Gazlarni katalitik tozalash.
Gazlarni katalitik tozalash katalitik reaksiyalarga asoslangan bo’lib, bunda gaz tarkibidagi barcha zararli birikmalar boshqa zararsiz birikmalarga almashtirib olinadi. Bu maqsadlarga asoslangan qattiq holatdagi geterogen katalizatorlar ishlatilib, tozalsh yuqori darajada bajariladi.
Katalitik tozalash usulining o’ziga xos kamchiligi shundan iboratki, tozalash vaqtida hosil bo’ladigan yangi birikmalarni ajratib olish uchun qo’shimcha tozalagich bosqichlar zarur, bu esa usulning iqtisodiy samaradorligini ma’lum darajada pasaytiradi. Umuman yuqorida ko’rib chiqilgan usullarning hammasi juda katta mablag’ talab etadi. Tozalash darajasi qancha yuqori bo’lsa, usullarda qo’llaniladigan jihozlar ham shunchalik ko’p va murakkab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |