6.2 Vollastonit to‘ldiruvchili beton
Respublikamizning tog‘li hududlarida qazilma boylik zahiralarining
ko‘pligi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini shu
hududlarga yaqin bo‘lgan joylarga qurishni va mahalliy xom-ashyolardan
hamda sanoat chiqindilaridan keng foydalanishni taqozo etadi. Bu esa o‘z
navbatida qurilish ishlari sifatining yaxshilanishiga va tannarxining
pasayishiga olib keladi.
62
Keyingi yillarda mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatida
yuqori texnologiyalar vositasida polimer materiallari va polimerbetonlar,
shisha plastiklar, silikat materiallar, yengil va o‘ta yengil betonlar, yuqori
mustahkamlikga ega bo‘lgan beton va temirbeton buyumlari ishlab
chiqarilmoqda. Hozirgi paytda qurilish sanoatida keng ishlatilayotgan
yangi xom-ashyolardan biri bu - vollastonitdir. Undan qurilish sanoatida
sopol buyumlari, har xil bo‘yoqlar, pigmentlar, asbessement buyumlari,
sement sanoatida va h.k. keng foydalanilmoqda. Vollastonit xom-
ashyosini beton uchun mayda va yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatish
mumkinligi (bunda asosan sopol va boshqa ishlab chiqarish sanoatida
ishlatilgan vollastonit chiqindilaridan foydalanish ko‘zda tutiladi) olimlar
tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan. Uning zahiralari Markaziy Osiy
mintaqasida keng tarqalgan, jumladan respublikamizda o‘nlab konlari
mavjuddir.
Vollastonitning rangi kul rang, oq, yoki qizg‘ish tusli oq, goho
qizildir. Uning rangsiz, mutlaqo shaffof bo‘lgan xili ham uchraydi.
Yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi yuzasida sadafdek tovlanib turadi
.
30-rasm. Tabiiy Vollastonit
Ma’lumki,
vollastonit
sement
ishlab
chiqarishda
mineral
qo‘shimcha sifatida, beton tayyorlash uchun esa yirik va mayda
to‘ldiruvchi sifatida ishlatilishi mumkin. Mineral qo‘shimcha sifatida
sement klinkeriga qo‘shilgan vollastonit talqoni uning fizikaviy va
mexanikaviy xossalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Ya’ni bunday
sementlar kam deformatsiyalanadigan, tashqi muhit ta’siriga chidamli,
sovuqbardoshli va boshqa xususiyatlarga ega bo‘ladi. Shuningdek, beton
uchun fraksiyalangan vollastonit qumi va chaqiq toshi to‘ldiruvchi
sifatida ishlatilishi natijasida yuqori mustahkamli beton olish mumkin.
Chunki vollastonitli massalardan tayyorlanadigan ashyolar vollastonit
tarkibi ignasimon (junsimon) tuzilishga (shaklga) egaligi tufayli tez
quriydi, boshqa komponentlar (sement, qum va h.k.) bilan juda yuqori
mustahkamlikli bog‘lanishga erishadi. Shuningdek, vollastonitning hajmi
deyarli qattiq va issiq-sovuqqa chidamlilik kabi bir qator xususiyatlarga
egadir. Bir xil mustahkamlikga ega bo‘lgan beton olishda vollastonitli
63
betonda sement sarfi sezilarli tejaladi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy
tejamkorlikga olib keladi.
Vollastonit
asosida
olinadigan
betonlarning
egilishga
va
cho‘zilishga mustahkamligi yuqoridir. Bunday mustahkam betonlardan
ayniqsa Respublikamizning quruq va issiq iqlim sharoitiga chidash bera
oladigan beton va temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish mumkin.
Vollastonitli betonlar uchun xom-ashyo alohida konlardan keltirilmaydi,
bunda sanoat chiqindisi sifatida chiqarib tashlanadigan ikkilamchi xom-
ashyo - vollastonit ishlatiladi.
Sof vollastonitning kimyoviy formulasi CaSiO
3
=Ca
3
[SiO
3
O
2
]
(kalsiy silikati) bo‘lib, uning kimyoviy tarkibida 48,3% SaO va 51,7%
SiO
2
bor. Shuningdek uning tarkibida 9% gacha boshqa ma’danlar (temir,
natriy, magniy, alyuminiy oksidlari va boshqa arlashmalar) borligi
aniqlangan. Tarkibning shunday ignasimon alohida-alohida zanjirlardan
iborat tuzilishga ega bo‘lganligi sababli vollastonit kristallari uni
maydalangan holatda ham o‘zining ignasimon tuzilishini yo‘qotmaydi.
Kvars
kristallarining
yuqori
mustahkamligi ushbu mineralning
qattiqligini ta’minlaydi.
Vollastonit xom-ashyosi asosan qattiqlashgan ohaktoshlarda yoki
magmatik jinslardagi kristallashgan kalsiyli granatlar, gibboroidlar va
dala shpati, dioksid, vezuvian kabi ma’danlar bog‘lanishlarida yohud
alohida massa shaklida hosil bo‘ladi.
Vollastonit tarkibi ignasimon tuzilishga ega bo‘lganligi sababli u
asosan mikroarmaturalovchi to‘ldiruvchi sifatida qo‘llaniladi. Sanoat
uchun ishlatiladigan vollastonit tolalarining o‘rtacha uzunligi 200 dan 20
mkm gacha navlari mavjud. Uning mikroignasimon tuzilishi 31-rasmda
ko‘rsatilgan.
Vollastonit
xom-ashyosining
mineral
to‘ldiruvchi
sifatida
ishlatilishining asosiy sabablaridan biri uning tabiiy kristallaridagi
ignasimon (tolasimon) tuzilishidir, uni maydalab oxirgi mahsulot (xom-
ashyo) sifatiga aylantirilganida ham o‘zgarmay qolishidir. Vollastonit
anizotropik zarralarining asosiy ko‘rsatgichi - uzun tolalarining shu
tolalar eniga nisbati orqali belgilanadi.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |