ZAMONAVIY IQTISODIY O‘SISH MODELLARI
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB ZAMONAVIY IQTISODIY O’SISH MODELLARI……………...…...5
Zamonaviy o’sish modellari……………………………………………….5
Iqtisodiy o'sishning klassik modeli………………………………………...16
1.3 Iqtisodiy o’sish sifati omillarining ilmiy uslubiy asoslari…………………20
II BOB IQTISODIY O`SISHNING KEYNSCHA MODELLARI…………...30
2.1 Iqtisodiy o‘sishda ekstensiv va intensiv omilarning nisbati…………….30
2.2 Iqtisodiy o’sish sur’atining ahamiyati……………………………………...38
2.3 O’zbekistonda Respublikasida iqtisodiy o’sishning tahlili………………41
III BOB ZAMONAVIY IQTISODIY O‘SISH MODELLARI VA ULARDAN MAKROIQTISODIY TAHLILDA FOYDALANISH YO‘NALISHLARI….47
3.1 Iqtisodiy o‘sish modellari va ulardan makroiqtisodiy tahlilda foydalanish yo‘nalishlari………………………………………………………………………47
XULOSA…………………………………………………………………………53
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………...55
KIRISH
Yalpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroikisodiy jarayonlarni taxlil kilar ekanmiz kiska davrda real YAIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. To`lik bandlilik darajasiga erishilgandan so`ng real YAIM xajmini bundan keyingi ko`paytirish uchun yalpi taklif egri chizigini o`ngga siljishiga erishishimiz, ya`ni foydalanilayotgan resurslar mikdorini ko`paytirishimiz zarur.
“Agar iqtisodiyotning kiska muddatli xolati ko`prok yalpi talab bilan belgilansa , uzok davrga iktisodiyotning rivojlanishi ko`prok ishlab chikarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHu sababli iqtisodiy o`sishni modellashtirishda dikkat markazida real sektor turadi”*Iqtisodiy o`sish to`liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish darajasini uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi. Iqtisodiy o`sish jami taklifning o`sishini yoki boshkacha aytganimizda, xakikiy va potentsial YAIM xajmining oshishini bildiradi. Iktisodiy o`sish nafakat mamlakat real daromadlarining o`sishi, shuningdek, jon boshiga to`gri keladigan real daromadlarning o`sishini xam anglatadi. SHu sababli xam iktisodiy o`sish ikki xil usul bilan o`lchanadi.Birinchi usulda iktisodiy o`sish real YAIM ni o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniklanadi va mamlakatning umumiktisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniklash uchun ishlatiladi.Ikkinchi usulda iktisodiy o`sish axoli jon boshiga to`gri keladigan real YAIM ning o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniklanadi.Iqtisodiy o`sish nazariyasi va modellarida YAIM o`rniga SIM, YAMD, SMD ko`rsatkichlaridan xam foydalanilishi mumkin. Iktisodiy nazariyada iktismodiy o`sish daromadlarni kanday nisbatlarda iste`mol va investitsiyalarga bo`linishiga boglik deb karaladi. Iste`mol xajmi dinamikasi iktisodiyotning provard maksadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar xajmining o`zgarishi resurs imkoniyatlarining o`sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste`mol va investitsiya o`rtasida etarlicha mukobillik mavjud, chunki, joriy iste`mol mikdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iktisodiy o`sish imkoniyatlarini qisqartiradi.Iqtisodiy o`sish real kattaliklarda, kiyosiy baxolarda o`lchanadi..
Xar bir mamlakat iktisodiy o`sishga intiladi, chunki iktisodiy o`sish, birinchidan, milliy maxsulot xajmi va daromadning ko`payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi extiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo`lishiga, to`rtinchidan, xalkaro bozorlarda mamlakat obro`sining oshishiga olib keladi. Tabiiy resurslar deganda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun tashkil etuvchi tabiiy-iqlim sharoitlarining yig'indisi tushuniladi: tuproq unumdorligi, iqlim, mineral resurslar, o'rmonlar, daryolar, ko'llar va dengizlar boyliklari, bokira erlar va antropogen ta'sir ko'rsatmaydigan bo'shliqlar. faoliyat. Bular tabiatning erkin kuchlari deb ataladigan bo'lib, ular insonga xizmat qiladi. Ularning qashshoqligi yoki boyligi, shubhasiz, ishlab chiqarish faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish qobiliyatiga sezilarli darajada ta'sir qiladi.Shu o‘rinda shuni unutmaslik kerakki, tabiat in’omlariga ehtiyotkorlik va ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishgina bugungi avlod va avlodlarimizning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta’minlashi mumkin. Bu odamlar uchun maqbul bo'lgan muhitni saqlashning ajralmas sharti va o'z-o'zini ko'paytiradigan biologik tizimni muvozanat holatida saqlashning zaruriy shartidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |