- XX asr adabiyoti qanday davrlashtiriladi?
- Yangi o'zbek adabiyoti xalq va jamiyat hayotining o'ziga xos badiiy tarixidir. Uning asosiy tasvir ob’yekti borliq hayot - yangi voqelikdir. Bu adabiyotning mavzu va mundarijasi yangidir, u bevosita yangi hayotni aks ettiradi. Yangi o'zbek adabiyoti hayotdagi barcha muhim voqealarga faol aralashadi va ular haqida o'z fikrini obrazli qilib aytadi.
Bu adabiyotni quyidagicha davrlashtirish mumkin: - Bu adabiyotni quyidagicha davrlashtirish mumkin:
- 1. Asrboshida o'zbek adabiyoti.
- 2.20-yillar adabiyoti.
- 3.30-40-yillar adabiyoti.
- 4. 60-90-yillar adabiyoti
- 5.Hozirgi adabiy jarayon(90-yillardan boshlab)
XX asr adabiyotining ilk davri tarixda qanday nom bilan kirdi? - XX asr boshlariga kelib milliy uyg'onishga chorlovchi jadidchilik harakati uzaga keldi va tobora rivojlana bordi. Bu harakatning asosiy maqsadi - xalq ommasini ma’rifatli qilish orqali mamlakat rivojiga, mehnatkashlar hayotini yaxshilashga ko'maklashishdan iborat edi. Shu tarzda adabiyot ham “Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti” nomi bilan tarixga kirdi.
Jadidlar milliy uyg'onish davri g'oyalarini hayotga tatbiq etishda matbuot, maktab-maorif hamda adabiyot va san'at imkoniyatlaridan unumli foydalandilar. Turli xil to'siqlarga qaramay, “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Vaqt”, “Samarqand”, ”Oyna”, Shuhrat”, “Turon”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg'ona" kabi gazetalarni tashkil etib, o'sha davrning muhim g'oyalarini, ma’rifatparvarlik, millatparvarlik, vatanparvarlik g'oyalarini targ'ib qildilar. Jadid matbuotida bo'lganidek, jadid adabiyotida ham ma’rifat, maktab-maorif, hurriyat mavzulari davr sadosi sifatida yangradi. Mehnatkash ommani jaholatga arshi ilmli-bilimli bo'lishga, ma’rifatga chaqirish jadid yozuvchilari ijodining asosini tashkil etdi. Bu xususiyat Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho'lpon, Tavallo, Muhammadsharif So'fizoda kabi hoir va yozuvchilar ijodida yaqqol ko'rinadi. - Jadidlar milliy uyg'onish davri g'oyalarini hayotga tatbiq etishda matbuot, maktab-maorif hamda adabiyot va san'at imkoniyatlaridan unumli foydalandilar. Turli xil to'siqlarga qaramay, “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Vaqt”, “Samarqand”, ”Oyna”, Shuhrat”, “Turon”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg'ona" kabi gazetalarni tashkil etib, o'sha davrning muhim g'oyalarini, ma’rifatparvarlik, millatparvarlik, vatanparvarlik g'oyalarini targ'ib qildilar. Jadid matbuotida bo'lganidek, jadid adabiyotida ham ma’rifat, maktab-maorif, hurriyat mavzulari davr sadosi sifatida yangradi. Mehnatkash ommani jaholatga arshi ilmli-bilimli bo'lishga, ma’rifatga chaqirish jadid yozuvchilari ijodining asosini tashkil etdi. Bu xususiyat Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho'lpon, Tavallo, Muhammadsharif So'fizoda kabi hoir va yozuvchilar ijodida yaqqol ko'rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |