Mavji cheg`i — mavji ocha-bacha deb ham yuritiladi. Zamindo`zining bir turi bo`lib, o`ziga xos tikiladi. Chunonchi siddilar to`rt va ikkitadan sanab tikiladi. Natijada katta va kichik mavjlar hosil bo`ladi. Zardo`zlar katta mavjni — ocha, ona deb yuritsalar, kichigini esa bacha, ya`ni bola deb yuritadilar.
Mavji du ro`ya — ikki tomonlama mavj, zamindo`zining qismlaridan biri bo`lib, yengi shabadada daryoning mavj urib turganligini eslatadi. Shuning uchun mavji du ro`ya deb ataladi. Obi lo`la deb ataladigan ip ishlatiladi. U zardo`zlikda ip siddilardan yo`g`onroq bo`lib, jaydari ipdan yigirma-yigirma besh qavat qilib, qattiq eshiladi. Chegara misol siddilarning har ikki chetiga tortiladi. Obi lo`la zamin do`zining chetlari chiroyli chiqishi uchun ishlatilib, zamindo`zi enining kengligiga qarab siddilar soni ko`paytiriladi. Lekin obi lo`la ikki qatorligicha qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |