Yak ra mavj, yak ra chashmi bulbul — bu tikish usulida mavji yak ro`ya bilan chashmi bulbul qo`shib tikilib, bir yo`li mavj hamda bir yo`li chashmi bulbul hosil qilingani uchun uni shu nom bilan yuritiladi. Bu usul zardo`zlarni shu san`atga ijodiy yondoshishi tufayli yuzaga kelgan.
Chashmi bulbul — bulbulning ko`zi degani. U shaxmat xonalariga o`xshab ketib to`rtburchak naqshlar ajoyib mavjlanib turadi. Naqshlar siddi bilan sanab tikiladi. Xuddi boshqa zamindo`zidagidek tikiladi. Tovus, xurshid kabi qadimgi buxorocha do`ppilar gir aylanasining tepa qismiga «obiponcha» ishlatilgan. U kartondan kesib, zamindo`zi ustiga to`rt qavat kumush zar bilan tikib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |