Moliyaviy hisobot turlari
Balans. Moliyaviy natijalar
to’g’risida hisobot
Pul oqimlari
to’g’risida hisobot
Moliyaviy hisobotlarning uchta turi nimadan iboratligini aniq tushuntirib
berish uchun, misol tariqasida, “XYZ” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan
ma’lumotlardan foydalanamiz. Aytaylik, “XYZ” - bu 10 yil avval tashkil etilgan
kompaniya. U kundalik ehtiyoj mollari ishlab chiqarish va ularni sotish bilan
shug‘ullanadi.
Keyingi o‘rinlarida navbatma-navbat keltirilgan jadvallarda “XYZ”
kompaniyasining balansi (balance), bu kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisoboti (income statement) va uning pul oqimlari to‘g‘risidagi
hisoboti (cash flow statement) keltirilgan. Ular dunyo taraqqiy etgan mamlakatlarining har qanday ishlab chiqarish kompaniyasi uchun xos. Quyida moliyaviy
hisobotlarning har bir turi bilan batafsilroq tanishib chiqishni taklif etamiz.
Balans (balance sheet). Firma balansi uning muayyan vaqt oralig‘idagi
aktivlarini (ya’ni, firma nimaga egalik qilsa, shularni) va majburi-yatlarini (ya’ni,
barcha qarzlarini) aks ettiradi. Aktivlar (assets) va majburiyatlar (liabilities)
o‘rtasidagi farq kompaniyaning sof qiymatini (net worth) tashkil etadi. Uni,
shuningdek, o‘z (xususiy) kapitali (owners’ equity) deb ham ataydilar.
Korporatsiyalarda sof qiymat aksiyadorlik kapitali qiymati (yoki netto-qiymat) deb
ataladi.
Mamlakatimizdagi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS), AQShda
esa qabul qilingan va buxgalteriya hisobi bo‘yicha xalqaro standartlarni aks
ettiradigan Buxgalteriya hisobi yuritishning umumiy prinsiplari va qoidalariga
(GAAP – generally accepted accounting principles) muvofiq kompaniya balansida
aks etilgan aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital qiymati o‘zining boshlang‘ich
qiymatiga (historical value) ko‘ra baholanishi kerak (ya’ni, dastlab sotib olingan
narxi bo‘yicha). Bu qoidalar Moliyaviy hisob Stanlartlari bo‘yicha Kengash
(AQSh) (Financial Accounting Standard Board) tomonidan vaqti-vaqti bilan qayta
ko‘rib chiqiladi va o‘zgartirishlar kiritiladi. Aksiyalari AQSh fond birjasida rasmiy
sotuvga qo‘yilishini istagan har qanday xorijiy va Amerika kompaniyasi
hisobotlarni mazkur buxgalteriya hisobi standartlari asosida olib borishi va
Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyaga (SEC) moliyaviy hisobot
taqdim etgan holda, o‘z faoliyati yuzasidan muntazam hisobot berishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |