Birinchi fazada – yangi mahsulotni ishlab chiqarishga joriy
etishda – yutuq eng avvalo fan-texnika darajasiga bog’liq bo’ladi.
Shuning uchun yuqori malakali mehnat asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchi o’rinda boshqaruv mehnati turadi, uning asosiy vazifasi
tovarlarni keng miqyosda ishlab chiqarishga o’tishning eng qulay yo’lini
qidirib topish hisoblanadi, mazkur bosqichda ishlab chiqarish kichik
ko’lamda olib borilishi tufayli kapital oxirgi o’rinda qoladi.
“Mahsulotning hayotiy tsikli” nazariyasiga ko’ra, yangi mahsulotni
ishlab chiqarishga joriy etish eng kuchli ilmiy kadrlar va yuqori malakali
ishchi kuchi to’plangan rivojlangan mamlakatlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |