarqalgan hamda eng ishonchli usuldir.
Bu usul sanoat miqyosida chiqindi gazlardan uglerod oksidlari, azot oksidlari, xlor, oltingugurt (II) oksid, vodorod sulfid va boshqa oltingugurtli birikmalar, kislota bug’lari, sianli birikmalar va turli zaharli birikmalar (fenol, formaldegid, ftor angidrid)ni tutib qolish uchun keng qo’llanilmoqda.
Adsorbsion tozalash usuli uzluksiz siklik jarayondan iboratdir, chunki bu uslda qo’llanilayotgan suyuyqliklar ma’lum vaqtdan so’ng regeneratsiya qilinib yana qaytadan tozalash uchun qo’llaniladi.
Sanoatda absorbsion reaktorlar sifatida to’ldiruvchilar bilan to’ldirilgan minoralar, tarelkali yoki polkali reaktorlar ko’proq qo’llaniladi. Bu usulning o’ziga xos xususiyati uning uzluksizligi nisbatan kam xarajat sarflanib, ko’p zararli birikmalarni ushlab qolishi hamda tozalovchi suyuqliklarning oson regeneratsiya qilinishidir. Uning kamchiligi esa, qo’llaniladigan jihozlarning ko’pligi va qo’polligi, texnologik jarayonlarning murakkabligi va ko’p bosqichligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |