Zaruriy tarkibiy qismi sifatida


-chizma  Kommunikativ kompetentlilikda pedagogning mahorati



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana24.11.2022
Hajmi0,64 Mb.
#871396
1   2   3
Bog'liq
A.Yu.Ahmedov

1.2-chizma 
Kommunikativ kompetentlilikda pedagogning mahorati 
Talabalarga ma‟lumotlar mazmunini tushunarli tilda etkazish 
Tanqidiy ma‟lumotlarni ijobiy va konstruktiv nuqtai nazardan taqdim etish 
Kommunikatsiyada insonlar jamiyatda qabul qilingan hamma qadriyat va 
tamoyillarga rioya qilish 
Muloqotdagi sheriklarga, ularning qadr-qimmatini erga urmasdan, ularga 
nisbatan agressiya namoyon qilmasdan, e‟tiborli bo„lish 
Muhokama mavzusi bo„yicha o„z nuqtai nazarini asosli va ishonarli himoya 
qilish
Suhbatdoshning shaxsiy sifatlari haqida so„zlamaslik, balki butun diqqatni 
ma‟lumotning mazmuniga, muhokama mavzusiga qaratish 
Kommunikatsiya vaqtini nazorat qilish, sherigiga olinayotgan ma‟lumotga 
javob qaytarishi uchun imkoniyat berish
Sanab o„tilgan kompetensiyalarni batafsil tekshirib, muvaffaqiyatli 
kommunikatsiya uchun zarur bo„lgan integratsion kompetensiyalarni ajratib 
ko„rsatish mumkin. Bukompetensiyalar: 
- nutqiy; 
- muloqotga to„g„ri kirishish; 
- muloqotni qo„llab-quvvatlab turish; 
- muloqotda o„z strategik yo„nalishiga ega bo„lish; 
- muloqot vaziyatini hisobga olish; 
- muloqot natijasini prognoz qilish; 
- muloqotdagi sherigining fikrini bir martada tushunish; 
- suhbatdoshdan qayta so„zlashni iltimos qilish; 
- kommunikatsiyadagi tashabbusni qo„lga olish; 
- kutilgan natijaga undash; 
- tasdiqlash, shubha qilish, ajablanish, iltimosni izhor qilish; 
- ifodali, dona-dona so„zlash (diksiya, ton, sur‟at, mantiqiy urg„u, ohang, imo-
ishoralar, mimika va h.k.); 
- o„z fikrini izchil va ravon bayon qilish;
- ilgari o„qilgan, ko„rilgan va eshitganlarni hikoya qilib berish. 
Bunga nutq etiketi (odob-axloq qoidalari) sohasidagi kompetensiyalar, 
muloqotning turli shakllarida uyushtirilgan muomala qilish kompetensiyalari: 
intervyu, faoliyat natijalarini muhokama qilish, bahs-munozaralar, ma‟ruza, 



hisobot, nutqlarni; turli darajalarda muomala qilish kompetensiyalarini: 3-5 kishilik 
guruhlar, ko„p sonli jamoalarni; yozma shakldagi kommunikatsiyalar uchun zarur 
bo„lgan kompetensiyalar(xat, ma‟lumotnoma, maqola, rezyume, internet orqali 
muloqot olib borish va h.k.)ni qo„shish mumkin. 
SHunday qilib, kommunikativ kompetentlilikning yuqori darajasi shaxslararo 
muloqotlarning jadallashgan sharoitida bo„lajak o„qituvchilarning kasbiy faoliyatga 
tayyorlik darajasini yuqori darajada bo„lishini ta‟minlaydi. Bunda o„qituvchi kasbiy 
faoliyatining eng muhim jihatiinsonlar bilan ishlash kerak. Biroq kommunikativ 
muloqotning barcha shakllarini yuqori darajada egallash va mos ravishda o„zini 
o„rab turgan insonlar bilan ishni to„g„ri tashkil qilish uchun pedagog, ayniqsa, 
topqirlik, hozirjavoblik, uddaburonlik, o„ziga bo„lgan ishonch, notiqlik qobiliyatini 
egallagan bo„lishi kerak. SHuningdek, improvizatsiya qilishga qodir bo„lishi, 
barcha zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalardan foydalana 
bilishi, ayniqsa, rasmiy (xizmat) hujjatlarni tuzish, yuritish, rasmiylashtirishni a‟lo 
darajada va savodli egallagan bo„lishi kerak. 
Pedagog shaxsining kommunikativ kompetentliligi o„z mohiyatiga ko„ra 
shakllanish va yanada rivojlanish jarayoni asosini shaxslararo muloqotda to„plagan 
katta tajriba va mos ravishdagi hamkorlik tashkil qiladi. Tadqiq qilinayotgan 
kommunikativ kompetentlilikning manbalari quyidagilar:
- xalq tomonidan inosonlarning o„zaro tushunishiga oid to„plangan ijtimoiy-
madaniy tajribasi;
- mukammalmuloqot olib borish uchun chet tillarni ham bilish;
- maishiy sohada ham shaxslararo muloqotga doir tajribaga ega bo„lish;
- estetik idrok qilish tajribasiga ega bo„lish. 
SHundan kelib chiqib, kommunikativ kompetentlilik, eng avvalo, 
pedagogning zaruriy muloqotning tajribasiga egalik darajasini ifodalaydi. SHuning 
uchun bunday kompetentlilik bevosita, shaxslararo insoniy hamkorlik jarayonida 
shakllanishi va faollashishi hamda faqat o„qituvchini maxsus tayyorlash jarayonida 
insonning turli shakllardagi verbal va noverbal xulq-atvorida mujassamlashishi 
kerak. Binobarin, kompetentlilik aynan ta‟lim-tarbiya beruvchi va rivojlantiruvchi 
yashash muhitining o„ziga xos integratsion dinamikasida takomillashishi kerak. 
Turli xil ilmiy-pedagogik adabiyotlarning (SH.A.Abdullaeva, F.S.Ismoilova, 
A.N.Leontev, A.V.Xutorskoy, M.T.Axmedova, N.SH.Turdiev) mufassal tahlili bizga 
bo„lajak o„qituvchi shaxsi kommunikativ kompetensiyasining shakllanish va 
rivojlanish jarayoni samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Uning uchta 
yakuniy darajasi mavjud bo„lib, hamdabilim olishga oid quyidagi mezonlar asosida 
ta‟minlanadi:



- talabalar motivatsiyasini oshirish;
- talabalar ijodiy faolligini oshirish;
- ta‟lim jarayoni mazmunini sifatli boyitish
G.G.Chanishevaning fikricha, “kommunikativ ta‟sirning muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishi to„g„ridan-to„g„ri o„qituvchining muloqotning asosiy uslublari va 
modellarini bilishi hamda ularni amaliyotda qo„llay olishiga bog„liq bo„ladi, chunki 
ular muloqot sub‟ektlariga psixologik ta‟sir ko„rsatadi. Muloqot uslubi insonning 
o„zaro bog„lanishining har qanday sharoitlarida namoyon bo„luvchi kommunikativ 
xulq-atvori, muomalasining individual barqaror shakli sifatida belgilanadi”. 
10
SHuningdek, uning fikricha, to„g„ri tashkil qilingan kommunikativ o„zaro ta‟sir 
quyidagi qoidalarga tayanadi, ular uning tashkilotchilari tomonidan o„zlashtirilishi 
va keyinchalik boshqa ishtirokchilarga uzatilishi kerak:
- “berilgan savol javobini shakllantirish uchun pauza bilan bir vaqtda bo„lishi 
kerak;
- talaba tomonidan muhokama qilinayotgan muammoga bildirilgan nuqtai 
nazar yoki o„z fikrini aytishi o„qituvchi tomonidan rag„batlantirilishi, taqdirlanishi 
kerak;
- har qanday rad qilish, belgilangan norma, lekin u asosli bo„lishi lozim;
- kommunikativ makon muloqotning barcha ishtirokchilariga tegishli;
- dialogik muloqot bevosita (“ko„z ko„zga”) formulasi bo„yicha amalga 
oshiriladi;
- o„qituvchining burchi – muloqot ishtirokchilari faolligini asoslash va 
rag„batlantirish”.
11
Ta‟kidlash joizki, kommunikativ kompetentlilikni rivojlantirishdagi kasbiy 
yo„nalganlik N.Muslimov, N.Usmonboeva, D.Sayfurov, A.Turaevlarning 
“Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari” nomli o„quv qo„llanmasi 
12

S.Vasileyskiyning “Oliy maktabda ma‟ruzaviy o„qitish” nomli ilmiy 
13
tadqiqot 
ishida aks ettirilgan, ularda o„qituvchining yaxlit holga keltirilgan ilmiy, pedagogik 
va ijtimoiy-siyosiy guruhlari va ularning kompetentlik sifati ajratib ko„rsatiladi. 
Ular bo„lajak o„qituvchilarning kasbiy kompetentliligini shakllantirish imkonini 
beradi. O„qituvchining olim sifatidagi ilmiy jihatlarini tavsiflaydi, fanni tanqidiy 
o„qitish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi.
10
Чанышева Г.Г. О коммуникативной компетентности// Высшее образование в России. – 2005. – №2. – 104 с 
11
Чанышева Г.Г. О коммуникативной компетентности// Высшее образование в России. – 2005. – №2. – 119 с 
12
Муслимов Н.А., Усмонбоева М.Ҳ., Сайфуров Д.М., Тўраев А.Б. Педагогик компетентлик ва креативлик 
асослари – Тошкент, 2015. 120 б
13
Василейский С. Лекционное преподавание в высшей школе. Краткий исторический очерк, его психолого-
педагогические основы и общая характеристика. – Горький, 1959. 24 б 



Bunda o„qituvchining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishning 
yuqori darajasi quyidagilarda namoyon bo„ladi: 
- ta‟lim jarayonining ijobiy yo„nalishga egaligi vamanipulyasiya hamda 
e‟tiborsizlik reaksiyasining mavjud emasligi,shuningdek, o„zaro muloqotlarda 
dialogik shakllarning(boshqa insonga muloqotda unga qadriyat sifatda qarash 
nazarda tutiladi) va ta‟limga yordam berishning umumiy strategiyasi ustunlik 
qilishida;
- o„qituvchi tomonidan pedagogik muloqotda suhbatdoshidan yoki butun 
auditoriyadan umumiy qanoatlanganligi o„zining huquqiy holat (status)iga o„z-
o„ziga baho berishning yuqori darajasida; 
- foydalanayotgan kommunikativ usullarning variantliligida va o„qitishning 
tanlangan uslubida aynan bir xilligida, shuningdek, pedagogik muloqotning butun 
vaziyatida.
Test, shaxsni guruh bo„lib baholash, ekspert baholashi, sotsiometriya kabi 
ko„plab metodlarni qo„llash, bizga nafaqat umumiy darajani, dinamikani ham,shu 
bilan birga bo„lajak o„qituvchilar shaxsining kommunikativ kompetentliligini oliy 
o„quv yurtida o„qish jarayonida rivojlanish omillarini aniqlash imkonini beradi. 
Talabalarda shaxsning kommunikativ kompetentliligini butun integratsiyalangan 
qurilish dinamikasining yuzaga kelishi va rivojlanishini tavsiflovchi ruhiy-
pedagogik mayl, asta-sekinlik bilan ijtimoiy-ruhiy kompetensiyalarni o„zlashtirib, 
atrofdagilarni bilish asoslarini shakllantirishga o„tishni, shuningdek, buning 
asosida o„zini individual ijtimoiy-perseptiv idealini va pedagogik muloqotda o„z-
o„zini idora qilishni bildiradi. 
Xulosa sifatida bo„lajak o„qituvchida kommunikativ kompetentlikning mavjud 
bo„lishi, nafaqat biror bir ma‟lumotni etkazish samaradorligi, boy lug„at zaxirasi, 
nutq madaniyati, til vositalarining to„g„ri tanlaganligini belgilashi mumkinligini, 
shu bilan birga turli-tuman ijtimoiy vaziyatlarda muloqotni, shuningdek boshqa 
insonlar bilan muloqot jarayonida, o„z shaxsiy ma‟naviy-axloqiy holatini tartibga 
solishni boshqarish mahoratini ta‟kidlash mumkin. 
O„qituvchining kasbiy tayyorgarligi qanday bo„lishidan qat‟i nazar, u avvalo, 
o„ziga xos xususiyati, fazilatlari, ya‟ni qiziqishlari, muloqotning ustun bo„lgan 
uslubi, qadriyatlari, dasturi va shu kabilarga egainson hisoblanadi. Bularning 
barchasi uning kasbiy faoliyatining o„ziga xos xarakterini belgilaydi, u pedagogik 
ta‟sir ob‟ektining boshqa xususiyatlariga mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin. 
(ham yakka, ham hamkorlikda). Ta‟sirning natijasi shunga bog„liq ravishda bo„ladi. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish