“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
659
GEOGRAFIYA FANINI FANLARARO BOG‟LIQLIKDA O‟QITISH VA UNING
TA‟LIM SIFATIDAGI O‟RNI
Muratova Sevara Ravshanbek qizi
Toshkent viloyati, Chirchiq shahar 10-IDUM maktabi
Geografiya fani oʻqituvchisi
O‗zbekiston Respublikasining ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da
yangi chuqur
bilimlar talab etuvchi texnologiyalarning rivojlanishi sharoitlarida mustaqil ravishda yangi
bilimlarni egallash, kasbiy mahorat chо‗qqilarini
egallashga qodir va kasbiy
moslashuvchanlik xislatlariga ega bо‗lgan chuqur bilimli, yuqori malakali mutaxassislarini
tayyorlash zarurligiga alohida e‘tibor qaratilgan. Bu esa, о‗z navbatida, о‗quv
jarayonini
ilm-fanning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda tashkil etish, fan, madaniyat, iqtisodiyot,
texnika va texnologiyalardagi yangiliklarni о‗zida aks ettiradigan ta‘limni har tomonlama
uzluksiz ravishda yangilab borish, fan, ta‘lim va ishlab
chiqarish sohalarining
integratsiyasini, ta‘lim dasturlarining variativligini ta‘minlashni talab etadi. Qо‗yilgan
vazifalar umumiy o‗rta ta‘lim muassasasida ta‘lim olish davrining barcha bosqichlarida hal
etib borilishi kerak.
Ta‘lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o‗quv adabiyotlari bilan ta‘minlash zamonaviy
talablar darajasida bo‗lib, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilanayotganligini
ko‗rishimiz mumkin.
Umumiy o‗rta ta‘lim tizimida o‗z yo‗nalishlari bo‗yicha dunyoning yetakchi ilmiy-
ta‘lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‗rnatish, o‗quv jarayoniga ilg‗or
xorijiy
tajribalarini joriy etish, ayniqsa, iqtidorli va kuchli bilimli o‗quvchilarni xorijning
yetakchi ilmiy-ta‘lim muassasalarida ta‘lim olishlari borasidagi ishlar yetarli darajada olib
borilmoqda.
Geografiya fanini o‗qitishni hozirgi zamon talabi darajasiga ko‗tarish
masalasi uni
boshqa fanlar bilan izchil bog‗lab olib borishni talab qiladi. O‗qituvchi o‗z fani
materiallarini o‗rgatish bilan birga, o‗quvchilarning boshqa fandan olgan bilim va
malakalariga
tayanishi, o‗quvchilarga barcha fanlar o‗rtasida o‗zaro bog‗lanish borligini
ko‗rsatish va ularga boshqa fanlarda olingan ma‘lumotlardan foydalana bilishni o‗rgatishi,
ularning fikrlash qobiliyatlarini aktivlantirish, bilimlarini chuqurlashtirish zarur.
Geografiya o‗qitishni boshqa fanlarga mustahkam bog‗lab olib borish uchun
o‗qituvchining o‗zi boshqa o‗zaro bog‗liq fan dasturlarini
ham yaxshiroq bilishi, o‗quv
masalalarini boshqa dars o‗qituvchilari bilan birga hal qilishi lozim.
Geografiya amaliy ishlar sohasida ko‗proq matematika bilan bog‗lanadi.
5-sinfda geografiyadan o‗quvchilar ob-havo bo‗yicha o‗rtacha kunlik, oylik va yillik
ma‘lumotlar to‗playdilar. O‗sha sinfda matematikadan oylik ob-havo taqvimi asosida
o‗rtacha harorat hisoblanadi. Demak, geografiyada ob-havo
ustidan olib boriladigan
kuzatish natijalari matematika darslarida bulutsiz, ochiq, o‗zgaruvchan, yog‗inli, sovuq
kunlarning ustunsimon diagrammasini tuzishga asos bo‗ladi.