1-Мавзу: Фармацевтик кимё фани, асосий термин ва тушунчалари, меъёрий ҳужжатлар. Дори моддаларни тасвирланиши ва эрувчанлигини аниқлаш. Дори моддаларини умумий ва хусусий сифат реакциялари.
Топшириқлар ва масалалар
1. ЎзР ДФ бўйича “Эрувчанлик” термини деганда нимани тушунасиз?
2. ЎзРДФ да келтирилганн шартли терминларнинг номларини ва эритувчи – модда нисбатини тушунтириб беринг.
3. “Мўтадил эрийди” деганда нимани тушунасиз?
4. ЎзР ДФ да ва бошқа фармакопеяларда келтирилганн “Эрувчанлик” бўйича талабларнинг ўхшашлиги ва фарқини тушунтиринг.
Хулоса:
1. Dori moddalarning eruvchanligi deganda ularning Davlat farmakopeyasi talabiga ko‘ra turli erituvchilarda erish hossasi tushuniladi.
Qaysi erituvchida moddaning qay tarzda erishi me’yoriy hujjatda keltiriladi. Odatda moddaning eruvchanligi ma’lum darajada uning tozaligini ham belgilaydi. Lekin eruvchanlik moddaning tozaligi ko‘rsatkichi hisoblansa, farmakopeya maqolasida bu haqda mahsus ko‘rsatiladi.
2. Dori vositalarini standartlashdagi me‟yoriy hujjatlar
Me‘yoriy hujjatlar dori vositalarini tayyorlash sifatini nazorat qilish, ishlatilishi va saqlanishining shart-sharoitlari belgilangan va qonun makomiga ega bo’lgan hujjatlar bo’lib, ular dori vositasining sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish maqsadida, ilm-fan yutuklari, ishlab chiqarish korxonalarining ilgor texnologiyalarini e‘tiborga olgan xolda vakti-vakti bilan kayta ko’rilib, eskirgan sifat ko’rsatgichlari va tahlil usullari yangilab boriladi.
Dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlashdagi me‘yoriy hujjatlarning quyidagi turlari mavjud:
• Vaktinchalik farmakopeya maqolasi – VFM (VFS).
• Farmakopeya maqolasi – FM (FS).
• Davlat farmakopeyasi – DF (GF).
• Umumiy farmakopeya maqolasi – UFM (OFS).
• Tarmoq standarti – TSt (OSt)
• Korxona standarti – KSt (StP)
• Rahbarli me‘yoriy hujjat (yulnoma, uslubiy ko’rsatma).
Farmakopeya – dori vositalarining sifatli tayyorlanishini, sifat va miqdoriy nazoratni belgilovchi, nomlanishi va saqlash sharoiti ko’rsatilgan davlat standartlari yigindisidir. Davlat farmakopeyasi farmakopeya maqolalari, umumiy fizikaviy – kimyoviy, kimyoviy va biologik tahlil usullari, qo’llaniladigan reaktivlar, titrlangan eritmalar, indiqatorlar va dori vositalariga bo’lgan umumiy talablar va me‘yoriy hujjatlar haqidagi ma‘lumotlar tuplami bo’lib, qonuniy makomga ega bo’lgan hujjatdir.
3. Dori moddalarining eruvchanligi
1 g moddaning erishi
bo’lgan erituvchining hajmi (ml
hisobida)
Juda oson eriydi
Oson eriydi
Eriydi
Mo'tadil eriydi
Kam eriydi
Juda kam eriydi
Amalda erimaydi
1 ml gacha
1 ml dan 10 ml gacha
10 ml dan 30 ml gacha
30 ml dan 100 ml gacha
100 ml dan 1000 ml gacha
1000 ml dan 10000 ml gacha
4. Eruvchanligi» bo’limida dori moddasining suv, 95%li spirt, xloroform va efirdagi nisbiy eruvchanligi ko’rsatilib, lozim bo’lgan taqdirda boshqa erituvchilar ham ko’rsatilishi mumkin. Eruvchanlikni baxolashda Davlat farmakopeyasida keltirilgan eruvchanlik atamalaridan foydalaniladi.
Tasvirlanishi» bo’limida dori vositasining tashqi ko’rinishi (fizik xolati, rangi, xidi), saqlash jarayonida havo va yorug’lik nuri ta‘sirida o’zgarishi mumkinligi, gigroskopikligi haqida ma‘lumot beriladi. Zaharli va kuchli ta‘sir etuvchi dori vositalari uchun xidini aniqlash tavsiya etilmaydi. Hozirgi vaktda dori moddalarning (rangsizlik) oqlik darajasi va yaltiroqlilik darajasini aniqlashda qaytar spektrofotometrik usuldan ham foydalanilyapti.
«CHinligini aniqlash» bo’limida, dori moddasi uchun xos bo’lgan 2-3ta kimyoviy sifat reaksiyasi, shuningdek ultrabinafsha va infraqizil yutilish spektrlari va boshqa ma‘lumotlar keltiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |