Birinchi qoida –
bozor xo’jaligining barqarorligini tan olish.
Monetaristlar fikricha, bozor iqtisodiyoti o’zining ichki xususiyatiga
ko’ra barqarorlikka, o’zini o’zi tartiblashga intiladi. Bozor raqobati
tizimi mustahkam barqarorlikni ta’minlaydi. Mabodo muvozanat
buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar natijasida
emas, balki tashqaridan bo’la-digan arashuvlar, davlat tartiblashidagi
xatolar natijasi hisob-lanadi.
Bozor xo’jaligining barqarorligi to’g’risidagi ushbu qoida J.M.
Keynsning iqtisodiyotiga davlat aralashuvining zarurligi to’g’risidagi
tasdig’iga qarshi qaratilgandir.
Ikkinchi qoida –
pul omilining muhimligi. Iqtisodiyotga ta’sir
ko’rsatuvchi turli dastaklar ichida pul dastaklari ustun qo’yiladi. Aynan
ular (ma’muriy, baholar dastaklari emas, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni
a’lo darajada barqarorlashtirishga qodir.
Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini
oldindan bilish mumkin bo’lgan dastaklar sifatida baholagan bo’lsa,
M.Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday
tavsiflaydi. Uningcha, (Keynsga qaraganda), pul–kredit siyosati
iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan
bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi.
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xoh-lagan
paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. M.
Fridmen pul harakati (pul massasining o’sish sur’ati) va yalpi ichki
mahsulot o’rtasida o’zaro chambarchas bog’-liqlik amal qilishiga
asoslanadi. Pul massasining o’sish sur’ati-ning tezlashuvi yoki
sekinlashuvi faol ish yuritishda, ishlab chiqarishning tsikli tebranishida
aks etiladi.
Uchinchi qoida –
tartiblash joriy vazifalarga emas, balki uzoq
muddatli vazifalarga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Gap shundaki, pul
massasidagi o’zgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy parametrlarda birdan
aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan ke-yin ta’siri bilinadi. Odatda, lag
(vaqtincha o’zilish) bir necha oy-ni tashkil etadi. U shu narsani
bildiradiki, pul massasidagi o’zgarishlar yalpi ichki mahsulotga birdan
emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta’sir ko’rsatadi. Shuning
uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli
o’zgarishlarga mo’l-jallangan bo’lmay, balki uzoq muddatli xarakterga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: