4. Pul massasi va iqtisodiy tsiklar
M. Fridmen, Anna Shvarts bilan birga yozgan «Qo’shma Shtat-
larning monetar tarixi (1867-1960 yil)» asarida katta hajmdagi materiallar
yordamida pul massasining kuchayishi bilan iqtisodiy tsikl fazalari o’rtasida
40
bog’liqlik borligini ko’rsatib berdi. U pul massasi o’sishning tezlashuvi yoki
sekinlashuvini kuzatib, deyarli 100 yil mobaynida AQSh ning barcha
xo’jalik dinamikasi pul massasi harakati bilan aniqlanib kelingan, degan
xulosaga kelgan. Pul mas-sasining o’sish sur’atining o’zgarishi ijtimoiy
mahsulot o’sishida o’zgarish keltirib chiqaradi. Pul massasining yuqori
o’sish cho’qqisi ishlab chiqarishning o’sishini, pul massasining quyi nuqtasi
ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, pul
massasi (muomaladagi pul miqdori) iqtisodiy hayotga iste’molchilar va
firmalar sarf-xarajatlari orqali bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Pul taklifi o’sishi uning «arzonlashuviga» olib keladi (foiz stavkasi
pasayadi). Kredit olish foydali hisoblanadi, investitsiya tovarlariga bo’lgan
talab kengayadi. Kapital qo’yilmasining ortishi bilan yalpi ichki mahsulot
ko’payib boradi, ish bilan bandlik ham oshadi.
Pul taklifining ko’payishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar faqat
miqdor ko’rsatkichlarida o’z ifodasini topmaydi. Pulning aylanishi va
mahsulotlar miqdori doimiy bo’lganda pul taklifi-ning o’zgarishi bahoga
to’g’ri ta’sir ko’rsatadi: pul taklifi kuchay-ganda uning xarid qobiliyati
pasayadi, ya’ni baho oshadi. Agar pul taklifining ko’payishi YaIM
ko’payishi bilan birga olib borilsa, baholar oshmaydi.
Baholarning o’zini-o’zi tartiblab turishi va pullarning so-tib olish
qobiliyatining tenglashuvi natijasida pul sektori bilan tovar sektori
o’rtasida zaruriy aloqa o’rnatiladi.
Monetaristlar pulning bosh funktsiyasi - iqtisodiy rivoj-lanishning
moliyaviy asosi va muhim harakatlantiruvchi kuchi bo’-lib xizmat qiladi
degan qoidaga asoslanadi. Pul massasini tar-tiblash (ko’paytirish)
banklar tizimi orqali resurslarning tar-moqlar o’rtasida taqsimlanishiga
ta’sir ko’rsatadi, texnika taraq-qiyotiga «yordam beradi», iqtisodiy
faollikni qo’llab – quvvat-lashga imkon beradi.
Pul dastaklaridan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak.
Pul massasi bilan iqtisodiy o’sish o’rtasida muvozanat bo’lishi zarur.
Shu bois, M. Fridmen monetar qoidalarni qonun yo’li bilan belgilash
taklifi bilan chiqdi, unga ko’ra real yalpi ichki mahsulotning o’sishi bir
yilda 3 foizni tashkil etganda (AQSh uchun) pul massasining o’rtacha
o’sish sur’ati 3-5 foiz miqdorida belgilanishi lozim. Bu iqtisodiyotda
faollikni kel-tirib chiqaradi. Agar pul taklifining ko’payishi yiliga 3-5
foiz-dan oshib ketsa, inflyatsiyaning kuchayishiga olib keladi, agar pul-
ning ko’payishi 3-5 foizdan past bo’lsa YaIM o’sishi pasayadi.
M. Fridmen fikri bo’yicha, Buyuk turg’unlik davri qiyin-chiliklari,
eng avvalo, federal rezerv tizimining (FRT) iqtiso-diyotda pul
41
miqdorining kamayib ketishini bartaraf etishga qurbi etmaganligi bilan
bog’liq (fond bozorining sinishi va banklar-ning xonavayron bo’lishi
sababli). Pul massasining etishmasligi esa talabga salbiy ta’sir ko’rsatdi,
real ishlab chiqarish hajmi esa pasayib bordi. Bu erda shu narsani aytish
kerakki, monetarist-larning tanqidi behuda bo’lgani yo’q, u keyinchalik
o’z foydasini ko’rsatadi. 1987 yil 19 - oktyabrda jahon miqyosida fond
bozori si-nishi kuzatildi. Ammo FRT va boshqa markaziy banklarning
qat’-iy xatti-harakati tezda o’z samarasini berdi. Rag’batlantiruvchi pul
siyosati amalga oshirildi. Foiz stavkasi pasaydi, bu bank ishidagi
sarosimani to’xtatdi.
Monetar kontseptsiyasining keynschilikdan farqi. Yuqorida qayd
qilib o’tilganidek, pul siyosati pul talabi va uning taklifi o’rtasida nisbat
o’rnatishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Pul taklifining o’sishi (pulning
o’sish foizi), baholar barqarorlikni ta’minlaydigan darajada bo’lishi
lozim. M. Fridmen fikriga ko’ra, bunday darajani aniqlash juda
murakkab. Markaziy bank prognozlarida xatolar tez-tez uchrab turadi.
Iqtisodiy rivoj-lanishga aynan qaysi omillar ta’sir ko’rsatayotganligini
aniqlash qiyin va hatto mumkin emas. Qabul qilinayotgan qarorlar
kechikkan bo’lishi va ba’zida qarama-qarshi natijalarni keltirib
chiqarishi ham mumkin: masalan, ba’zan ishlab chiqarishning o’sishini
rag’bat-lantirish ko’zda tutilganda, pasayish kelib chiqadi, ya’ni qabul
qilingan qaror o’sishga to’sqinlik qiladi.
«Agar moliya–kredit sohasini ko’rib chiqadigan bo’lsak, – deb
yozadi M. Fridmen, - ko’pchilik hollarda to’g’ri qarorlardan ko’ra,
noto’g’ri qarorlar qabul qilinadi, negaki qaror qabul qiluvchilar faqat
cheklangan sohalarini muhokama qiladilar va umuman barcha siyosiy
oqibatlar yig’indisini e’tiborga olmaydilar». Markaziy bank qisqa
muddatli tartiblashning konyunkturali siyosatdan voz kechishi va
iqtisodiyotga o’zoq muddatli ta’sir ko’rsatish, pul massasini asta sekin
ko’paytirib borish siyosatiga o’tishi kerak. Pul massasi nominal YaIM
ga ta’sir ko’rsatadi.
Monetar kontseptsiya va monetar tavsiyalar keynschilikdan farq qiladi,
ba’zan esa unga qarama-qarshidir. Shu bilan birga iqti-sodiyotni tartiblash
muammosidagi bu ikki yondashuv o’rtasiga katta chegara qo’yish ham
noto’g’ri. Har ikkala nazariya, eng avvalo, bozor iqti-sodiyoti sharoitida
qo’llanishga qurilgan. Ma’lum ma’noda har ikkala nazariya bir-birini o’zaro
to’ldirib turadi (umumiy daromadni aniq-lash nazariyasini tashkil etadi).
J.M.Keyns daromadlarining xara-jatlarga miqdoriy bog’liqligini asoslab
berdi, M.Fridmen esa daromadlarning pulga bog’liqligini ko’rsatib berdi. Shu
42
bilan birga, J.M. Keyns va M.Fridmen yondashuvlari o’rtasida ayrim farqlar
mavjud. Ularning ba’zilarini umumiy sxemali ko’rinishda aks ettirish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |