Зардўзлик санъатининг ривожланиши


Zardo`zlik kasbini yoshlarga



Download 0,54 Mb.
bet14/14
Sana18.02.2022
Hajmi0,54 Mb.
#452531
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ЗАРДЎЗЛИК САНЪТИ ТАРИХИ

Zardo`zlik kasbini yoshlarga o`rgatish tarixi
Naqqoshlik, yog`och o`ymakorligi, mis o`ymakorligi, kulolchilik, etikdo`zlik, zargarlik kabi kasblar qatori zardo`zlik kasbi otadan bolaga meros bo`lib kelgan. Aslida zardo`z bo`lgan oilani o`g`il farzandi otasidan zardo`zlikni o`rgangan .O`z navbatida ular o`z bolalariga o`rgatgan. O`zida o`g`li bo`lmasa o`z qarindoshlariga ushbu kasbni o`rgatgan. O`ta begona bolalardan bu kasbning o`ziga xos xususiyatlarini sir saqlashgan. Zardo`zlik kasbi avloddan-avlodga o`tib kelgan va rivojlangan. Bolalarni 10—12 yoshidanoq zardo`zlik kasbiga o`rgata boshlashgan. Ayrim hollarda katta bolalarni ham jalb qilishgan. Ota o`g`lini biror kasbni o`rganishi uchun ustaga olib borishdan faxrlangan. Bu tantana shundan iboratki, bolani ota-onasi va qarindoshlari «bo`y» degan bo`g`irsoq hamda holvaytar qilib ustani oldiga borishgan. Bu pishiriqlar usta bilan birga tanovvul qilinib, bolaning ota-onasi ustaga «bolani go`shti sizni-ki, suyagi bizniki» qabilida usta ixtiyoriga topshirishgan. Usta shogirdlariga hunar o`rgatishdan tashqari uni oziq-ovqat bilan ta`minlagan. Shogirdga darhol kasb o`rgatilmagan. Shogird bir yilgacha ustaning uyida har xil uy yumushlariga qarashgan, suv tashigan, supurib-sidirgan, bozorga borib narsalar xarid qilib kelgan, tikuvchilarga yordam berib yurgan. Bir yildan so`ng unga oddiy tikish sirlarini o`rgata boshlagan. Kasb o`rgatish tekin bo`lgan, bundan tashqari usta bilan ota-ona o`rtasida yozma shartnoma bo`lmagan. Shogirdga mablag` to`lash shart bo`lmagan, hunar o`rgatish muddati ham cheklanmagan.
Zardo`zlik ta`limini o`rgatish muddati 4 yildan 7 yilgacha bo`lib, ayrim qobiliyatli shogirdni 10 yilgacha saqlaganlar. Usta o`zining malakali ishchisidan ayrilishni xohlamagan. Bunday holatda shogird oqsoqolni o`rtaga solib usta tezroq ruxsat berishini yoki haq to`lashini talab qilgan. Shogirdining talabi to`g`ri bo`lsa, unda oqsoqol ustadan shogirdiga oq fotiha berishini yoki unga haq to`lash kerakligini aytgan. Bu haq xalfalarga to`lanadigan puldan kam bo`lgan. Talantli va qobiliyatli shogirdlar o`rtasida norozilik kayfiyati bo`lmasligi uchun usta shogirdlariga ish olishlariga qarshilik qilmagan, lekin usta pulning ko`p qismini o`ziga olib qolgan.
Usta o`z shogirdini o`qish muddati tugaganidan so`ng, uni uyiga yuborish o`ziga xos marosim hisoblangan, marosimni «arvohi pir», «miyon bandon» deb atalgan, ya`ni kasb-hunar homiylarining ruhi qo`llab yursin degan ma`noni bildirgan. Shogird o`z uyiga usta, bobo, oqsoqol poykor va zardo`zlik uyushma a`zolarini taklif qilgan. Ustaga bosh-oyoq sarpo, tugun; bobo, oqsoqol, poykorlarga ham biror narsa berilgan. Shogirdiga usta «shohi mardon haqiga belingga belbog` bog`ladim» deya oq fotiha bergan. Keyin usta shogirdini mustaqil ishlashiga ruxsat bergan. Shunda usta shogirdining kelajakda qiynalmasligi uchun unga qaychi va boshqa narsalar berar edi.
Ba`zi shogirdlar oq fotiha olganlaridan so`ng, iqtisodiy tomondan nochor bo`lsa ustanikida qolib ishlashga ruxsat so`rar, usta esa unga xalfa tarzida haq to`lagan.
Serquyosh O`zbekistonimizga tashrif buyurgan har bir sayyoh Sharqning go`zal xotin-qizlariga qarab ularning haqiqiy san`at ustida ish olib borayotganligidan tasanno aytadi. Zardo`zlik kiyimlari hozirgi kunda xotin-qizlarning milliy kiyimiga aylanib bormoqda. Nafosatga boy o`zbek xotin-qizlari chinakam mehnat qilib, nodir asarlar yaratib zardo`zlik san`atining xazinasiga katta hissa qo`shmoqdalar. Qadimiy va hamisha navqiron san`at turlaridan biri bo`lgan zardo`zlik san`atining kelajagi porloq. Albatta kelajakda ota-bobolarimizdan meros bo`lib qolgan bu san`atni yanada rivojlantirib insonga estetik zavq bag`ishlaymiz .Kelajakda xotin-qizlarimiz boshida oltinday tovlanib turgan chiroyli do`ppilar, oyoqlarida mavj urib turadigan poyafzallar xonadonimizga fayz kiritishiga aminmiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.S.Bulatov «O`zbek xalq amaliy bezak san`ati» T., «Mehnat», 1991 yil
2. «Amaliy san`at qisqacha lug`ati» T., Qomuslar bosh tahririyati 1992 yil
3. T.I.Yeryomenko «Sehrli igna» T. «O`qituvchi», 1990 yil
4. M. Mirzaahmedov «Boshlang`ich badiiy naqsh ishlash metodikasi» T., «O`qituvchi» 1996 yil
5. «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» 3-qism T., Davlat ilmiy nashriyoti
6. M.A.Maqsumova «Xalq xunarmandchiligi» Toshkent Nizomiy nomli
TDPU 2007 yil




Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish