5.3.3. Iqtisodiy samara va qo‘llanishi Sun’iy yengil to‘ldirgichlar xom-ashyo materiali sinchiklab tayyorlangandan so‘ng yuqori haroratlarda shishadi va keyin ko‘pincha katta masofalarga tashiladi. Biroq ularning tabiiy to‘ldirgichlarga nisbatan qiymati yuqoriligi konstruktiv yengil betonning bevosita va bilvosita afzalliklari hisobiga qoplanishi mumkin. Qulay sharoitlarda hatto tejash imkoni ham tug‘iladi.
Bevosita afzalliklari:
qurilish elementlarining xususiy og‘irligi ancha past, bu birinchi navbatda harakatdan tushadigan yuklanish uncha katta bo‘lmaganda (tomlar, piyodalar yuradigan ko‘priklar) ahamiyatga ega;
Transport va montaj og‘irligi uncha katta emas, shu tufayli yana yirik tayyor qurilish elementlarini tashish va kichikroq yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega yuk mashinalari va kranlardan foydalanish mumkin;
Yirik tayyor elementlar, uncha katta bo‘lmagan transport va montaj og‘irligi bilan;
Yaxshi issiqlik izolyatsion xossalari tufayli cherkovlar qurish;
To‘ldirgich bilan dekorativ betondan konsol plitalar, paropet devorlar, temperatura ko‘priklarining oldini olish uchun deraza ravoqlari va karnizlari;
Qurilish elementi uy tomonidan shishishni barqarorlashtirish uchun qovurg‘asimon konstruksiyaga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda yog‘och bezaklar va burmasimon konstruksiyalar.
Biroq bu afzalliklar bilan bir qatorda quyidagi kamchiliklar ham mavjud:
Ishlab chiqarishda va sifatni ta’minlashda ancha katta sinchkovlik zaruriyati.
Har bir inshootni qurishda texnologiyaning afzalliklarini va kamchiliklarini sinchiklab o‘rganib chiqish va qurilish usulining tejamkorligini baholash zarur. Yer ustida qurishda ko‘pincha faqat ko‘p qavatli uylarni qurishda tejashga erishish mumkin. Iqtisodiy va texnik afzalliklardan to‘la foydalanish uchun ko‘pincha mutlaqo yangi konstruktiv-montaj tizimlarini ishlab chiqish zarur. Ayrim qurilish masalalarini faqat ana shunday tizimlar yordamidagina amalga oshirish mumkin.