Moliyaviy infratuzilma
Buxgalteriya hisobi va sud
ishlarini hal etish jarayonlari
Moliyaviy tizim qatnashchilarining o’zaro
munosabatlarini nazorat qiluvchi (tartibga
soluvchi) idoralar
Moliyaviy instrument (vosi-ta)lar
savdosiga ko’maklashuv-chi
hisob-kliring tashkilotlar
Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari\
Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari odatda uyushgan birjalar tomonidan
o‘rnatiladi. Shundan so‘ng u tegishli qonun bilan tasdiqlanadi. Bu qoidalar savdo
operatsiyalarini o‘tkazishda xarajatlarni minimumgacha kamaytirish maqsadida
savdo tartibi (protsedurasi)ni standartlashga mo‘l-jallangan. Ideal holatda shu kabi
qoidalar sinchkovlik bilan o‘ylab chiqilishi hamda savdoni eng kam xarajatlari
bilan rag‘batlantirishi zarur edi. Lekin amalda ular ko‘pincha yetarlicha erkin
xarakterga ega. Shunga qaramasdan, tan olish kerakki, bu kabi qoidalarning
butunlay yo‘qligidan ko‘ra mavjudligi afzalroqdir.
Buxgalteriya hisobi tizimlari
Moliyaviy ma’lumotdan samarali foydalanish uchun u ma’lum bir standart
shaklida taqdim etilgan bo‘lishi lozim. Moliyaviy hisobotlar tizimini o‘rganuvchi
predmet yoki fan buxgalteriya hisobi deyiladi. Buxgalteriya hisobi tizimlari
umumiy moliyaviy tizim infratuzilma-sining eng muhim qismi hisoblanadi.
Ma’lumki, dastlab buxgalteriya hisobi tizimlari moliyaviy bitimlar tuzish
jarayonlari evolyutsiyasi bilan birga parallel ravishda rivojlangan. Arxeologlar
eramizdan avvalgi 2000 yillarga tegishli qadimgi Vavilonda tuzilgan moliyaviy
operatsiyalar bo‘yicha murakkab va batafsil hisobotlarni topishgan. Hozirgi
kungacha buxgalteriya hisobi tizimining rivojlanishida asosiy “sakrash” bo‘lgan
ikki tomonlama yozish uslubidagi buxgalteriya hisobiga o‘tish – Italiyada –
Uyg‘onish davrida sodir bo‘ldi. Mazkur uslubning yuzaga kelishida savdo va bank
ishlari sohasidagi murakkab moliyaviy operatsiyalarni kuzatib borishga bo‘lgan
talab rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qildi.
Markaziy banklar
Modomiki, davlat qonun yaratuvchi va ularning bajarilishini nazorat qiluvchi
organ hisoblanar ekan, u moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha to‘liq
javobgardir. Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan AQShda
ham, boshqa davlatlarda ham moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha ba’zi
masalalarni bajarish ma’lum bir moliyaviy sektor qatnashchilari assotsiatsiyasi
yoki fond birjalariga o‘xshash xususiy sektor muassasalarining vakolatiga
o‘tkaziladi.
Jumladan, AQShda qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiya (SEC
– Securities Exchange Commission) tashkil etilgan. Xuddi shunday Komissiya,
xususan, O‘zbekistonda ham mavjud. Uning asosiy vazifasi har bir yangi qimmatli
qog‘ozlarni ommaviy chiqarishda firmalar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan
ular faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot hajmiga bo‘lgan aniq talablarni ishlab
chiqishdan iborat. Boshqa davlatlarda ham shu kabi tartibga soluvchi organlar
mavjud.
Biroq, davlat moliyaviy tizimni tartibga soluvchi organ rolini o‘ynagani bilan
bir qatorda, u mazkur tizimdan o‘z siyosatining boshqa maqsadlariga erishish
uchun foydalanadi. Misol tariqasida hukumatning pul-kredit siyosatini iqtisodiy
o‘sish yoki bandlik sohasidagi turli umummilliy vazifalarning bajarilishi uchun
foydalanishini keltirish mumkin. Keyingi o‘rinlarda biz u yoki bu moliyaviy tizim
sohasini tartibga soluvchi yoxud boshqa iqtisodiy maqsadlarga yetishish uchun
ushbu tizimni asosiy instrument (vosita) tariqasida ishlatadigan ba’zi davlat
tashkilotlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Markaziy banklar – bu asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum
parametrlariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat
siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan moliyaviy
vositachilardir. Markaziy banklar faoliyati ba’zi davlatlarda davlat ijroiya
organlarining bevosita nazorati ostida bo‘lsa, boshqa davlatlarda ular ma’lum
darajada avtonomlik (mustaqillik)ka egadirlar72.
Bank ma’lum bir davlatning markaziy banki ekanligini ko‘pincha uning
nomiga qarab bilib olish mumkin: Bank of England, Bank of Japan, Bank Rossii va
hokazo. Biroq, masalan, markaziy bank AQShda Federal Reserve System (Federal
zahira tizimi), Germaniyada esa Bundesbank deb ataladi.
Markaziy bank odatda davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U davlatni
milliy valyuta bilan ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning
boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi
kamida o‘rtacha bo‘lishi73 va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb
ko‘rishlari shart.
Biroq, ko‘p davlatlarda ulardan aholining to‘liq bandligini hamda davlat
iqtisodiy o‘sishini ta’minlash kabi maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan
harakatlarni kutishadi. Bunday davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha bir-biri
bilan nizoli maqsadlarni balans (muvozanat)ga keltirish: narxlar barqarorligini va
aholining to‘liq bandligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishiga
to‘g‘ri keladi.
Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar
Bu guruh tashkilotlar iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos turlarini
rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan kompaniyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu
kompaniyalar faoliyati moliyalashtirish jarayonini yengillashtiradi yoki ular
muayyan guruhdagi mijozlarga har xil turdagi qarzga oid instrument (vosita)larni
taqdim etadilar. Bunga misol tariqasida fermerlar, talabalar, kichik korxonalar,
yangi uylarni sotib oluvchilar va boshqalarga qarz beruvchi yoki qarzni
kafolatlovchi davlat agentliklarini ko‘rsatish mumkin.
Davlat tashkilotlarining boshqa guruhi bank omonatlarining sug‘urtasi uchun
tashkil etilgan agentliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy funksiyasi
moliyaviy tizimning barcha qismida yoxud uning qaysidir bir qismida iqtisodiy
inqirozlarning oldini olish orqali iqtisodiy barqarorlikka ko‘maklashishdan iborat.
Bu rejada eng yomon ssenariy bank sarosimasi hisoblanadi. Omonat-chilar,
agar pullarining ishonchli joyda turganligi va istagan paytda ularni qaytarib
olishlariga ishonishsa, o‘z omonatlarini banklarda saqlashga rozi bo‘ladilar. Shu
bilan birga, banklarda nolikvid va riskli aktivlar mavjudligi va bu aktivlar
bankning omonatchilar oldidagi majburiyatlarini ta’minlash uchun xizmat qilishi
ham ularga ma’lum. Agar omonatchilar qaysidir paytda o‘z omonatlarini to‘liq
miqdorda qaytarib olishlariga ishonishmasa, ular sarosimaga tushib, bankka qarab
yugurishadi va birinchi bo‘lib navbatga turishga va imkon qadar tezroq o‘z
pullarini qaytarib olishga urinishadi.
Bu kabi holat bankni o‘z riskli aktivlarining bir qismini pulga sotishga majbur
qiladi. Agar omonatlarni ta’minlovchi aktivlar nolikvid bo‘lsa, ularni tezroq sotish
zaruriyati bankka bu aktivlarni o‘z narxidan past narxlarda sotishga to‘g‘ri
kelishini bildiradi. Agar qaysidir bankda omonatchilar bilan hisob-kitob qilish
uchun mablag‘ yetishmasa, “yuqtirish riski” paydo bo‘ladi va yuqorida keltirilgan
holat boshqa muassasalarda ham takrorlanishi mumkin. Biroq “yuqtirish”
muammosi “naqdga yopishish” deb ataladigan holatda, ya’ni odamlar hech bir
bankda omonatlarini qoldirmasdan, ularni naqd pul ko‘rinishida ushlab turishga
harakat qilishgan taqdirda umumiy moliyaviy tizimga xavf solishi mumkin.
Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar
Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ular-ning
vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiq-lashtirishdan iborat.
Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda (Shveysariya)
joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS – Bank for International Settlements)
hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi bank qoidalarining maksimal
o‘xshashligini ta’minlash-dan iborat. Undan tashqari, xalqaro moliya bozorida
yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat yuritadi. Ularning maqsadi – savdo
va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi
(XVF) (IMF – International Monetary Rupd) va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish
banki, yoki Dunyo banki (International Bank for Reconstruction and Development,
World bank). XVF unga a’zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiy va moliyaviy
sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va
moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli
masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim a’zo davlatlar to‘lov balansini
to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi va h.k.
Dunyo banki rivojlanayotgan davlatlarda turli investitsion loyiha-larni
moliyalashtiradi. U rivojlangan davlatlarda obligatsiyalar sotuvi orqali kapitalni
jalb etadi va shundan so‘ng uni muayyan mezonlarga javob beruvchi va biror-bir
davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘nal-tirilgan loyihalarni amalga oshirish
uchun qarzga beradi.
Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar,
firmalar va boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ular yordamida uy xo‘jaliklari,
xususiy kompaniya va hukumat tashkilotlari o‘zlari qabul qilgan moliyaviy
qarorlarini amalga oshiradilar. Moliyaviy tizim tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar
va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sotiluvchi bozorlar, shuningdek, banklar va
sug‘urta kompaniyalari kabi moliyaviy vositachilar kiradi.
Pul mablag‘lari moliyaviy tizim tuzilmasining turli elementlari orqali ortiqcha
moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan kompaniyalardan mablag‘ yetishmaydigan
kompaniyalarga oqib o‘tadi. Ko‘pgina hollarda moliyaviy oqim moliyaviy
vositachilar orqali o‘tadi.
Moliyaviy tizim olti asosiy funksiyani bajaradi:
- iqtisodiy resurslarning vaqt oralig‘ida, davlat chegaralari orqali va
iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga ko‘chirish;
- riskni boshqarish;
- savdoga imkon beruvchi kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- turli korxonalardagi egaliklarni bo‘lish va moliyaviy resurslarni qo‘shish;
- iqtisodiyotning turli sohalarida markazlashtirilmagan qaror qabul qilish
jarayonini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi narx (baho) ma’lu-moti bilan
ta’minlash;
- stimullashtirish muammolarini hal etish usullarini ta’minlash.
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri ega bo‘lgan ma’lumotga boshqasi
ega bo‘lmaganda yoki qatnashchilardan biri ikkinchisining nomidan agent sifatida
harakat qilgan hollarda yuzaga keladi.
Yuqorida sanalgan moliyaviy funksiyalarni bajarish usullarining
takomillashuviga olib keladigan raqobat moliya sohasida har qanday
innovatsiyaning yuzaga kelishi uchun asosiy turtki beruvchi omil bo‘lib xizmat
qiladi.
Fond bozorlarida quyidagi moliyaviy aktivlarning asosiy turlari bilan savdo
qilinadi: qarz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar.
• Qarz vositalari pulni qarzga oluvchi barcha firmalar, hukumat va uy
xo‘jaliklari tomonidan chiqariladi. Aksiyalar – bu firma egalarining uning
aktivlarining bir qismiga egaligi to‘g‘risidagi talabidir.
• Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – bu qiymati boshqa aktivlar narxlari bilan
bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan opsionlar va fyuchers shartnomalari kabi moliyaviy
instrumentlardir.
Foiz stavkasi deb qarzga olingan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilingan
daromadlilik stavkasiga aytiladi. Qarzlarning turi qancha bo‘lsa, foiz
stavkalarining turlari ham shuncha bo‘ladi. Foiz stavkasining miqdori hisob-kitob
pul birligi, to‘lov qatori (navbati) va kredit instrumenti (defolt riski) bo‘yicha bitim
shartlarining bajarilmasligi ehtimoliga bog‘liq. Nominal foiz stavkasi aniq pul
birliklarida ifodalanadi; daromadlilikning real stavkasini aniqlash uchun vosita
sifatida ma’lum bir standartlashtirilgan iste’mol savatidan foydalaniladi.
Muayyan (qayd qilingan) nominal foiz stavkalari bo‘yicha taklif etiladigan
obligatsiyalar daromadlilik real stavkasining noaniq ko‘rsat-kichiga ega.
Inflyatsiyani hisobga olgan holda indekslangan hamda muayyan real stavkalarini
taklif etuvchi obligatsiyalar daromadlilik nominal stavkasining noaniq ko‘rsatkichi
bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkasi darajasiga to‘rt asosiy omil ta’sir
etadi:
• ishlab chiqarish vositalari samaradorligi – shaxta, to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik,
zavod, mashina va tovar-material zahiralariga sarflangan mablag‘-dan kutilayotgan
daromadlilik stavkalari;
• ishlab chiqarish vositalari samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi;
• insonlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishlari – insonlarning kelajakda emas,
aynan bugun tovarlar va xizmatlarni iste’mol qilishni qanchalik afzal ko‘rishlari;
• riskni yoqtirmaslik – investitsiya riskini qisqartirish maqsadida
daromadlilikni oshirishdan voz kechishga rozi insonlar soni.
Moliyaviy hisobot funksiyalari
Moliyaviy hisobotlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan funksiyalarni
chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (11.1-rasm). Demak, ko‘rinib turibdiki,
eng umumiy tarzda qayd etiladigan bo‘lsa, moliyaviy hisobotlar uchta muhim
iqtisodiy funksiyani bajaradi. Ularning birinchisi shundan iboratki, unga ko‘ra
moliyaviy hisobotlar firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliyaviy ahvoli hamda o‘tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lgani
to‘g‘risida ma’lumot beradi.