Zamonaviy texnologiyalar



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/379
Sana07.07.2021
Hajmi7,04 Mb.
#111121
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   379
Bog'liq
kimyoni oqitishda zamonaviy texnologiyalar

o‗rnida  yig'iladi, ya‘ni  g‗or  ostonasiga  qadar  qismi  karbonat  angidrid  gazi  
bilan  egallanadi.   Bu    gaz   ostonadan    yuqorida   uchramaydi,   chunki ortiqchasi  
tashqariga  chiqib  ketadi.  Shu  sababli,  bo‗yi  g‗or ostonasidan  past  bo'lgan  
hayvonlar,    masalan,    sichqon,    mushuk  va  itlar  g‗orda  uzoqroq    tursa    nobud 
bo'ladilar,  ostonadan  baland bo‗yli  odam  kirsa  bemalol  yuraveradi. 
Bu    hodisaning    sababini    quyidagi    oddiy    tajriba    orqali    ham  isbotlash  
mumkin.  Konservadan  bo‗shagan  idishning  o‗rta  belidan  yo‗g‗on  mix  bilan  
teshamiz.  Idish    ichiga    bittasi    katta,  ikkinchisi    kichik    ikkita    sham    o‗rnatib  
yoqamiz.    So'ngra    idish  ichiga    Kipp    apparatidan    uzun    nay    orqali    karbonat  
angidrid    gazi  yuborilsa,    kichik    sham    o‘chadi,    katta    sham    esa    o‗chmaydi, 
chunki    CO
2
    uzun    shamning    alangasiga    yeta    olmasdan    idish  teshigidan  
tashqariga  chiqib  ketaveradi. 
 


149 
 
Amerikaning  Texas  shtatida  kichik  shahar   —  Sonoredagi ko‗p  qavatli  
uylarning    birida    yong‗in    sodir    bo‗ldi.O‗t    o‗chiruvchilar    qanchalik    harakat  
qilmasinlar  yong‗in  avjiga  chiqdi.  
Odamlar   yong‗in  ichida  qolgan  bolalani  qutqarish  uchun  jon-jahdlari  
bilan  o‗zlarini  o‗t  ichiga  ura  boshlaydilar. 
Yong‗in  avj  olgan  vaqtda: 
—  Janob  boshliq!  Sisternalardagi  suv  tugadi.  Endi  nima qilamiz?   —  
deb    o‗t    o‗chiruvchilarning    biri    hovliqqanicha    o‗t  o'chiruvchilar    komandasi  
boshlig‗ining  oldiga  keladi. 
—  Endi  nima  qilish  kerak?   —  deb  o‗ylanib  atrofiga  ko‗z tashlaydi  
boshliq.    Shunda    birdan    uning    ko‗zi    shiypon    tagidagi  bir    necha    katta  
bo‗chkalarga  tushadi.  Bu  bo‗chkalarda  hali to‘liq  yetilmagan  vino  bor   edi.  
Boshliq    o‗ylab    o‗tirmasdan    tezda  suv    o‗rniga    bu    vinoni    yong‗inga    qarshi  
sepishni  buyuradi. 
O‗t    o‗chiruvchilar   vinoni   sepganlarida   kutilmagan   hodisa ro‗y    beradi,  
avj  olayotgan  yong'in  sekin-asta  pasayib  boradi  va nihoyat  o'chadi. 
Shunday    qilib,    shahar    aholisi    yetilmagan    uzum    vinosi    o‗t  o‗chirish  
xususiyatiga    ega    ekanligini    bilib    oldi.Nima    uchun    yetilmagan    uzum    vinosi  
suvga  nisbatan  yong‗inni  yaxshi  o ‗chiradi?  Bu  savol  sizga,  aziz  o‗quvchilar! 
Javob:
 
Yetilmagan  vinoning  bijg‗ishi  natijasida  ko‗p  miqdorda  karbonat  
angidrid  gazi  hosil  bo‗ladi.  Karbonat  angidrid  esa  eng yaxshi  o‗t  o‗chiruvchi  
vositadir
 
Ombor  mudirining  qo‗li  qaltirab  ombor  eshigining  qulfini ochadi,  axir  
revizorning    bemahal    kelishi    uning    uchun    hech  qachon    yaxshilik    alomati  
bo‗lmagan-da. 
—  Bu  yerda  soldat  mundirlari  uchun  qalay  tugmachalar saqlanadi,  —  
dedi  ombor  mudiri  omborga  kira  turib. 
—  Tekshiramiz,  qanday  saqlanayotganini  —  dedi  dimog‘ bilan revizor.  
Mana buni oching-chi,  —  deb  katta yog‗och  qutini ko‗rsatdi  u. 
Ombor    mudiri   qutini   ochdi    va   kutilmagan   hodisadan   qotib qoldi.   Ne  
ko‗z  bilan  ko‗rsinki,  quti  yaltiroq  qalay  tugmachalar bilan  emas,  qandaydir  
kulrang  kukun  bilan  liq  to‘la  edi. 
—  Boshqa  quti  ham  shunday  ,,tugmacha―  lar bilan  tolami?  
—  deb  so'radi  kinoya  bilan  revizor. 
Haqiqatan  ham,  boshqa  qutilar  ochib  ko'rilsa,  ularning barchasi  shunday  
kukun  bilan  liq  to‗la  edi.  Buni  ko‗rib  juda taajjubda  qolgan  ombor  mudiri,  
sovuq  bo‗lishiga  qaramasdan  terga  botadi  va: 
—    Hech    narsaga    tushunmayapman  janobi    oliylari!    Bu    qutilarda  
tugmalar  bo‗lishi  kerak  edi,  —  deb  g‗uldiraydi. 
—    Siz    bizni    ahmoq    qilyapsizmi    muhtaram    janob!    —    deb  baqiradi  
revizor  va  o‗zining  yordamchisiga: 


150 
 
—    Bu    moddadan    ozgina    namuna    oling    va    kimyo    laboratoriyasiga  
yuboring.    Kimyogarlar    tahlil    qilib,    aniq    natijasini  aytishadi.Ana  shunda  
ko‗ramiz  bu  tugmacha  o‗g‗risining  ahvolini,  —  deydi. 
Bir  necha  kundan  keyin  olingan  kimyoviy  tahlil  natijasi, revizorni  ham 
juda  taajyubga    soldi.  Chunki,    kimyo    laboratoriyasi  mudirining    javob    xatida:  
―Tahlil  uchun  yuborilgan  modda namunasi  haqiqiy  qalay  metali  bo‗lib,  uning  
kukun  holatiga o‗tib  qolishi  kimyo   faniga  ma‘lum  bo‗lgan   „qalay   vabosi―  
deb nom  olgan  hodisa  natijasidandir‖,  —  deb  yozilgan  edi.  
Bu  qanday  hodisa  ekanligini  bilasizmi? 
Javob:
 
Juda  past  temperaturada  qalay  kulrang  tusli,  zichligi 5,8  g/sm
3
  
bo‗lgan    allotropik    shaklga    o'tadi.    Oq    tusli    qalayning  kulrang    kukunga  
aylanishi    vaqtida    uning    hajmi    juda    ortib    ketadi.    Bu    hodisa  fanda    qalay  
―vabo‖  si    deb    nom    olgan.    Temperatura    qanchalik    past    bo‗lsa,    qalayning  
kulrang  kukunsimon modifikatsiyasining  hosil  boiishi  shuncha  tezlashadi. 
 
Metall    buyumlarni    kavsharlash    ustaxonasida    ishlaydigan  usta    yosh  
shogirdiga: 
—  Kechagi  buyurtmaning  egasi  bugun  buyurtmasini  olib ketish  uchun  
keladi.  Men  kelguncha  uni  qalay  bilan  kavsharlab qo‗y,  —  deb  chiqib  ketadi. 
Yosh    shogird    ustaxonada    mavjud    ikki    xil    kavsharlovchi  metall  
tayoqchani  olib,  ularning  qaysi  biri  qalay  ekanligini bilolmay  o‗ylanib  qoladi.  
Chunki,   bu    metall    tayoqchalarning ikkalasi    bir    xil    og‗irlikda,   kumushsimon  
yaltiroq  va  yumshoq edi-da. 
Shu    vaqtda    ustaxona    yonidan    shogirdning    qo‗shnisi    o‗tib  qoladi.    U  
yosh    ustaning    qo‗lida    ikkita    bir    xil    metall    tayoqchani  ushlab,    o‗ylanib  
turganini  ko‗rib  yordam  bermoqchi  bo‗ladi. 
—    Yo'lingdan    qolma,    og‗ayni!    Sen    menga    qanday    yordam  bera  
olarding,  —  deydi  shogird. 
—    Qani    menga    bering-chi.    Bular,    kavsharlovchi    metall  tayoqchalar  
emas-mi?  —  deb  so‗raydi  o ‗quvchi. 
—  Ha,  lekin  bularning  qaysi  biri  qalay  ekanligini  bilolmay turibman,  
—  deydi  noiloj  yosh  shogird. 
—    Kecha    kimyo    o‗qituvchimiz    qalayning    ajoyib    xossalarini  tajribada  
namoyish  etgan  edilar,  dedi-da  uning  qo‗lidan  metall tayoqchalarni  olib,  oldin  
birini,  keyin  ikkinchisini  qulog‗iga tutib  ega  boshlaydi  va  qat‘iyat  bilan: 
—  Mana  bunisi  qalay,  —  deb  unga  uzatdi. 
Qani  aytingchi,  o‗quvchi  qanday  qilib qalay  tayoqchasini  oson  ajrata  
oldi?  Bu  farq  qalayning  qanday xossasiga  asoslangan? 
Javob:
 
Qalaydan    tayyorlangan    tayoqchalar    quloqqa    tutib    egilganda 
undan  o‗ziga  xos  g‗ijirlagari  ovoz  chiqadi.  Buning  sababi  shuki, egilganda  
qalayning  ayrim  kristallari  bir-biriga  ishqalanadi. 
 


151 
 
Yoz  kunlarining  birida  o'quvchilardan  biri  muzqaymoq olish  maqsadida  
do‗konga    yaqinlashganda    sotuvchi    ayol  muzqaymoqlarning    ustiga    muz  
bo‗lakchalarini  tashlayotganini ko‗rdi. 
—  Biroz  sabr  qil  bolakay.  Muzqaymoqlarga  „quruq  muz―ni joylashtirib  
olay,  —  dedi  sotuvchi. 
—  Nima  dedingiz?  Muz  quruq  bodishi  mumkinmi?  Biz kimyodan  suv  
0°C  da  yaxlab,  muz  hosil  qilishini  o ‗qiganmiz.  
Lekin    muz    ,,quruq―    va    ,,qaynoq―    bo‘lishi    mumkin    emas,    —    deb 
sotuvchiga  qat‘iy  e‘tirozini  bildirdi  u. 
—    Ishonmasang    mana    ushlab    ko‗rib,    uning    ,,quruq―    va  ,,qaynoq―  
cmasligini    sinab    ko‗rchi,    —    deb    sotuvchi    yong‗oqdek  bir    bodak    muzni  
o‗quvchining  qo‘liga  tutdi.O‗quvchi  ,,muz―ni qo‘liga  olishi  bilan  qo‘li  kuyib,  
uni  u  qo‘lidan  bu  qo‘liga  ola boshladi  va  tushirib  yubordi.  ,,Muz―  tezda  
hech  qanday  namlik qoldirmasdan  erib,  bug‘lanib  ketdi. 
—  Kimyo  va  fizika  fanlarini  yaxshi  bilgan  bolakay,  endi „quruq  muz―  
borligiga  ishonch  hosil  qildingmi?  —  dedi  sotuvchi  kulib. 
Bu  hodisani  ko‗rib  ajablangan  o‗quvchi  uyalib  nima  deyishini  bilmay  
qoldi.  Do‗stingizga  yordam  bering.  „Quruq  muz― qanday  modda?  Haqiqatan  
„qaynoq  muz―  bo‗lishi  mumkinmi?  
Javob:
 
Karbonat  angidrid  gazi  60—70  atm  bosimi  ostida  —8°C gacha  
sovutilganda  qorga  o‗xshash  rangsiz  muzga  aylanadi.  Buning  oddiy  muzdan  
farqi  shundaki,  u  eriganda  suvga  aylanmasdan  bug'ga  aylanadi  va  u  tegib  
turgan  narsa  ho‗l  bo‘lmaydi. Uning  „quruq  muz―  deb  atalishiga  sabab  ana  
shunda. 

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish