1
KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIK BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING
ZARURIY TARKIBIY QISMI SIFATIDA
A.Yu.Ahmedov
FarDU Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
O.A.Egamberdiyev
FarDU pedagogika-psixologiya fakulteti 3-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bo‘lajak psixologlarda kommunikativ kompetentlikni
shakllantirish masalalari aloxida yoritilgan. Pedagoglar tayyorlash ta’lim
jarayonining asosiy vazifasi bo‘lib, bo‘lajak psixologlarni kasbiy-pedagogik
tayyorgarligining ajralmas qismi bo‘lgan kommunikativ kompetentlilikni shakllantirish
va rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Kommunikativ kompetentlik, kommunikatsiya, kompetentlilik,
muloqot, kommunikativ kompetensiya, kommunikativ qobiliyatlar.
Abstract:
This article discusses the issues of formation of communicative competence
in future psychologists. The training of teachers is the main task of the educational process,
covering current issues aimed at the formation and development of communicative
competence, which is an integral part of the professional and pedagogical training of future
psychologists.
Keywords:
Communicative
competence,
communication,
competence,
communication, communicative competence, communicative skills.
Kommunikativ kompetensiyaning zamonaviy jamiyatda, kundalik hayotda,
kasbiy faoliyatda o„rni juda muhim. Uning sharofati bilan olingan ma‟lumotlarni
muntazam to„plash, tahlil qilish va tartibga solish amalga oshirilmoqda. Bu
ma‟lumotlarni sifatli uzatish uchun muloqotning verbal va noverbal usullaridan
foydalaniladi.Biroq samarali kommunikatsiya, har holda kishilarning shaxslararo
muloqotda bir-birlarini tushunishga qodirligini nazarda tutishi kerak. SHu bilan
birga insonning nafaqat shaxs, shuningdek, faoliyatning sub‟ekti sifatida to„laqonli
shakllanishi uchun kommunikatsiyaning ahamiyati haqida, tadqiqotchi L.P.Grimak
shunday yozadi: “insonning inson bo„lishining yana bir sababi shundaki, u o„ziga
o„xshaganlar bilan faol muloqotda bo„lgan..., tug„ilishining ilk kunlaridan boshlab
insonlar bilan doimiy muloqotda bo„lish – shaxsning to„laqonli rivojlanishida
amalga oshirilishi kerak bo„lgan shart..., muloqot somatik va ruhiy muvozanatni
2
saqlashga yordam beradi, uchraydigan to„qnashuv va nizolarni yumshatadi, stress
holatidan chiqaradi, ijtimoiy hayotdagi o„rnini, nufuzini oshiradi”.
1
“Kommunikatsiya” va “muloqot” tushunchalarini ajratish shu darajada
qiyinki, tadqiqotchi V.M.Kurbatov bu haqda mulohaza yuritib, o„zining quyidagi
ikki ta‟rifini taklif qiladi: “Kommunikatsiya – muloqot akti, ikki va undan ortiq
individlar aloqasi, bitta inson tomonidan boshqasiga ma‟lumotni etkazish. Torroq
ma‟noda–yuboruvchidan oluvchiga (kommunikatordan retsipientga) ma‟lumot
uzatish jarayoni”, sanaladi..
2
“Muloqot” esa – insonlar orasidagi o„zaro aloqa va hamkorlik jarayoni bo„lib,
unda faoliyat, ma‟lumot, his-tuyg„u, ko„nikma, malaka, mehnatning natijasi bilan
o„zaro almashish sodir bo„ladi”.
3
Bugungi kunda tadqiqotchilar har bir shaxs butun umri davomida deyarli har
kuni bajaradigan qator ijtimoiy rollarga ham e‟tibor qaratmoqdalar. Ijtimoiy rollar
mutloqo bir-birlari bilan bog„lanmagan bo„lib, ma‟lum ketma-ketlikda amalga
oshirilishi ham shart emas. SHunga qaramay ular bir vaqtning o„zida hatto bir
kommunikativ-maishiy vaziyatda ham kuzatilishi mumkin. Asosiy rollar orasida
“barcha uchun rol” yoki namoyish qilinadigan xulq-atvor ajralib turadi; “guruh
uchun rol” jumladan, kasbiy va avvalgi har ikkisidan keskin farqlanuvchi “o„zi
uchun rol”
4
kabilar.
Bo„lajak o„qituvchining kommunikativ kompetentliligining shakllanish
jarayoni ta‟lim mazmuni orqali amalga oshirilishi mumkin va u quyidagilarni
qamrab oladi:
- o„quv fanlarining alohida ro„yxati;
- talabalarning o„quv fanlarini o„zlashtirish jarayonida shakllanuvchi kasbiy
(professional) kompetensiyalari;
- talabaning ijtimoiy-madaniy hayotidagi faol hayotiy o„rni.
Bularning barchasi o„ziga xos majmuani ifodalab, ularning vositasida bo„lajak
o„qituvchi shaxsi yuqori darajada shakllanadi va rivojlanadiki, bunda o„zining
keyingi rivojlanishi va kamolotga etkazish usullarini egallashga imkoni bo„ladi va
bu bo„lajak o„qituvchini “inson – jamiyat - olam” tizimida professional sub‟ekt
sifatida yanada samarali ishlashini ta‟minlaydi.
Ma‟lumki, o„qituvchining kasbiy mahorati uning muvaffaqiyatli kasbiy
faoliyati vositasida ta‟minlanishi kerak. Ushbu faoliyat esa o„z o„rnida, ma‟lum
qobiliyatlarsiz, shaxsning kommunikativ sifatlarisiz bo„lmaydi, chunki ular ham
1
Гримак Л.П. Общение с собой: Начала психологии активности. — М.: Политиздат, 1991. – С. 3.
2
Қурбонов Ш.Э., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш.–Т.: Турон-Иқбол, 2006. -47 б.
3
Қурбонов Ш.Э., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш.–Т.: Турон-Иқбол, 2006. -145 б.
4
Асмолов А.Г. Психология личности. - М.: МГУ, 1990. 186 б
3
faoliyatning o„ziga, ham qaror qabul qilishdagi ijtimoiy yondashuv va muhitga
bog„liq.YUqorida ko„rsatib o„tilgankommunikativ qobiliyatlar esa aynan kasbiy
qobiliyatlar
tizimida
mavjud
va
bo„lajak
o„qituvchiningkommunikativ
kompetentliligini shakllantirishda etarli darajada muhim ahamiyatga ega bo„ladi,
bunda ular hatto pedagogning kasbiy faoliyati asosi ham bo„lishi mumkin.
“Kommunikativ qobiliyatlar individ faoliyatining muvaffaqiyatli bo„lishini
ta‟minlovchi xususiyatlar yoki fazilatlar sifatida yaqqol ko„rinishi mumkin, ya‟ni
bir insonni boshqasidan ajratib turuvchi va muvaffaqiyatli faoliyatda ko„rinadigan
individual sifatlar”
5
shular jumlasidan.
SHaxsning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishni “kasbiy faoliyatni
rivojlantirishga asos bo„luvchi kommunikativ mahorat orqali takomillashtirish
kerak. Kommunikativ mahoratni tartibsiz ravishda rivojlanishi ko„pincha fe‟l-
atvorni avtoritar uslubiga, tez-tez konfliktli vaziyatlarning paydo bo„lishiga,
pedagog va ta‟lim olayotganlar munosabatlarida keskinliklar kelib chiqishiga,
o„zlashtirish va o„qish istagining pasayishiga, ruhiy shikastlanishga va axloqiy-
ma‟naviy tarbiyada o„rnini qoplab bo„lmaydigan yo„qotishlarga, aksar hollarda esa
o„quvchilarning asotsial(ijtimoiy loqaydlik)xatti-harakatlarigaolib keladi”.
6
Kommunikativ kompetentlilikni shaxsga oid murakkab tavsifnoma sifatida
ham tushunish mumkin, u kommunikativ kompetensiyalarni, ruhiy-pedagogik
kompetensiyalarni, shaxsning boshqa insonlar bilan muloqotida ko„rinadigan ruhiy
holatlarini qamrab oladi – bularning barchasi insonning kommunikativ xulq-
atvorida namoyon bo„ladi.
Aynan kommunikativ xulq-atvor muloqot uchun zarur bo„lgan alohida ruhiy-
pedagogik kompetensiyalarni qamrab oladi. Lekin shunga qaramay, bu erda
etakchi o„rin umuman olganda pedagogda yo„nalishni aniqlash va asoslash uchun
javob beruvchiuning muloqot qilishga ehtiyojini anglatuvchi kommunikativ
qadriyatlarga tegishli bo„ladi. SHuningdek, kommunikativ kompetentlilikka
ma‟lum vaziyatlarda kommunikativ harakatlarni sifatli va foydali tashkil qilish
uchun zarur bo„lgan, ilmiy-pedagogik adabiyotlarda shaxsning ichki
imkoniyatlarining alohida tizimi sifatida ham qaraladi.
Kommunikativ kompetentlilikni mukammal egallash deganda “real vujudga
kelgan kommunikativ vaziyatga muvofiq muloqot jarayoniga kirishishga
tayyorlikni” tushunish kerak.
7
Ta‟kidlash joizki, kompetentlilik shakllanganligining
5
Шадриков В.Д. Готовимся к письму. - М.: Академия, 2006. – С. 42.
6
Социальная психология и этика делового общения / под ред. В.Н. Лавриненко. - М.: ЮНИТИ, 1995. – 69 с.
7
Садчикова Я.В, Беккер И.Л. Формирование межкультурной компетентности студентов нелингвистических
факультетов вуза в процессе обучения иностранному языку // Педагогическое образование и наука, 2008, №4.
127 б
4
asosiy ko„rsatkichi fikr-mulohazalarni ravon, yaxlit va mantiqan izchil bayon qilish
mahorati bo„lib, bunda muloqot tilining ifodali hamda aniq muloqot bo„yicha
sheriklarning kommunikativ faolligining har qanday turini tushunish va mos
ravishda javob qaytarish layoqatidan foydalaniladi.
Kommunikativ kompetentlilikni o„qituvchining kasbiy faoliyatida alohida
tutgan o„rnini o„rganish, kommunikativ kompetentlilik kishilar o„rtasidagi
muloqotda ko„pvazifaviy shart-sharoit sifatida ham ko„rinishi va bu orqali
tarbiyaviy, ta‟limiy hamda dunyoqarashga oid vazifalarni bajarishi mumkin, degan
xulosa chiqarish imkonini beradi.
O„sib kelayotgan avlod uchun kerakli kommunikativ tajribani o„zlashtirish
nafaqat boshqa insonlar bilan kommunikativ bog„lanish jarayonlarida sodir bo„ladi,
balki har bir inson o„zi uchun kerakli bo„lgan kommunikativ vaziyatlar xarakteri,
shaxslararo o„zaro ta‟sir muammolari va ularni xal qilishning samarali usullari
haqidagi ma‟lumotolish uchun zarur bo„lgan vositalar: adabiyot, publitsistika,
ommaviy axborot vositalari, kino va teatrga hamalohida e‟tibor berish lozim. SHu
sababli har bir insonga xos bo„lgan integratsion kommunikativ kompetentlilikka
ham e‟tibor qaratish zarur.
Kommunikativ kompetentlilikka murojaat qilar ekanmiz, ta‟kidlash joizki, u
o„z rivojlanishida qandaydir dinamik ta‟lim sifatida ikki bosqichdan o„tadi:
yuqorida aytib o„tilgan, shaxs rivojlanishining ma‟lum bosqichidan birga mavjud
bo„luvchi, shuningdek, darajadan darajaga rivojlana oladigan kasbiy va umumiy
bosqichlar. Bu kommunikatsiya “tilini” tartibsiz, stixiyali o„zlashtirish ta‟lim olish
vositasida sodir bo„ladi. Gap kasb haqida borganda, bu jarayon maxsus tashkil
etilsa va ma‟lum shartlar bajarilsagina, samaralinatijaga erishilishini ta‟kidlash
joiz.
8
Kommunikatsiyaning mazmuni va teranligi, sheriklarning bilim darajasi,
muloqot mavzusidan xabardorligiga bog„liq bo„lib, hissiy-psixologik o„z-o„zini
tartibga solish layoqatinio„z ichiga oladi.U “sharoitning o„zgarishiga keskin, faol
muloqot bildirishni bilish, sheriklarning hissiyotlar bilan bog„liq kayfiyatlaridagi
o„zgarishlarni e‟tiborga olib muloqotni qayta o„rnatish” bilan ifodalanadi.
9
Ma‟lumki, oliy o„quv yurtining birinchi navbatdagi vazifasi bo„lajak
o„qituvchini shaxsga oid-insoniy xislatlarini rivojlantirish hisoblanadi, bu ayniqsa,
ta‟lim va tarbiya faoliyatining kommunikativ aspektlarida keng namoyon bo„lishi
mumkin. SHunday qilib, kommunikativ kompetentlilik muhim ahamiyatli
tavsiflardan biri bo„lib, ushbu kompetentlilikningshakllanishi esa bo„lajak
8
Петровская Л.А. Компетентность в общении. – М.: Изд-во МГУ,1989. –12 с.
9
Емельянов Ю.Н. Обучение паритетному диалогу. — Л.: Изд-во ЛГУ, 1991. –53 с.
5
o„qituvchi shaxsini talablarga mos ravishda shakllanishi va rivojlanishining alohida
vazifasi sanaladi.
Kommunikativ kompetentlilik pedagogda quyidagi kompetensiyalarning
mavjud bo„lishini taqozo qiladi. (1.2-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |