9.4-rasm. Texnologik parametrlami o ‘lchash uchun MPT o'matilgan qurilmalaming struktura sxemalari:
SE, SE,, SE2 — sezgir elementlar; OOlE, 0 0 ‘E,, 0 0 ‘E2 — oraliq o'zgartgichli elementlar; K, Kp IC, — kuchaytirgichlar; EK — elektr kommutator; IFQ — interfeysli qurilma; O l — o ‘lchov; BTSHQ — boshqaruvchi ta’sirlami shakllantirish qurilmasi; OB — operatsion bo‘g‘in; ARO‘ — analog-raqamli o'zgartkich; CHRO‘ — chastotaviy-raqamli o ‘zgartgich; RAO‘ — raqamli-analog o'zgartkich; MPT — mikroprotsessorli tizim; I — raqamli indikator. qilayotgan va yordamchi modda (YOM) lardan tashqari, namunaviy modda (NM ) ni uzatish imkoniyati kuzatiladi, bu esa analizatorning davriy ravishda o‘zini darajalashini ta’minlaydi.
Tarkibni tahlil qilishning ko‘p parametrli uslubini amalga oshiruvchi analizatorlarda (9.5-rasm, b), tegishli detektorli bir necha analitik qurilmalardan foydalaniladi. Yordamchi va rejimli parametrlaming barcha zarur o‘lchashlarini analitik qurilmalar parametrlarini o ‘lchash bloki PO ‘B bajaradi, u EK bloki bilan kommutatsiyalanadi (9.5-rasm, b da PO‘B orasidagi bog‘lanish ko‘rsatilmagan).
Bu qurilmalar ishini boshqarish uchun zarur signallar va ularning rejim parametrlarini stabillashni MPT ishlab chiqaradi va analitik qurilmalarga BTSHQ orqali keladi. 9.1- jadvalda texnologik parametrlar keltirilgan bo‘lib, ular uchun mikroprotsessor tizimlari kiritilgan o’lchov asboblari yaratilgan.
MIKROPROTSESSOR VA RAQAMLI HISOBLASH TEXNIKASI VOSITALARINING O‘LCHOV TIZIMLARIDA QO‘LLANILISHI
9.6-rasm, a, b da tasvirlangan o’lchov tizimlari (O‘T) hozirgi vaqtda kimyoviy-texnologik jarayonlarni avtomatik nazorat qilish, rostlash va boshqarishda keng qoilanilmoqda. 9.6-sxema, a da yasalgan o’lchov tizimi oichash obyektidagi hamma kattaliklarni bir vaqtda oichashni va qayd qilishni ta ’minlaydi. 9.6-sxema, bo‘yicha yasalgan o’lchov tizimi esa navbati bilan oichashni va qayd qilishni ta’minlaydi.
Rasmda keltirilgan o’lchov tizimlaridagi o’lchov axboroti birlamchi o’lchov o‘zgartgichlar 1 yordamida shakllanadi va signallar tarzida aloqa kanali 4 ga yuboriladi. Oichanayotgan fizik kattalikning turiga, birlamchi o’lchov o‘zgartkichining ishlov prinsipiga va axborotni uzatish zarur bo’lgan masofaga bogiiq holda o’lchov tizimi tarkibiga birlamchi o’lchov o‘zgartgichlardan tashqari, oraliq 2 (9.6-rasm, a) va uzatuvchi 3 o’lchov o‘zgartgichlari ham kiritilishi mumkin. Bunda o’lchov o‘zgartgichi birlamchi o’lchov o ‘zgartkichi yonida yoki aloqa kanalidan kelayotgan signalni o ichovchi asbob 5 yonida joylashgan boiishi mumkin, bu signal odam qabul qilishi uchun qulay va qayd qiluvchi boiadi. O ichov asbobi 5 ni ikkilamchi asbob deb atab, bunda u bilan bir to‘plam (komplekt)dagi o’lchov o‘zgartgichlarining hammasi birlamchi asboblar boiadi. O ichov tizimida (9.6- rasm, b) birlamchi o’lchov o‘zgartkichlarni asbob 5 ga navbatma-navbat ulash bilan kommutator 6 qoilanilib, uni yordamchi qurilma deb qarash lozim boiadi. Soddalik uchun, 9.6-rasm, b da tarkibida faqat birlamchi o’lchov o ‘zgartgichlari bo’lgan o’lchov tizimi ko‘rsatilgan. Umumiy holda unga oraliq va uzatuvchi o’lchov o‘zgartgichlari kiritilishi mumkin. Bunda hamma oichanuvchi kattaliklar o ‘zgartgichlarining chiqish signallari 9.6-rasm, a da sxema bo‘yicha yasalgan tizimidan farqli ravishda,
tabiati va o‘lchash oraliqlariga ko‘ra bir xil bo‘lishi kerak. O‘lchov oralig‘i ayni bir asbob 5 bilan o ‘lchash va qayd qilish imkoniyatini ta’minlash uchun zarur.
Bir necha birlamchi o ‘lchov o ‘zgartgichlari BO‘O‘ bo‘lgan bitta ikkilamchi asbobli o‘lchov tizimlarining (9.6-rasm, b) ish imkoniyatlari cheklangan bo‘Iib, parametrlami avtomatik rostlash vositalarini murakkablashtirib yuboradi.
Bir necha yuz parametrlami o‘lchash talab qilinadigan zamonaviy kimyoviy-texnologik jarayonlardagi har bir birlamchi o‘lchov o‘zgartgichi uchun individual ikkilamchi asbobi bo‘lgan O‘T ning qo‘llanilishi — nazorat va boshqaruv shchitlarining ortishi bilan va operatorning qisqa vaqt ichida juda ko‘p axborotni idrok qilish zarurligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar bilan bog‘langan. Fiziologik cheklanishlar tufayli, hayotda ancha tajribali operator ham bunday O‘T olgan axborotni zarur tarzda qayta ishlay va foydalana olmaydi. Shuning uchun bu ish bilan bir vaqtda bir necha operator shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |