REFERENCES:
1.
https://englishlive.ef.com/blog/english-in-the-real-world/english-became-
global-language/
2.
English as an international language: Challenges and possibilities. January
2008
Australian Review of Applied Linguistics
31(3) DOI:
10.2104/aral0828
Professor
Farzad Sharifian
Monash University (Australia)
3. The role of english as a global language January 2019 Project:
this is a part of
my english language teaching projects
Parupalli Srinivas Rao
King Faisal University
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
656
BOSHLANG„ICH SINFLARDA ONA TILI VA O‟QISH DARSLARIDA NUTQIY
KOMPETENSIYA ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISH
Sultamuratova Nozira Allambergenovna
Qaraqalpastan Respublikasi Shimbay rayoni
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Ona tilini chuqur bilgan kishi o‗z ona tiliga e‘tiborli bo‗lishga, uning sofligini
saqlashga, shu tilda to‗g‗ri va ravon so‗zlashga, chiroyli va savodli yozishga harakat qiladi.
Inson o‗z ona tilini qanchalik yaxshi bilsa, uning boyliklaridan shunchalik bahramand
bo‗ladi.
O‗z Vatanini, millatini qalban suygan har bir inson, o‗z ona tilida so‗zlashganda nutq
madaniyatiga amal qilmog‗i lozim. Bu borada maktabgacha ta‘lim va umumta‘lim
muassasalaridagi o‗quvchilarga berilayotgan saboqlar asosiy ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida respublikamiz maktablarida ona tili fanini
o‗qitishning mazmuni o‗zgarmoqda. Bu borada Xalq ta‘limi vaziri Sherzod Shermatov
quyidagicha izoh berib o‗tgan. ―Biz sekin-sekin ona tilini sodda va ravon ishlatishga
o‗tishimiz kerak. Bunda grammatikadan ko‗ra amaliy ko‗nikmalarga, ya‘ni gapirish,
eshitish va yozishga ko‗proq e‘tibor berishimiz kerak‖. Shunday ekan bu maqsadga
erishishda birlamchi yo‗l: ona tilining nutqiy kompetensiya elementlari (eshitib tushunish,
o‗qib tushunish, og‗zaki nutq va yozma nutq)ni boshlang‗ich sinf har bir darslarida amaliy
qo‗llash va o‗quvchida bunga nisbatan ko‗nikmani shakllantirishdir. O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi Farmoniga asosan qabul qilingan
―O‗zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi‖
ning ―O‗quvchilar mustaqil hayotda qo‗llay olish imkoniyati bo‗lgan og‗zaki va yozma
savodxonlikni, mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, kreativ fikrlashni shakllantirish‖ yo‗nalishidagi
har tomonlama mukammal o‗quvchini kamol toptirishda poydevorni maktabga endigina
qadam qo‗ygan onidan boshlash lozimdir. Buning uchun boshlang‗ich sinf o‗qituvchisi
yuqoridagi bilimlarni o‗zida shakllantirishi, dars mashg‗ulotlarida qo‗llashi natijada
o‗quvchilar mustaqil fikrlashi va mantiqiy mulohaza yurita olishiga erishishi lozim.
Boshlang‗ich sinfdan boshlab eshitib tushunish elementini o‗quvchilarda mashq
qildirib borish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon orqali o‗quvchi diqqatni uzoq vaqt
ushlash malakasini shakllantiradi. U eshitayotgan matnining muhim ma‘lumotlarini
navbatma navbat yodida saqlab qoladi. Natijada o‗quvchi tushunish jarayonini ongli
boshqarishni o‗rganadi. Bu juda murakkab jarayon, chunki o‗quvchilar diqqati bir xil
me‘yorda bo‗lmaydi. Buning uchun o‗qituvchi har bir o‗quvchining ma‘lumotni qabul qilish
darajasini psixologik tomondan o‗rgangan bo‗lishi kerak. Ma‘lumotni esda saqlab qolishi
sust o‗quvchilar bilan o‗qituvchi matnni turli metodlar yordamida mustahkamlab borishi va
eshitib tushunishini amalga oshirishi lozim.
Boshlang‗ich sinfda o‗qib tushunish elementi birinchi sinfdanoq boshlanadi.
O‗qish darslarida matnni o‗qib tushunish ko‗nikmasi oddiydan murakkabga tomon
shakllantirilib boriladi. O‗quvchilar tomonidan matn bir xil o‗qilishi mumkin, ammo ular
Do'stlaringiz bilan baham: |